12-Mavzu Lokomotiv xо’jaligi haqida umumiy ma’lumotlar Reja



Download 25,07 Kb.
bet5/7
Sana17.01.2022
Hajmi25,07 Kb.
#381518
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5323353200202354935

Ishlatiladigan park ishlayotgan (harakatdagi), ekipirovkada turgan, texnik xizmat kо’rsatilayotgan, qabul qilish va topshirish jarayonida bо’lgan va poyezdga qо’shishni kutayotgan lokomotivlardan iborat bо’ladi. Ishlatilmaydigan park esa ta’mirlash jarayonida zahirada turgan, hamda sovuq (о’chirilgan) holda tashish jarayonida bо’lgan lokomotivlardan tashkil topadi.
Lokomotivlarga xizmat kо’rsatish va boshqarish tashkili

Elektrovoz va teplovozlarni mashinist va uning yordamchisidan iborat lokomotiv brigadalari boshqaradi. Elektrovoz va teplovozlar, motorvagonli poyezdlar, manyovr lokomotivlarni temir yо’l boshqarmasi ruxsati bilan mashinist tomonidan yolg’iz boshqarishga ruxsat etilishi mumkin. Elektrovozli va teplovozli tortishlarda bir lokomotiv brigadasi yagona mashinist xonasidan bir necha lokomotiv yoki doimiy bog’liq lokomotiv seksiyalarini boshqarishi mumkin.

Elektrovoz va teplovozlarni mashinist va uning yordamchisi boshqaradi. Ularni boshqarishda haydovchilarni almashish uslubi keng tarqalgan. Haydovchilar lokomotivlarga biriktiriladi. Bu usul qо’llanganda, lokomotivlar harakatsiz turib qolmaydi. Yordamchi ishlarda esa (manyovr, vagonlari bir bekatdan ikkinchi bekatga uzatish va boshqalar) ikkita, uchta va tо’rtta lokomotiv xaydovchilari aniq, lokomotivga biriktirib qо’yiladi.

Lokomotiv haydovchilarning ish vaqti 7-8 soat bо’lishi, juda zarur hollarda esa 12 soatdan oshmasligi kerak.

Mashinistlarning belgilangan ish vaqti 7-8 soatdan oshib ketsa, manzilga qaytish joyida ularga bosib о’tilgan yо’l vaqtining yarmigacha dam beriladi.

Temir yо’lda lokomotivlar har xil masofa oralig’ida ishlaydi. Asosiy depo bilan qaytish punktning oralig’i kо’pincha 100-150 km bо’lib, bu masofani tortish yelkasi deyiladi. Bunda asosiy A depoga biriktirilgan lokomotivlar manzilga qaytish punkti B va V stansiya borib qaytadi. Shuning uchun B va V punktlarning oralig’i asosiy deponing manzilga qaytish joyi deyiladi. Lokomotiv asosiy depo stansiyasiga qaytish poyezdini olib kelgach poyezddan uziladi, qum bilan ta’minlanib, lokomotiv haydovchilari almashtiriladi va yana stansiyaga qaytib kelasi tarkibga uzatiladi. Lokomotivlarning bunday ishlashi yelka usulida ishlash deyiladi. Ishni bu usulda tashkil qilish ham kamchiliklardan holi emas. Bular lokomotivni tez-tez poyezddan uzib turish, depoga hadeb kirib bekorga vaqtni о’tkazish va bekat izlarini band qilish va hokazolardir (rasm 17.1a).

Asosiy temir yо’llarda lokomotivlarning ishlash vaqtidan unumli foydalanish uchun, aylana bо’yicha yurish (rasm 17.1b) usuliga о’tildi. Bunda lokomotivlar asosiy depoga kirmasdan poyezddan uzilmagan holda aylana bо’yicha ishlayveradi. Lokomotiv haydovchilari esa stansiyaning asosiy yо’llari yoqasida almashtiriladi. Bunda lokomotivlarga texnik qarov va ularni ishga tayyorlash manzilga qaytish punktlarida bajariladi.

Teplovoz va elektrovozlardan keng foydalanishda haydovchilar о’z vaqtida almashtirilib turilishi,

lokomotivlarning uzoq masofada tarkibdan uzilmagan holda bir qancha masofa oralig’ida katta halqa bо’yicha aylanib ishlashiga olib keladi (rasm 17.2). Lokomotivlarning katta masofada ishlashi tо’g’ri chiziq bо’yicha va tormozli bо’lishi mumkin. Kо’pincha lokomotivlarning tarmoqli ishlashi - zona bо’yicha ishlash deyiladi.

Hozirgi paytda lokomotivlarni uzoq masofalarga yuritishda haydovchilarni о’z vaqtida almashtirib ishlatish uslubi yaxshi samara bermoqda.

Elektrovozlarga asosan qum, moy va artish uchun matolar ajratiladi. Teplovozlarga esa, bundan tashqari, dizel yoqilg’isi va maxsus tayyorlangan suv quyiladi.

Elektrovoz va teplovozlarning bosib о’tgan yо’li qum zaxirasi bilan belgilanadi. Teplovozlarda bu masofa 500-600 km, elektrovozlar esa 1000 km va undan ortiqni tashkil etadi.

Lokomotivlarni xom ashyo bilan ta’minlash uchun xо’jalikda

moslashtirilgan izlar yoki usti yopiq binolar bо’lishi shart.

Elektrovozlarning tepasidagi tok qabul qilish moslamasini (pantografini) tekshirish uchun maxsus joylar (maydonchalar) bо’lishi lozim.

Dizel yoqilg’isi hajmi 4000 t ga teng bо’lgan katta rezervuarlarda saqlanadi va zarur paytda nasos orqali maxsus tarqatuvchi moslamalarga uzatiladi. Yoqilg’i rezinkali shlanglar yordamida teplovozlarning bakiga quyiladi.

Asosiy depolarda lokomotivlarni qum bilan ta’minlash uchun nam qumni saqlash omborlari, uni quritish va tarqatish moslamalari, balandga siqib chiqaradigan havo kompressorlari bor. quritilgan qum tepadan rezinkali shlanglar yordamida lokomotivlarni ikki yonidagi qum chо’ntaklariga oqib tushadi.

Suyuq moylar yer ustida yoki yerga kо’milgan idishlarda saqlanadi. quyuq yog’lash moylari esa bochkalarda saqlanadi. Moylarni lokomotivga uzatish uchun nasoslardan va maxsus moy tarqatish moslamalaridan foydalaniladi.

Asosiy depoga va temir yо’lchilar turadigan joylarga suv uzatish uchun alohida suv inshootlari quriladi. Bu qurilmalar suv chiqarish, tо’plash, nasos stansiyalari, suv yurish quvurlari, suvni saqlash binolari, suvni tarqatish va suvni yumshatish uskunalari va uni tozalash asboblaridan iborat. Bundan tashqari, temir yо’l korxonalaridan chiqadigan ifloslangan suvlarni tо’plash, qayta tozalash va uzatish inshootlari bо’ladi.


Download 25,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish