12-Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllati. Reja



Download 37,95 Kb.
bet4/8
Sana07.04.2022
Hajmi37,95 Kb.
#533495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-Mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shak

Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib neftning kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Erda hayotning paydo bo’lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko’rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun, ilmiy nazariyani «qurish materiallari», deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik yo’nalishlarini belgilab beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi haqidagi sud versiyasi, arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz’iy gipotezaga misol bo’ladi.
Mantiqda, yuqorida zikr etilib o’tilganidek, ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza – tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo’lib, o’z oldiga o’rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo’ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
SHunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo’lish va rivojlanish shaklidir.
3.«Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, ғoyalar, gipotezalarni sistemaga soladigan, predmetni rasional tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan boғliq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to’planadi, o’rganiladi, sistemaga solinib, turli xil jadvallar, sxemalar, garfiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalarxususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo’lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o’rtasida munosabatlarni o’rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy boғliq.
Bilishning bu ikki bosqichi o’rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, hususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o’rtasida mantiqiy aloqalarni o’rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo’lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.

Download 37,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish