Ikkinchidan, mamlakat miqyosida ommaviy sportni rivojlantirish, aholi turli
qatlamlarining sport bilan shug`ullanishiga imkoniyat yaratish, sohaga ixtisoslashgan sport
muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlashga alohida e`tiborning natijasi o`laroq
sport- sog`lomlashtirish maskanlari, olimpia zahiralari o`quv muassasalarining faoliyati tubdan
yaxshilandi. Bugun nafaqat poytaxtimiz Toshkent va viloyat markazlarida, balki chekka
tumanlarda zamonaviy uslubda jihozlangan sport majmualari bunyod etildi. YAngidan qurilgan,
xalqaro mezon va talablarga mos keladigan sport majmualari, suzish havzalari, tennis kort va
stadionlarda uch bosqichli sport musobaqalari yuqori saviyada o`tkazilmoqda. Bu musobaqalar
ko`plab umidli yoshlarga ilk mahoratini ko`rsatish, do`stlar orttirish imkoniyatni berish
barobarida yuksak cho`qqilarni zabt etib, yurtimiz bayrog`ini baland ko`tarayotgan Ol`ga
Gnedovskaya, Mariya SHekerova, El`dar Hafizov, Vadim Men`kov, Ruslan Naurzaliev,
Vyacheslav Didrix, Serik Mirbekov, Ol`ga Umaralieva, Aleksey Mochalov, Temur SHokirjonov
kabi talabalarimizning davomchilari ko`payishiga zamin yaratmoqda.
2010 yil – Barkamol avlod yili deb e`lon qilindi. Sir emaski, internet tez va arzon
axborot yo ma`lumotlarni olish, etkazish hamda qayta ishlashda chegara bilmaydigan manba
sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni oshayotgan mazkur tizim dunyo
hamjamiyatining axborotga bo`lgan qiziqishini qondirmoqda. Bugungi kunda korxona, tashkilot,
muassasa, oliy va o`rta maxsus ta`lim maskanlari, turli darajada bo`lsada, Internetdan
foydalanmoqda. Ammo ―Internet kafe‖larda vaqtini huda – behudaga sarflayotganlar ham
topiladi. ―Uzoqni yaqin qiladigan‖ manba sifatida qaraladigan Internetning ko`proq yoshlar
kiradigan saytlarini yaxshi ma`lumotlar bilan tamoman yangilash zarur. Sababi – sog`lom
turmush tarzi, uni shakllantirish, ma`nan yuksak, axloqan pok kishilarga taalluqli sifatlar asosida
bolalarni tarbiyalash ikkinchi darajada tushib qolayotganday, nazarimizda. ―Ommaviy
madaniyat‖ niqobi ostida G`arbona kiyinish, o`ziga ortiqcha oro berish, G`arbona ―tavoze‖
bahonasi ostida milliy – ma`naviy qadriyatlarimizga mutlaqo zid, har turli evrilishlarni targ`ib
etuvchi g`oyalarning yoshlarimiz ongini zaharlashiga qo`l qovushtirib qarab turib bo`lmaydi.
SHuning uchun ta`lim tizimidagi saytlarning ma`lumotlar bazasini sog`lom turmush tarzi
talablari, giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlik oqibatida yuzaga keladigan irsiy
kasallanishlariga qarshi kurash profilaktikasiga oid axborotlar bilan boyitish, yangilash zarur.
SHuningdek, bolalar, yoshlar va o`smirlarning jismoniy tarbiya sohasida ayniqsa, qishloq
joylarida qizlarni muntazam ravishda sport bilan shug`ullanish jarayonini kuchaytirish,
zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan inshootlarni barpo etish, yuqori malakali trener va
murabbiylar bilan mustahkamlash zarur. Bu borada institutimizda YUrtboshimizning sa`y
harakati bois 2006-2007 o`quv yilidan boshlab xotin-qizlar sportini rivojlanitirish yo`nalishida
viloyatlardan 220 nafar qizlarni qabul qilyapmiz. Hozirda 800 nafardan ortiq talaba-qizlar sport,
jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat sir – asrorlarini qunt bilan o`zlashtirmoqda. 2006 yil
aprelidan faoliyatini boshlagan Malaka oshirish fakul`teti ―Jismoniy tarbiya va jismoniy
madaniyat‖, ―Jismoniy tarbiya va sport trenirovka asoslari‖, ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va
uslubiyati‖ yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalari va akademik litsey, kasb – hunar
kollejlarining jismoniy tarbiya o`qituvchilari hamda trenerlarining malakasini oshirishga xizmat
qilyapti.
- YOshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi asoslarini singdirish, ularni giyohvandlik,
axloqsizlik, turli illatlar xavfi va zararli ta`sirlaridan himoya qilish choralarini kuchaytirish
muhimdir. Jamiyat rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, davlatlararo
munosabatlarning o`rnatilishi kishilar salomatligi, sog`lom turmush tarzi va sog`lom oilalarga
bevosita bog`liq. Har taraflama ta`minlangan, kundalik hayot tarzi qoidalariga muntazam rioya
etadigan oilada sog`lom, baquvvat, salohiyati baland farzandlar tarbiya topadi. O`z – o`zidan bu
oilada tarbiyalanayotganlar jamiyat takomili ildizlariga bolta urayotgan – giyohvandlik,
ichkilikbozlik, kashandalik illatlariga qarshi tura oladi. Bu borada institutimizdagi ―Anatomiya
va fiziologiya‖, ―Bioximiya va gigiena‖, ―Sport tibbiyoti va davolash jismoniy tarbiya‖
kafedralari tomonidan maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Xullas, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o`rtasida sport
–
sog`lomlashtirish ishlarini yaxshilash, ommaviy sportni rivojlantirishdan maqsad – o`sib
kelayotgan yosh avlod qalbida sportga muhabbat tuyg`ularini kamol toptirish, ularning sportda
erishgan natijalarini namoyish etish, sog`lom turmush tarzi tamoyillarini, mustahkam iroda,
vatanparvarlik va el – yurt fidoyilarini singdirish, sport bilan shug`ullanishi uchun zamonaviy
talablar darajasidagi sharoitlarni yaratish, yoshlar ongida olimpiya tamoyillarini qaror toptirish.
Bu ulug` maqsadni ro`yobga chiqarishda barchamiz kamarbasta, hamjihat harakat qilsak, sog`lom
fikrli jamiyat takomili tezlashadi.
Mamlakatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni ma`naviy va jismoniy etuk qilib tarbiyalashda
milliy sport o`yinlari, ularning kelib chiqish tarixi to`g`risida yoshlarga to`g`ri va aniq, shu bilan
birga qiziqarli ma`lumotlarni taqdim etish maqsadga muvofiq. Bu esa barkamol avlod ongida
milliy an`nalarimizga bo`lgan mehrni oshiradi va ularni qadrlashni o`rgatadi. SHu bilan birga,
musobaqalar davomida sportchilarning o`z Vatani sha`nini fahr bilan himoya qilishlarida katta
ahamiyat kasb etadi.
Milliy o`yinlarining kelib chiqish tarixi, sport o`yinlari haqidagi qarashlari, ularga
bo`lgan munosabatni o`rganish masalasi g`oyatda dolzarb Bugungi kunda kelib sport etarli
darajada o`z ta`sir kuchiga ega bo`lib bormoqda. Zero, sport katta guruhdagi insonlarni
birlashtirishi yoki tarqatib yuborishi ham mumkin. CHunki sport maydonlaridagi
motivlashmagan vahshiylik holatlari yil sayin oddiy holat bo`lib bormoqda. Ayrim tomoshabinlar
va fonatlar sport o`yinlarini ko`rgani emas, balki musobaqalarning asosi bo`lgan janjallarni
ko`rgani keladilar.
Tomoshabinlarning sportdagi bu kabi zo`rlashlarga va agressiyalarga qiziqishlarining
sababi nimada? Bunday xolatlar davr taqazosimi yoki ijtimoiy-madaniy yoki biologik ehtiyojimi?
Bu kabi savollar sport sohasini o`rganuvchi ko`pchilik tadqiqotchilarni xavotirga solib kelmoqda.
Bu borada sport G`arbning aksariyat gumanitar sohalaridagi xulq-atvorni o`rganuvchi fanlar -
psixologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix, madaniy va ijtimoiy antropologiya, etnologiya kabi
fanlarning obyektiga aylangan.
Agressiv insoniy instinktlar sotsial shartlangan xarakterga ega. O`rta asrlardagi urushlar
xalqlar tasavvurida o`zini himoya qilish akti sifatida tushunilgan: jangari va o`limga olib keluvchi
sport o`yinlari xuddi odatlar sifatida qabul qilingan. Olmon sotsiologi Norbert Elias fikricha,
qadimgi yunon sport o`yinlari Olimpiya harakatlarida mashhur bo`lgan va haqiqiy sport o`yiniga
emas, balki urush etikasi va g`urur kodeksiga asoslangandir. U davrdagi sport o`yinlarida
rasmiylashtirilgan va qonunlashtirilgan qoidalar bo`lmagan. Bu esa odamlarning sport
maydonlaridagi qonli janglarga xotirjam munosabatda bo`lganlarini ko`rsatadi. CHunki
hayotning o`zi o`sha davrda bir qadar murakkab va agressiv bo`lgan.
Turli xil odatlar va an`analar (dafn marosimlari) shuningdek, taqvim bo`yicha
o`tkaziladigan bayramlar qonli bo`lib, insonlarni qurbonlikka keltirish bilan amalga oshirilgan.
Bizgacha etib kelgan manbalarga qaraganda, qadimiy atsteklarda guruhiy, jamoaviy o`yin mavjud
bo`lib, unda o`yin quyma koptok bilan o`ynalgan va bu zamonaviy basketbolni eslatadi. Bu
o`yinda g`olib bo`lganlar hayoti saqlab qolingan va mag`lublarning hayoti bilan qurbonlik amalga
oshirilgan. CHunonchi, mashhur ajdarho qayiq o`yinlari xitoyliklarda quyosh tikkaga kelgan
kunlarda o`tkazilgan. Zamonaviy irlandiyaliklarning ajdodlari o`tkazgan taqvim bayramlaridagi
«xerling» bayrami esa insonlarni qurbon qilish bilan yakunlangan. Etrusklar mashhur va hurmatli
insonlarni dafn etish marosimlarida, Kavkazdagi ba`zi xalqlar orasida o`smirlarning ot
o`yinlarida o`lganlar xotirasi uchun musobaqalashganlarni odatiy o`limga qurbon qilish
kuzatilgan. Bundan tashqari, Rim imperatorlari o`z xalqi qonli janglarni tomosha qilib,
zavqlanishlari uchun, gladiatorlar jangini uyushtirganlar. Bu o`yinda jangchilarning bittasi
qurbon bo`lishi kerak bo`lgan. Musobaqalar davrida, an`anaviy o`yinlarda agressiya instinkti va
insonlar o`limini ratsional tushuntirib berish ham mumkin. Britaniya orollarida sanoat inqilobiga
qadar ommaviy koptok o`yinlari har doim urush va janjallar bilan o`tgan. Odatda bunday nizolar
o`yingacha yuzaga kelgan, bu qo`shni qishloqdagilar bilan yoki o`zaro uylangan va uylanmagan
yigitlar orasida yuzaga kelgan.
SHuningdek, «Ommaviy futbol» o`yinlari ham alohida hodisa bo`lib, o`ziga xos urf-odat
sanalgan va bu o`yinni «dushmanlaridan o`ch olish maqsadida» intizorlik bilan kutganlar.
Xitoy madaniyatida odatiy qayiq o`yinlari ham, irlandiyaliklarning «xerling» o`yinlari
ham yangi davrda oddiy ko`ngilochar o`yinlarga aylanib, affektiv razryadkaning vositasi sifatida
xizmat qiladi.
Jahon tajribasiga ko`ra agressivlikning darajasi odatiy va industrial jamiyatda vaqt,
madaniy distantsiya bilan bir-biridan ajralib turadi. Har bir madaniyatda inson xulq-atvori
ma`lum bir instinktlar va odatlar bilan motivlashtirilgan bo`ladi, bu jamiyatning tarixiy-madaniy
rivojlanishi jarayonida ishlab chiqilgandir. Ba`zi bir madaniyatlarda urushqoqlik va agressivlik
ko`proq qadrlansa, boshqalarida do`stona munosabatlar, tolerantlik ko`proq qadrlanadi.
Turli xil madaniy guruhlar va xalqlarda sportning ko`rinishlari o`zining agressivlik
darajasi bo`yicha o`ziga xos ravishda qabul qilinishi mumkin. Masalan o`zbeklardagi ―uloq‖,
qozoqlardagi ―ko`pkar‖, qirg`izlardagi ―ko`k bo`ri‖, tojiklardagi ―buzkashi‖ kabi an`anaviy ot
o`yinlari Markaziy Osiyo va Afg`oniston xalqlarida shunchalik mashhurki, boshqa madaniyat
vakillarida buni ilk bor ko`rganlarida ularda boshqacha tassavur hosil qilgan. Xuddi shuningdek,
an`anaviy vallilarning ―Regbi‖ o`yini ham o`zining agressivligi bilan Yevropaliklarni ―lol
qoldirishi‖ mumkin. Ispaniyaliklarning ―Korrida‖ o`yini esa ko`pchilik angliyaliklarning
nigohida vahshiy varvarlarning ko`ngilxushligi sifatida qaraladi.
SHu bilan birga zamonaviy boks o`zining kelib chiqishi bo`yicha Angliyaga borib
taqaladi, ko`pchilik ispaniyaliklar tomonidan bu sportning eng vahshiy turi sifatida qabul qilinib,
ular buni insonlarning qadr – qimmatini pastga urish deb tushunganlar. Ba`zi bir Indoneziyaning
SHarq YAkka kurashi maktablarida kurashchilarning arenadagi haddan ortiq qahr-g`azabi va
to`liq kontakti ular madaniyatining an`anaviy va boshlang`ich falsafasi sanaladi. Bu kabi
amaliyotlarni zamonaviy sport turlariga - ularning universal qoidalar asosida o`tkazilishi
ko`pchilik ustozlari tomonidan negativ reaktsiyani paydo qiladi. Ularning fikricha, bu an`anaviy
uslubning ma`naviy asosini yo`qotadi va an`anaviy madaniyatni dasturlashtirilgan oddiy shouga
aylantirib qo`yadi. Bu esa ularning mardlik va erk kabi tushunchalariga zid hisoblanadi.
Agressiv sport turlariga bo`lgan turlicha xulq-atvor streotiplar bir-biriga yaqin bo`lgan
madaniyatlarda ham, shuningdek, xuddi shu madaniyat atrofida ham bo`lishi mumkin. Masalan,
Pomir, Kavkaz yoki Tyan`-SHan, Ximolay xalqlarida yosh erkaklarning turli sport o`yinlarida
qatnashishi har doim erkaklarni o`zini ko`rsatish uchun imkoniyat bo`lib, sportdagi g`alabalar esa
g`oliblar g`ururining ifodasi hisoblangan. Bu xolat ularning jamoada hurmati va ehtiromini
mustahkamlagan. Kavkazning ba`zi bir xalqlarida esa, sport o`yinlari haqiqiy musoboqalashuv,
jang sifatida qabul qilingan, sport ustalari tinchlik paytida ham, urush davrida ham jamiyatda
birdek baholangan. Qadimiy xettlarning musoboqalar bayrami zahhiya (kurashmoq, engmoq) deb
atalgan. Unda sport musoboqalaridagi g`oliblik sharaflangan bo`lsa, mag`lubiyat esa o`lim
sifatida qabul qilingan .
Amerikalik antropolog Devid Gilmorning kuzatishlariga ko`ra, ba`zi jamiyatlarda
erkaklik idientivligini ko`rsatishning bitta yo`li bu musobaqalar o`yinidir. Bunda erkaklar
o`zlarining ijtimoiy mavqelarini namoyon etganlar. Masalan, Markaziy Braziliyaning meinaku
xindularidagi qabilalarning barcha erkaklari kun ora bo`lib o`tadigan kurash musobaqalarida
qatnashishga majbur bo`lganlar. Bunda ―kurash gilamidagi‖ agressivlik tabiiy erkaklarga xos
boshlang`ich xususiyat sifatida qabul qilinib, qo`rqoqlik va lapashanglik esa qobiliyatsizlik
sifatida qaralgan, Bu, o`z navbatida, ijtimoiy ostrakizm sifatida tahdid solgan.
Bir vaqtning o`zida ba`zi bir madaniyatlarda boshlang`ich agressivlikni tarbiyalash
rivojlantirish axloqdan tashqari, deb hisoblangan. Masalan, Polineziyadagi taityan, Markaziy
Malayziyadagi semai xalqlarida har qanday agressivlik gunoh sanalib, bunday o`yinlar qat`iy
ta`qiqlangan. Xitoy va YApon ―YAkka kurash‖larida, shuningdek, budda falsafasiga ko`ra
agressiya ustidan har doim tinchliksevarlik g`alaba qozongan. Musobaqaning boshlanishi hujum
mashqlari kombinatsiyasi bilan emas, balki o`zini himoya qilish harakatlari bilan boshlanadi.
Buning asosiy maqsadi raqibdan kelayotgan zarbalarning ongli ravishdagi aksi va aql bilan
jahlning qaytarilishidir.
YUqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, yosh avlodni ajdodlarimiz an`analari,
qadriyatlari va madaniyati asosida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz alohida
o`rin tutadi. SHu bois turli millat vakillarining madaniy an`analariga xos bo`lgan sport
o`yinlaridan ibratlilarini rivojlantirishimiz, davom ettirishimiz va barkamol avlodga etkazishimiz
zarur.
O`zbekiston mustaqillikka erishib, dunyo xaritasidan o`rin egalladi. Bu davr ichida
O`zbekistonda huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo`lida dadil
qadamlar qo`yildi. O`zbekistonda mustaqillikni mustahkamlash, davlat va jamiyatni
demokratlashtirish hamda erkinlashtirish borasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni dunyodagi
eng rivojlangan davlatlar ham e`tirof etmoqda. Mustaqillik yoshlarning huquqiy savdxonligi va
huquqiy tarbiyasiga alohida e`tibor qaratib, ularga qonun doirasida ish tutishga o`rgatmoqda.
Respublikamiz oldida turgan g`oyat muhim vazifalardan biri jinoyatchilikka qarshi kurash olib
borishdir. Bu muommani hal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch g`ayrat sarflashni,
ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og`ishmay amalga oshirishni taqozo etadi.
Qaysi qilmishlar jinoyat hisoblanadi, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga qanday jazo
berilishi lozimligini belgilab beradigan huquqiy me`yorlar katta ahamiyatga ega. CHunki inson
huquqlari va manfaatlarini kafolatlash va ta`minlash har qanday davlatning birinchi darajali
vazifasidir. Respublikamiz Konstituttsiyasining 26-moddasiga ko`ra, hech kim sud hukmisiz va
qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi hamda jinoiy jazoga tortilishi
mumkin emas.
Jinoyat qonunchiligining printsiplari. Qonuniylik printsipi. Sodir etilgan qilmishning
jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan
belgilanadi. Hech kim sudning hukmi bo`lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va
qonunga xilof ravishdaa jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan
shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Fuqarolarning
Do'stlaringiz bilan baham: |