12-Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllati. Reja



Download 37,95 Kb.
bet7/8
Sana07.04.2022
Hajmi37,95 Kb.
#533495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-Mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shak

Uchinchidan, nazariya o’rganilayotgan hodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To’ғri, birorta hodisani tushuntirish uchun, odatda, uni xarakterlaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o’z holicha emas, balki ma’lum bir nazariya tarkibida mavjud bo’ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir nazariy qonunlardan keltirib chiqariladi. Hatto alohida olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish uchun etarli bo’lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko’rsatadiki, hodisaning mohiyatini tushuntirish uchun nazariyaning barcha ғoyalari yiғindisi, shu jumladan, qonunlar ham jalb etiladi.
Nazariyaning ilmiy bilishdagi alohida ahamiyati yana uning yangi, ilgari kuzatilmagan hodisalarning mavjudligini oldindan ko’rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning elektromagnit nazariyasi radio to’lqinlarining mavjudligini oldindan aytib bergan. Bu to’lqinlarni ancha vaqt o’tgandan keyin G. Gers eksperimental yo’l bilan qayd etgan. Xuddi shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitasiya maydonida yoruғlik nurining oғishini bashorat qilgan.
To’rtinchidan, ilmiy nazariya o’zida o’rganilayotgan predmet sohasiga oid barcha bilimlar o’rtasida mantiqiy aloqalarni o’rnatgani, yaxlit bir sistemada mujassamlantirgani va umumlashtirgani uchun uning ob’ektiv haqiqatlik darajasi va, demak, ishonchlilik darajasi, ortadi.
Beshinchidan, nazariya muammoni qo’yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni shakllantirish, ғoyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqqatli yo’lini bosib o’tishning natijasi bo’lganligi uchun, u bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o’rganish imkonini beradi.
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo’lib, ko’p hollarda bir qancha olimlarning hamkorlik qilishini taqozo etadi.
Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet sohasi va tadqiqot yo’nalishi aniqlanadi. Amaliy hayotimiz ehtiyojlari, u bilan uzviy boғliq bo’lgan tadqiqot maqsadi va vazifalari bunda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini aniqlashda berilgan sohaga oid bilimlarning ko’lami, chuqurligi katta rolь o’ynaydi.
Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlanғich asosni aniqlashdir. U o’rganilayotgan sohaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yiғindisidan iborat bo’ladi. Nazariyaning boshqa barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlanғich asosdan deduktiv yo’l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari-asosiylari va keltirib chiqariladiganlari, yangidan hosil qilinadiganlari muhim ғoya (yoki ғoyalar sistemasi) negizida birlashtirilishi kerak.
Tabiiyki, nazariya ma’lum bir metod yordamida, ya’ni metodologik prinsiplar, usullarni qo’llash asosida quriladi.
Qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida aniqlashtiriladi, yangi faktik materiallar asosida mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi.
Ilmiy nazariyaning juda ko’p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko’ra klassifikasiya qilish (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko’ra nazariyalarni to’rtta turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko’radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar.

Download 37,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish