11- mavzu: Byudjet- soliq siyosati Reja


b ΔY= --------------------



Download 318,5 Kb.
bet5/9
Sana05.07.2022
Hajmi318,5 Kb.
#742225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-мавзу. Бюджет солиқ сиёсати

1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko’paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko’payadi. Buni balanslashgan byujet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul’tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo’ladi.
Davlat xarajatlari o’zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattaroq bo’ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o’zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol’ o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.


3. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi.

Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal’ siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.


Diskret fiskal’ siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol’ o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo’riqishning paydo bo’lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o’rtasida ma’lum vaqt o’tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o’zgaradi va ko’rilgan chora-tadbirlar ko’tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal’ siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskret fiskal’ siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskret fiskal’ siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to’lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir ko’rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to’liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha yuqori bo’lsa T chizig’i shuncha tik bo’ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to’lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa kamayadi.

G,T T’


T=Ta+tY
Byudjetning


davriy G=cont
takchilligi Byudjetning
davriy profitsiti
G=Ga-γY

Y1 Y0 Y2



Download 318,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish