11-mavzu: Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati


Toponimiyaning rivojlanish bosqichlari



Download 73,17 Kb.
bet3/6
Sana04.06.2022
Hajmi73,17 Kb.
#634643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu. Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati-1

2. Toponimiyaning rivojlanish bosqichlari. Har bir fanning o‘ziga xos rivojlanish bosqichlari mavjud. Toponimika ham garchand fan sifatida XIX asrda tanilgan bo‘lsada, uning asosi qadimgi davrlardanok shakllana bordi. Jumladan, aholi yashaydigan hududlarning kengayishi, ovchilik, dehqonchilikning rivojlanishi, savdo-sotiq, sayyohatga qiziqish, joy nomlarining turli tarzda ko‘payishiga asosiy sabab bo‘lib qoldi.
Xususan, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga tegishli bo‘lgan toponimlar dastlab qadimgi yozuvlar, qabrtoshlari, qoyalarda aks ettirilgani holda, saqlangandir. Jumladan Gerodot (miloddan avvalgi V asr), Arrian, Kursiy Ruf (milodiy I-II asrlar), Klavdiy Ptolemey (II asr) kabi olimlar Amudaryoni – Oks, Sirdaryoni - Yaksart, Zarafshon daryosini Politimet, Pomir tog‘ini Komed, Samarqand shahrini - Marakanda tarzida ataganlar.
Miloddan avvalgi 138-126 yillari xitoylik sayyoh Chjan Syan, butun O‘rta Osiyoni kezib chiqib ko‘plab toponimik atamalarni yozma tarzda qayd etadi. Bu mualliflar tomonidan ayrim mahalliy atamalarning xitoy tili transkripsiyasida aks etganligini ko‘ramiz. Masalan: Tyan-Shan: tyan - «osmon», shan - «tog‘». Aslida uning nomi turkiy tilda Xontangri, Tangritog‘ bo‘lib, xitoylar uni o‘z tillariga mos ravishda Tyan-Shan deb atay boshladilar. Xitoy manbalarida Farg‘ona-Davan deb atalsada uning etimologik mazmuni ochiq-oydin yozilmagan. Ammo ilk o‘rta asrlarga xos Xitoy adabiyotlarida Po-xan, Fey-xan tarzida ifoda etilgani ma’lum.
O‘rta asrlarda arab yozuvchilari, geograf va tarixchilari Mas’udiy, Istaxriy, Ibn Rusta, YOqut Xamaviy, Ibn Xurdodbex, Ibn Xavqal, Qazviniy, Ibn Batuta kabi olimlarning O‘rta Osiyo haqida yozgan kitoblarida qator toponimlarning arabcha transkripsiyada uchrashini ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, Hisor (qo‘rg‘on) Vobkent: Bobkent «bob»-darvoza, «kent» shahar mazmunida, yoki Pop/Bob-darvoza tarzida uchratamiz. O‘rta asrlarda mahalliy aholining ilmga bo‘lgan e’tibor tufayli Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino kabi ko‘plab yirik qomusiy olimlar etishib chiqdi. Ulardan ayrimlarining asarlari aynan toponimika fanining rivojlanishi uchun muhim manbadir. Jumladan Ibn Ja’far al-Narshaxiy (X asr) ning «Buxoro tarixi» kitobi shular jumlasidandir. Olim usha davrlarda Buxoro atroflarida mavjud bo‘lgan shaharlarni eslash bilan bir qatorda ularning atama tarziga kirish sabablarini ham yoritib beradi. Jumladan Xumuket-Xamuk katta yer egasi, buxorolik dehqonning nomi edi. Aslida buxoroliklar «Xamuk» deb, gavharni, kent deb esa shaharni ataydilar. Demak, Hamuket-Gavharning shahri yoki Gavhar shahar - shaharlarning gavhari demakdir.
Tavois - bu Buxoro viloyatlaridan biri bo‘lib, asli nomi Arkuddir. Uning odamlari boy, har bir xonadonda tovus qushi saqlanadi. Arablar Buxoroga kelmaslaridan oldin tovusni ko‘rmagan edilar, shu boisdan u qishloqni Arkud deb atashga kiynalib, “Zot-ut-tavois” – “Tovuslar egasi” deb ataganlar. Uning asli nomi shu tariqa unutildi, keyinroq “zot» so‘zini tashlab «tavois» deb ataganlar.
Bu asarlar toponimlar mazmunini maxsus tarzda yoritib beruvchi tarixiy-geografik manba sifatida qadrlanadi. Al-Xorazmiy, Jayhoniy, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Bobur asarlarida ko‘plab toponimlar qayd etilgan. Bu asarlarning mualliflari ham joy nomlarining mazmuniga Narshaxiy kabi katta e’tibor bilan qaraganlar.
XI asrda yashagan mashhur olim Yusuf Xos Xojib o‘n sakkiz oy davomida yirik doston tarzidagi tarixiy asar yaratdi. Uning nomi «Qutadg‘u bilig» bo‘lib, bu kitob toponimik ma’lumotlarga boyligi bilan ham qimmatlidir.
Mahmud Qoshg‘ariy toponimikasining qiymati nafaqat qadimiyligi, balki etimologiyasi noma’lum joy nomlari mazmunini anik ochib berishi bilan yanada oshadi. Bu asar halq terminlarining shakllanishi, ularning ma’no-mazmuni xususida muhim manba hisoblanadi. Jumladan: Ort-orqa, dovon, tog‘ tepasi. Suzuk suv- ko‘m-ko‘k, tinik suv. Suvlog‘ - hayvonlar suv ichadigan joy.
“Yo‘l-yo‘l” so‘zi X-XI asrlarda ko‘p qo‘llanilgan. Undan «yo‘lak» so‘zi yasalgan. Maxmud Qoshg‘ariy halq qo‘shiqlaridan birida «Aq turur kuzum yo‘lak, tush kalur o‘rdak yo‘gak», ya’ni «ko‘zimdan oqqan yosh suvlari ko‘llarga aylanmoqda, unga o‘rdak va boshqa suv qushlari qo‘nmoqda», - deb kuylanganligini yozgan.
Abu Rayhon Beruniy nafaqat geografiya, geologiya, tibbiyot, falsafa, matematika kabi o‘nlab fanlar, balki toponimika sohasida ham ajoyib kuzatishlar olib borgandir. Uning «Hindiston» asarida toponimika qonuniyatlari bayon etilgan. Toshkand - «toshli qishloq» demakdir. Ptolemeyning «Jug‘rofiya» kitobida u Burj al Xitora (tosh qal’a) deb nomlangan», - deydi olim. Ko‘rinib turibdiki, Beruniy joy nomlarining tarixi va to‘g‘ri yozilishiga astoydil qiziqqan. Jumladan Mo’lton shahri nomiga tarixiy manbalardan olib, quyidagicha izoh bergan: “Mo’ltonning (asl) nomi Koshyanura edi, keyin Xajapura, keyin Baganura, keyin Saibxanura va keyin Mulastxona, ya’ni “Asl joy” deb nomlandi. Bunda, mul - «asl», tona - «joy» demakdir. Beruniyning aniqlashicha, ayrim joylar o‘sha yerda uchramaydigan buyumlar nomi bilan atalgan. Masalan, Hind okeanidagi Yoqut orolida yoqut mutlaqo yo‘q. U yerdagi kishilarning go‘zal fazilatlari, xusni tufayligina orolning nomi Yoqut bo‘lib qolgan .
Zahiriddin Muhammad Bobur toponimika fanining rivojlanishi uchun muhim tadqiqotlar qilgan qomusiy bilimlar egasidir. Uning “Boburnoma” asarida O‘rta Osiyo xalqlari ishlatgan geografik terminlar va ularga berilgan izohlar bilan boydir. Jumladan, «jilg‘a» - kichik soy, “nayshakar” - shakarkamish, «tangi» - dara, tog‘ oraligidagi yo‘l, “uchma” - chuqur jar yoqasi, “o’lang” -o‘tloq yer, keng maydon va boshqalar.
Mana shunday toponimikaga oid yozma asarlar mavjudligiga qaramasdan, bu fanni sof ilmiy darajada o‘rganish birmuncha keyinroq, ya’ni XVIII-XIX asrlardan boshlab shakllana bordi. Bu xususda, ya’ni geografik nomlarni, ularning kelib chiqishi va tarixini ilmiy asosda o‘rganish, ularni tasnif qilish nisbatan yaqin vaqtlardan boshlangan. Nemis geografi A.Gumboldning bu borada tadqiqotlar qilgan dastlabki olimdir. Rossiyada ilmiy toponimikaning asoschisi esa A.X.Vostokov hisoblanadi. N.I.Nadejdinning «Oпыт исторической географии русского мира», N.I.Berezinning 1894 yilda chop etilgan «Географические имена» lug‘ati, A.A.Ivanovskiyning 1914 yilda nashr etilgan « Географические имена» kitoblari toponimika fani tarixida muhim yangilik edi. V.P.Semenov Tyan-Shanskiy uzining «Как отражается географический пейзаж в народных названиях населенныx мест» kitobida toponimikada tasniflash masalalariga asos soldi. Akademik V.V.Bartold ishlarida ham toponimik tadqiqotlar o‘rin olgan. Masalan, qadimgi Samarqanddagi Jui-Arzis akvedugi to‘g‘risida yoza turib, ushbu suv o‘tkazadigan nov, qalay va misdan yasalgan. Shu boisdan «Arzis»-deb ataladi, «Juy» esa ariq demakdir, degan fikrlarni ta’kidlab o‘tgan.
3.O’zbekistonda tarixiy toponimiyaning o’rganilishi. Tarixiy toponimikani tarix fanining muhim bir ajralmas tarkibiy qismi arxeologiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Arxeologik tadqiqotlar tufayli to‘plangan qadimgi yozma manbalar (ba’zilari arxiv shaklida «Mug‘ hujjatlari» yoki «Rabatak yozuv- arxivi») orqali yangidan- yangi tarixiy joy nomlari aniqlanadi. Tarixiy manbalarda tilga olingan tarixiy joylar arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtiriladi va yakuniy bir ilmiy xulosaga kelinadi. Bu borada ayniqsa O‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shahar, qishloq va karvon saroylarini tarixiy manbalarda tilga olingan joy nomlari bilan taqqoslash juda muhimdir. Bu borada tarixchi arxeolog, sharqshunos va toponimist olimlar hamkorligida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi.
Tarixiy toponimika arxeologiya, etnologiyalar bilan hamkorlikda etnotoponimlarni o‘rganishda bevosita bir-biri bilan bog‘liqdir. O‘rta Osiyoda dastlabki migratsion jarayonlar mezolit (o‘rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri)dan boshlanib, XX asrning boshlariga qadar bu jarayon tinimsiz davom etgan. Shuningdek, ushbu tadqiqotlar davomida o‘lkamizdagi ko‘plab tarixiy toponimik joy nomlarining tarixi tadqiq etib kelinmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalarni tadqiq qilish, ilmiy tahlil etish, taqqoslash va qiyoslash orqali xolisona mushohada bilan xulosa chiqarish muhim ahamiyatga ega. Tarixiy o‘lkashunoslik fanida toponomikaning o‘rni beqiyosdir, chunki har bir tarixiy voqelikning o‘z nomi bo‘lib, ushbu nomlar orqali inson tafakkuri izohlanadi. Qadim davrdan buyon olimlar joy nomlarini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borib, joy nomlarining tabiat, jamiyat, shaxs nomi bilan bog‘liq yo‘nalishlari masalasida mukammal tadqiqotlar yaratdi va yaratmoqdalar. Ilmiy tadqiqotlar natijasida ko‘plab davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy tarixiga oid toponimlarni o‘rganish bo‘yicha qimmatli asarlar yozildi. Tarixiy atamashunoslik yo‘nalishida O‘zbekiston olimlari xizmatlari ham ibratli bo‘lib, bu tarixiy yo‘nalish masalasida katta tajribaga ega bo‘ldilar. Taniqli olim E.Begmatovning «Joy nomlari-ma’naviyat ko‘zgusi» (1998),1 H. Hasanovning «O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi va toponomiyasi», S.Qorayevning «Geografik nomlar ma’nosi»-1978, «Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?»-1970, toponimik lug‘atlari, 2006 yil nashr etilgan yirik, monografik asar «Toponimika», «O‘zbekistonning hozirgi va qadimgi joy nomlari», «O‘zbekiston viloyatlari toponimlari», Sh. Qodirovaning «Toshkent shahar mikrotoponomiyasi», Yo. Xo‘jamberdiyevning «Историко-этимологические исследование топонимии Сурхандарьинской области. Автореферат кандидатской диссертации. Ташкент, 1974», taniqli olim T. Nafasovning «O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati» (1988), Z.Choriyevning «Tarix atamalarining qisqacha izohli lug‘ati» (2002), Sh.Safarov va I. Umarovning «Ayrim toponimlar» (2005) kabi asarlari o‘zbek atamashunosligining muhim manbalari hisoblanadi.
T.Nafasovning “Janubiy O‘zbekiston toponimiyasining etnolingvistik analizi”, nomli morografiyasida mamlakatimiz janubidagi joy nomlarining etnolingvistik tahlili berilgan. Z.Do‘simov “Xorazm toponimlari” deb nomlangan manografiyasida Xorazm hududi joy nomlariga xos xususiyatlar birma-bir bayon qilingan. N. Oxunovning “Til va joy nomlari” “Antrotoponimlar nima” kitoblarida toponimikaga oid nazariy masalalar bo‘lgan joy nomlari, antrotoponimlar va toponimlarning nomlanish xususiyatlari kabilar atroflicha yoritilgan. L.Karimovaning “O‘zbek tilidagi toponimlarning o‘rganilishi” nomli monografiyasida joy nomlarining o‘rganish metodlari, ularning lengvistik xususiyatlari, semantik tasnifi, etimologik tahlili kabi ilmiy ahamiyattga ega muammolar shimoliy o‘zbek shevalaridagi toponimlar misolida bayon qilingan.
O‘zbekistonda toponimika va geografik terminshunoslikni rivojlantirishda H..Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning toponimikaga oid fikr, mulohaza va ma’lumotlari “O‘rta osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi”(1962), “Yer tili” (1977), “Geografik nomlar siri” (1985) asarlarida, terminshunoslikka oid ishlari “Geografiya terminlar lug‘ati” (1964) kitobida, geografiya va terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O‘rta Osiyolik geograf sayyohlar” va ko‘pdan-ko‘p maqolalarida o‘z aksini topgan.
O‘rta osiyo o‘lkasidagi geografik-toponomik nomlarni o‘rganishda xorijlik sayyoh olimlarning asarlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan vengriyalik olim Armeniy Vamberi (1832-1913) o‘zining sayyohatlari davomida ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tgan. O‘rta Osiyoga yashirin sayohat qilgan bu olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning geografik nomlari” kitoblari diqqatga sazovar. Uning lug‘atida 600 ga yaqin geografik nom va termin atamalar xususida ma’lumotlar berilgan.
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Toponimika xalqlarning tarixiy o‘tmish hususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va shahar qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam beradi.
Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qaerga borishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari bo‘lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin.
O‘zbekiston toponimikasi fani 1930-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H.Hasanovning xizmatlari katta. Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo‘lgan qo‘lyozma manbalaridagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aniq ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston toponimikasi kelajak oldiga quyidagi muhim masalalarni qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi joy nomlarining toponimik kartotekasini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni tuzish; ona vatanimiz toponimlarini faqat izohlabgina qolmasdan endi ularning etimologik tahlilini boshlash; mavjud tarixiy tadrijiylikni buzmagan holda yangi shakllanayotgan joylarga -ham nom qo‘yishning ilmiy-nazariy prinsip hamda me’yorlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash. Shuningdek, har bir hududning o‘ziga toponimik nomlariga to‘xtalib o‘tish muhim o‘rin tutadi.

Download 73,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish