11-mavzu: Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati



Download 73,17 Kb.
bet5/6
Sana04.06.2022
Hajmi73,17 Kb.
#634643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu. Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati-1

Bandixon – Surxondaryo viloyatidagi tuman nomi. N.A.Mayev tomonidan Bandixon tizmasi va darasi qayd etilgan11.
Bandixon nomi izofali ikki so'z: band+i+xon dan tashkil topgan. Birinchi komponent eroniy tillarga oid. Mahmud Koshg'ariyning izohlashicha, bandi so'zi «bog'landi» ma'nosini beradi12. Fors-tojik tillarida band so'zi: 1) «bir narsaning ushlanadigan qismi», «dasta», «tutqi»; 2) «bo'g'ov», «bog'lam», «tugun»; 3) «asirlik», «tutqunlik» ma'nolarini beradi13.
O'zbek Milliy entsiklopediyasida band so'zi 1) «to'g'on, suv ombori»; 2) «qum bosishni to'xtatish uchun qurilgan to'siq, ihota»; 3) «yo'lga g'ov solib qo'yish»; 4) «tog' oralig'idagi juda tor yo'l» ma'nolarida izohlanadi14. Band so'zining toponimiyadagi ma'nosi «to'siq», «g'ov», «tog' tizmasi», «tog' oralig'idagi juda tor yo'l», «to'g'on» va «suv ombori»dir.
Qadimda Movarounnahr va Xurosonda barpo etilgan suv omborlari band deb atalgan. Masalan X asrda Nurota tizmasidagi Pasttog' darasida toshdan qurilgan Xonbandi, Marv vohasini suv bilan ta'minlab turgan Sultonband va boshqalar shular jumlasidandir.
Bandixon nomi tarkibidagi ikkinchi qism – xon so'zi nafaqat «hukmdor», balki boshqa ma'nolarga ham ega. Eroniy tillarda: avestocha xon – «quduq», «buloq»15 , so'g'dcha xon (kan) – «kanal»16 , o'rta fors tilida xan – «kanal», tojikcha xon – «kichik hovuz», xani – «chashma», «suv chiqadigan joy», qadimgi parfyan tilidagi xan, xanig yuqoridagi ma'nolarda, yag'nobcha xan – «suv oqar ariq», «sug'orish kanali»17. Oltoy tillarida: uyg'ur tilida kan – «buloq» , buryat tilida xanaab – «kanal, ariq, zovur» 18, tungus-manjur tillarida kan – «daryo»19 ma'nosini beradi.
Biz o'rganayotgan toponim aslida shu yerda barpo etilgan qadimgi sug'orish inshootining nomi bo'lgan. Bunday deyishimizga sabab, Shimoliy Baqtriyadagi eng qadimgi kanal izlari Bandixon qishlog'i yonidan topilgan20. Arxeologik tadqiqotlarga ko'ra, u mil.av. I ming boshlarida vujudga kelgan. Kanal ahmoniylar davri (mil.av.530-330 yy.)da ham faoliyat ko'rsatganligi ehtimol emas21.
Bundan tashqari, Bandixon qishlog'idan 9 km shimoli-sharqda qadimiy Sariband to'g'onining qoldiqlari aniqlangan. To'g'on XVI-XVII asrlarda barpo etilgan. To'g'on yonidan shu davrga oid manzilgoh topilgan. Uning atrofida kushonlar davriga oid yana bir manzilgoh aniqlangan. Mustahkamlangan tepalikdan ikkita kanal izi topilgan bo'lib, ulardan biri kushonlar davriga, ikkinchisi so'nggi o'rta asrlar davriga xosdir22.
Demak, Bandixon qishlog'i atrofidagi qadimgi manzilgohlar bu hududda mil.av. I ming yillikdan to so'nggi o'rta asrlar davriga qadar dehqonchilik bilan shug'ullanilganligini ko'rsatadi. Bu yerga suv O'rgulsoydan kanal qazish orqali olib kelingan. Kanal to'silib, bir necha tarmoqqa bo'linadigan joy Bandixon, ya'ni «band qilingan, to'silgan ariq, kanal» deb atalgan . Bu yerdagi hayot uzoq vaqtlar davom etganligi bois Bandixon nomi bizning zamonamizga qadar yetib kelgan.
QorasuvSherobod, Angor va Muzrabot tumanlari hududidan oqib o'tuvchi daryo. Qorasuv – «yerdan sizib chiqqan suv» ma'nosini anglatadi23. T.Nafasovning yozishicha, o'zani tog'dan emas, tog' bag'rining quyisidan, yer osti va buloq suvlari bilan to'yinadigan, yozda suvi kamayadigan yo qurib qoladigan daryo (suv) – Qoradaryo, Qorasuv. Qorabuloq nomi ham shu ma'noda. Qoraariq (Oltinsoy tumanidagi qishloq) – yer osti, buloq suvlari bilan to'yinadigan, issiqda qurib qoladigan ariq24.



Download 73,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish