11-ma'ruza. Gaz turbina qurilmalari va ishlash uslubi. Reja: Gaz turbina haqida umumiy ma’lumot. Gaz turbinalarining ishlash prinsipi


Gaz turbinalarining ishlash prinsipi



Download 1,15 Mb.
bet2/4
Sana21.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#688445
1   2   3   4
Bog'liq
11-Маruza.Matni

2.Gaz turbinalarining ishlash prinsipi
Bug‘ turbinalari kabi gaz turbinalari ham aktiv, reaktiv, bir pog‘onali va ko‘p pog‘onali bo‘ladi. Gaz harakatiga qarab o‘qli va radial turlariga bo‘linadi. Agar gaz turbina o‘qi yo‘nalishida harakat qilsa, u o‘qli gaz turbinasi bo‘ladi. Agar gaz turbina o‘qiga perpendikulyar (ko‘ndalang) harakat qilsa, unda radial gaz turbinasi bo‘ladi. 1–rasmda gaz turbinasi qurilmasi sxemasi keltirilgan. Reaktiv gaz turbinalarining qo‘llanilishi F.I.K va ish rejimining barqarorlanishiga olib keladi. Ishlash rejimi, issiqlik miqdori, ishlatiladigan yoqilg‘i turiga qarab ko‘p pog‘onali gaz turbinalari 2–7 va undan ham ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin. Kam miqdorli yuklamalar uchun bir pog‘onali gaz turbinalari iqtisodiy qulay.





1–rasm. Gaz turbinasi qurilmasi sxemasi va sikli
Gaz turbinalari bug‘ turbinalariga nisbatan yuqori boshlang‘ich haroratda ishalaydi. Shuning uchun uning detallari issiqqa chidamli po‘latdan yasaladi, ba’zi holda ishchi kuraklarni sovitish uchun maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, gaz turbinalari past (boshlang‘ich) bosimda ishlaganligi sababli gazning kengayishi natijasida hajmi bir necha yuz barobar ortadi. Shuning uchun gaz turbinasini ishga tushirishdan oldin uning aerodinamikasi tekshirib ko‘riladi. Gaz turbinasining alohida qurilmalarini hisoblash metodikasi bug‘ turbinasi hisobi metodikasi bilan bir xil.
Kompressor atmosferadan havoni so‘rib, kerakli bosimgacha siqib beradi va yonish kamerasiga uzatadi. Yonish kamerasiga nasos orqali forsunkadan yoqilg‘i keladi va havo bilan aralashib yonadi. Hosil bo‘lgan issiq aralashma turbinaga yo‘naltiriladi (1–rasm). Aralashma haroratini yonish kamerasida havo miqdori orqali o‘zgartirish mumkin. Masalan, turbina uchun issiq havo harorati 900–1100 K bo‘lsa, u uzoq muddat ishlashi isbotlangan. Yonish harorati esa yonish kamerasida 2000 K ni tashkil etadi. Turbinada gaz kengayib, mexanik ish bajaradi. Turbina validagi quvvatning bir qismi kompressor kuraklarining aylanishiga sarf bo‘ladi, qolgani iste’molchiga uzatilishi yoki elektr energiyasi olishga sarf bo‘lishi mumkin.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish