12-mavzu. Menejmentning tashkiliy strukturalari. Reja: Tashkiliy tarkibning tavsifi va mohiyati



Download 336,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana22.06.2022
Hajmi336,62 Kb.
#690274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-мавзу



12-mavzu. Menejmentning tashkiliy strukturalari.
Reja: 
1.
 
Tashkiliy tarkibning tavsifi va mohiyati. 
2.
 
Menejmentning tashkiliy tarkib turlari. 
3.
 
Menejmentning yangi organik tarkibiy shakllari. 
4.
 
Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish. 
5. Menejmentning tashkiliy tarkiblarini takomillashuvi. 
6. Boshqarishning umumdavlat organlari. 
7. Boshqarishning mahalliy organlari. 
8. Boshqarishning tarmoq organlari. 
 
1. Tashkiliy tarkibning tavsifi va mohiyati. 
 
«Tarkib» so’zi elementlar birlashuvini ular orasidagi o’zaro munosabat va aloqalarni bir butun 
tizim ekanligini anglatadi. 
Menejmentning tashkiliy tarkibi deb boshqaruv idoralarining birlashuvini, ular orasidagi 
o’zaro tizimlarini, firmaning oldiga qo’ygan maqsadiga erishishdagi zaruriy boshqaruv vazifalarini 
bajarilishini ta’minlovchi, deb baholash mumkin. SHunday qilib, menejmentning tashkiliy tarkibi 
quyidagi bir qator shartlardan kelib chiqadi: korxonalarning maqsad va vazifalari, ichki va tashqi 
muhit omillari. Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar alohida ajratib ko’rsatiladi: zvenolar 
(bo’limlar) saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar, gorizontal va vertikal. Menejmentning 
nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Qisqacha 
ularning aniq tushunchasini alohida ko’rib chiqamiz: Zveno yoki boshqaruv bo’limi - bu 
tashkilotning alohida yoki erkin boshqaruv idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi 
bo’limining ma’lum bir vazifani boshqarishdir. Bo’limlar orasida o’rnatilgan aloqa gorizontal 
tavsifga ega. Menejment saviyasining bir guruh bilimlarni boshqaruv ierarxiyasida ma’lum darajani 
egallash deb qarash mumkin. Tashkiliy tarkibini inson va materiallar resurslarini ularni o’zaro 
munosabatlarini solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o’lchovlaridan qat’iy nazar yana bir 
umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishish uchun shakllantiradi. Ammo har bir 
boshqaruv tarkibini o’ziga xos xususiyatga ega: ular ma’lum darajada odamlar faoliyatiga
samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Har bir ish berayotgan firma uchun tarkibni tashkil qilish, uning 
faoliyatini shakllantirishda muhim element hisoblanadi. 
Barcha tashkiliy tarkib majmuasi samarali shakllanish usulini tanlash menejment korpusining 
faoliyatida hayotiy va zarur element hisoblanadi. Agar bu masala rivojlanayotgan firma yoki 
korporatsiyalarga tegishli bo’lsa ham qoida bo’yicha bu kabi korporatsiyalarda vazifa bajarilishida 
oz bo’lsada yo’ldan og’ishlar yuz bersa oliy menejment boshqaruv tarkibini qayta tashkil etish 
masalasini yechiladi. 
Shunday qilib, tashkiliy tarkibga umumiy tavsif berib, uning ahamiyatini belgilovchi bir necha 
qoidalarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1.
Firmaning tashkiliy tarkibi menejmentning barcha vazifalarini muvofiqlashtiruvini 
ta’minlaydi. 
2.
Tashkiliy tarkib boshqaruv saviyasining xuquq va javobgarliklarini aniq belgilaydi. 
3.
Tashkiliy tarkibga firmaning samarali faoliyati, uning davomiy rivojlanishi bevosita 
boshliqning vazifasidir. 
4.
Firmada qabul qilingan tartib xizmatchilarning tashkiliy aloqalarini belgilaydi shu bilan 
menejmentning uslubi va jamoaning sifatini aniqlaydi. 

Download 336,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish