11-mavzu: Meva daraxtlarini past bo’yli payvantaglarda yetishtirish texnologiyasi Reja



Download 46,25 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2022
Hajmi46,25 Kb.
#856996
  1   2   3
Bog'liq
11- maruza


11-mavzu: Meva daraxtlarini past bo’yli payvantaglarda yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1. O’zbekistonda keyingi paytlarda intensiv mevachilikni rivojlantirish
2. Meva daraxtlari sekin o’sadigan payvandtaglar
3. Past bo’yli daraxtlar uchun maydon tanlash


1. O’zbekistonda keyingi paytlarda intensiv mevachilikni rivojlantirish
O’zbekistonda keyingi paytlarda intensiv mevachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmokda. Mevachilikning tashkil etishni takomillashgan usullarini joriy qilingan, ishlab chiqarish jarayonlarini, shu jumladan, hosilni yig’ib-terib olish va tovar mahsulotga ishlov berishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, agrotexnika usullarini (shu jumladan, past bo’yli payvandtaglarni) hamda o’simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini, bog’lar hosildorligini oshiradigan boshqa usullarni qo’llash yo’li bilan hal qilinadi. Hozirgi sanoatlashtirilgan mevachilikda past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan va ayniqsa, kuchsiz va kuchli o’sadigan payvandtaglarda shox-shabbasi yassi (elpig’ichsimon) shaklda qilib o’stirilgan bog’lar eng istiqbolli hisoblanadi. Intensiv bog’lar ilg’or agrotexnika usullarini (suv-oziq rejimi, mevali daraxtlarga maxsus shakl berish va butashni) hamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishni talab etadi.
Meva daraxtlaridan yuqori hosil olish uchun boshqa tadbirlar qatorida mevali daraxtlarni past bo’yli payvandtaglarda o’stirish usuli ham qo’llaniladi. SHox-shabbasi kichik hajmli bo’lib, barvaqt hosil beradigan o’simliklar past (pakana) bo’yli deb ataladi. Past bo’yli daraxtlar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va sun’iy past bo’yli daraxtlar.
Birinchi guruhga past bo’yliligi - irsiy xususiyat bo’lgan meva daraxtlari kiradi. Bunga olmaning ba’zi eski navlari Pepinka (Pepinka - Litovskaya, Turkman olmasi, CHulanovka va boshqalar) navlari, nokning Vilyams letniy, Lyubimitsa Klapa va boshqalar, shuningdek seleksionerlar tomonidan yaratilgan navlar (shafran Kitayka olmasi, Taejnoe, Plodorodnaya Michurina olchasi, Severnaya Michurina behisi) va boshqalar kiradi. O’zbekistonda V.V.Kuznetsov past bo’yli olmaning Pervenets Samarkanda navini yaratgan. Sun’iy past bo’yli daraxtlar oddiy past bo’yli daraxtlarning oziqlanishini cheklab qo’yittt yo’li bilan hosil qilinadi. Daraxtlarning o’sishini cheklaydigan bir nechta usullar bor:
a) sekin o’sadigan past bo’yli payvandtaglarga payvand qilish;
b) tuvakda yoki bochkada o’stirish, bunda tuproqning hajmi kam bo’lishi va etarli oziqlanmasligi natijasida daraxt sekin o’sadi, masalan sitrus va manzarali o’simliklarni xonada o’stirish;
v) daraxt hajmini qisqartirish maqsadida shox-shabbasini doimiy ravishda kesib turittt, shuningdek shoxlarini bukib yoki burab qo’yittt yo’li bilan shox-shabbasiga oziq moddalari etib borishini cheklab qo’yittt;
g) shoxlarni egib qo’yittt;
d) butoklarni halkalash va boshkalar.
Keyingi yillarda daraxtlarga maxsus moddalar - retardantlarni purkash yo’li bilan ularning o’sishini to’xtatib turishning kimyoviy usuli ishlab chikildi. Har xil navlarni buta yoki mayda daraxtchalar shaklida o’sadigan va ildizlari sust rivojlangan past bo’yli payvandtaglarga payvandlash usuli eng ko’p tarkalgan.
Past bo’yli payvandtaglardan pakana daraxtlar olish payvandtagning payvandustga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’likdir.
Meva daraxtlarni past bo’yli payvandtaglarda o’stirishning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Past bo’yli daraxtlarning xarakterli xususiyati - ularning kichik bo’lishidir. Oddiy va past bo’yli payvandtaglarda ulangan daraxtlar dastlabki yillarda deyarli bir xilda o’sadi. Lekin, o’sishdagi fark asta- sekin sezila boshlaydi va daraxtlar hosilga kira boshlashi bilan yakkol ko’rinadi. Past bo’yli payvandtaglardagi daraxtlarga nisbatan ikki barobar kichikrok va shox-shabbasi ikki yarim barobar ingichkadir. Yarim pakana payvandtaglarda o’stirilgan daraxtlar oralik o’rinni egallaydi. Ammo, daraxtlarning o’sishi (pakana payvandaglarga payvandlangan daraxtlarning) payvandga ham kuchli darajada bog’likdir. Masalan, dusenga payvand kilingan 16 yoshli olma daraxtlari shoxshabbasining balandligi Kandil - Sinapda 5,2, Rozmarin belыy 5,5 m va Belflerda 3,8 m ga teng bo’lgan.
Past bo’yli daraxtlarning kichik bo’lishi ularni parvarishlashni; butash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurashishni va hosilni terib olishni osonlashtiradi. Lekin, erkin o’stirilgan past bo’yli daraxt bog’larida katorlar orasi yakin bo’lganligi uchun erni ishlashni mexanizatsiyalashtirish (mashinalar yordamida ishlash) kiyin.
Past bo’yli payvandtaglarda o’stirilganda oddiy daraxtlarga nisbatan 4-5 yil, yarim pakana payvandtaglarda esa 2-3 yil ertarok hosilga kiradi. Behiga payvandlangan nok ko’chati o’tkazilgandan keyin uchinchi - to’rtinchi yilda hosilga kiradi. Olma bilan nokning to’la hosilga kirishi kuchli o’sadigan payvandtaglardagiga karaganda 6-12 yil oldinrok boshlanadi. Barvakt hosilga kirish past bo’yli daraxtlarning muhim biologik xususiyati va xo’jalik uchun kimmatli belgisidir. Past bo’yli pavandtaglarda o’stirilgan daraxtlarning er usti kismlarida hujayra shirasining yukori konsentratsiyasida bo’lishi erta boshlanadi va bu hol ularning barvakt hosilga kirishini ta’minlaydi. Hosilga kirish esa o’sishni cheklab ko’yadi (past bo’ylilik). Bundan tashkari, barglarda to’planadigan plastik moddalarning 60 % gacha hosil shakllanishga va kolgan kismi vegetativ organlarga sarflanadi.
Past bo’yli daraxtlarni hosildorligi tez o’sadigan daraxtlarnikidan past bo’ladi. Ammo, past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan daraxtlar oddiy daraxtlarga karaganda ancha kalin o’tkazilgandan hamisha oddiy daraxtlarga karaganda gektaridan ikki barobar va undan ham serhosil bo’ladi.
Past bo’yli daraxtlarning meva berishida solkashlik hollari kam uchraydi, bu o’suv jarayonlarning juda erta tugallanishiga va barglarning kech kuzgacha daraxtda saqlanib turishiga bog’liq bo’lsa kerak; bu esa daraxtda oziq moddalarning ko’p to’planishiga yordam beradi.



Download 46,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish