12-Mavzu. O’lchov transformatorlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi


b) Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi



Download 229,24 Kb.
bet3/3
Sana16.09.2021
Hajmi229,24 Kb.
#175876
1   2   3
Bog'liq
12-Maruza Olchov transformatorlari

b) Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi

Konstruksiyasi bo‘yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo‘ladi. Uch fazali kuchlanish transformatorlari 18 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda, bir fazali transformatorlar esa istalgan kuchlanishlarda qo‘llaniladi. Transformatorlar izolyasiyasining tipiga ko‘ra quruq, moyli hamda quyma izolyasiyali bo‘lishi mumkin.

Quruq transformatorlarning chulg‘amlari PELsimidan tayyorlanadi, chulg‘amlar orasidagi izolyasiya vazifasini esa karton o‘taydi. Bunday transformatorlar 1000 V gacha bo‘lgan kurilmalarda qo‘llaniladi (NOS-0,5 bir fazali, quruq, 0,5 kV li kuchlanish transformatori).

Moy izolyasiyali kuchlanish transformatorlari - ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida 6 - 1150 kV kuchlanishlarga qo‘llaniladi. Bu transformatorlarda chulg‘amlar va magnit o‘tkazgich moy ichida turadi va u izolyasiya hamda sovitish uchun xizmat qiladi.

Bir fazali ikki chulg‘amli NOM-6, NOM-10, NOM-15, NOM-35, transformatorlarini bir fazali uch chulg‘amli ZNOM-15, ZNOM-20, ZNOM-35 transformatorlaridan farq qilish lozim.

Birinchi tipdagi transformatorlar chulg‘amlarining sxemasi 67-rasm, a da ko‘rsatilgan. Bunday transformatorlar ikkita kiritgich YUK ga va ikkita kiritgich PK ga ega, ularni ochiq uchburchaklik yulduzcha, uchburchaklik sxemasi bo‘yicha ulash mumkin. Ikkinchi tipdagi transformatorlarda YUK chulg‘amining (67-rasm, b) bir uchi erga tutashtirilgan, YUK ning yakka kiritgichi qopqoq ustida joylashgan PK ning kiritgichlari esa bakning yon tomoniga chiqarilgan YUK chulg‘am faza kuchlanishiga, PK ning asosiy chulg‘ami 100 V ga, ko‘shimcha chulg‘ami 100/ V ga hisoblangan. Bunday transformatorlar erga ulanadigan deb ataladi va 76- rasm, v da ko‘rsatilgan sxema asosida ulanadi.

ZNOM-15, ZNOM-20, ZNOM-24 tipdagi transformatorlar kuchli generatorlarning komplekt shina o‘tkazgichlariga o‘rnatiladi. Magnitlanishdagi isroflarni kamaytirish uchun ularning baki magnitlanmaydigan po‘latdan taiyorlanadi.

NTMI tipidagi uch fazali moyli transformatorlar besh sterjenli magnit o‘tkazgich va 75- rasm, v dagi sxema bo‘yicha ulangan uchta chulg‘amga ega. Bunday transformatorlar izolyasiyani kontrol qiluvchi priborlarni ulashga mo‘ljallangan. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda NKF tipidagi kaskadli kuchlanish transformatorlari qo‘llaniladi. Bu trans-formatorlarda YUK chulg‘am bir necha magnit o‘tkazgichlar bo‘yicha bir tekis taqsimlangani uchun, uni izolyasiyalash osonlashadi. NKF-110 transformatori (68-rasm) ikki sterjenli magnit o‘tkazgichga ega bo‘lib, uning har bir sterjenida Uf/2 ga hisoblangan YUK chulg‘am joylashgan. YUK chulg‘amining umumiy nuktasi magnit o‘tkazgich bilan ulanganligi uchun erga nisbatan Uf/2 potensial ostida bo‘ladi. YUK chulg‘am, shuningdek, magnit o‘tgazgichdan Uf/2 ga izolyasiyalanadi. PK ning chulg‘amlari (asosiy va qo‘shimcha) magnit o‘tkazgichning pastki sterjeniga o‘ralgan. YUK chulg‘amlar bo‘yicha yuklamani bir xil taqsimlash uchun aloqa chulg‘ami II xizmat qiladi. Magnit o‘tkazgich hamda chulg‘amdan tashkil topgan bunday blok chinni g‘ilofga joylashtirilib, ustidan moy quyiladi.

220 kV li kuchlanish transformatorlari (TN) ustma - ust joylashtirilgan ikkita blokdan iborat, ya’ni ikkita magnit o‘tkazgich bilan Uf/4 ga izolyasiyalangan YUK ning to‘rt pog‘ona kaskadli chulg‘amiga ega. NKF-330 va NKF - 500 kuchlanish transformatorlari tegishlicha uch va to‘rtta bloklarga, ya’ni YUK chulg‘amining olti va sakkizta pog‘onasiga ega.

CHulg‘am kaskadlari qancha ko‘p bo‘lsa, ularning aktiv va reaktiv qarshiliklari shuncha ko‘p bo‘ladi, xato ortib boradi va shu sababli NKF-330, NKF-500 transformatorlari faqat 1 va 3 aniqlik klasslarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, kuchlanish transformatorining konstruksiyasi shuncha murakkab va shuning uchun, 500 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda yuqori chastotali bog‘lash kondensatorlari S1 ga quvvat ajratadigan kondensator S2 (69- rasm) yordamida ulangan sig‘imli quvvat ajratadigan transformator qurilmalar qo‘llaniladi. S2 dan olinayotgan kuchlanish (10—15 kV) ikkita ikkilamchi chulg‘amga ega bo‘lgan transformator TN ga uzatiladi. Bu transformator ham NKF yoki ZNOM transformator sxemasi asosida ulanadi. Transformator TN ning birlamchi chulg‘amida va reaktor R ning chulg‘amida o‘ramlar sonini pog‘onali rostlash ko‘zda tutilgan, bu hol reaktor induktivligini tanlash va U2 miqdoriga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Reaktor R va transformator TN umumny bakka joylashtiriladi va moy bilan to‘ldiriladi. Transformatorning ishlash aniqligini oshirish uchun uning birlamchi chulg‘am zanjiriga kuchlanish bo‘luvchining sig‘im qarshiligini kompensatsiyalovchi reaktor R ulangan. To‘siq 3 reaktor bilan kuchlanish transformatoriga yuqori chastotali toklarni o‘tkazmaydi.

Bunday qurilma sig‘im kuchlanishli transformatori deb ataladi (NDB).



Barcha elementlar to‘g‘ri tanlanib, sxema to‘g‘ri sozlansa NDE qurilma 0,5 va undan yuqori aniqlik klassida tayyorlanishi mumkin. 500 va 750 kV li kurilmalar uchun NDE-500, NDE-750 qurilmalar qo‘llaniladi.

Quyma izolyasiyali kuchlanish transformatorlari yanada keng qo‘llanilmoqda. ZNOL.06 seriyadagi erga ulanadigan kuchlanish transformatorlari nominal kuchlanish bo‘yicha besh xil tayyorlanadi: 6, 10, 15, 20 va 24 kV. Ularda magnit o‘tkazgich lentali qirqilgan, S- simon bo‘lib, bu xol aniqlik klassini 0,2 gacha oshirish imkonini beradi. Bunday transformatorlarning massasi katta bo‘lmay, istagan xolatda o‘rnatilishi mumkin, yong‘inga xavfsiz. ZNOL.06 transformatorlari YOTK hamda komplekt tok o‘tkazuvchilardagi NTMI va ZNOM moyli transformatorlar o‘rniga, NOL.08 seriyadagi transformatorlar esa NOM-6 va NOM-10 lar o‘rniga almashtirishga mo‘ljallangan.
Download 229,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish