12-Mavzu. O’lchov transformatorlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi



Download 229,24 Kb.
bet1/3
Sana16.09.2021
Hajmi229,24 Kb.
#175876
  1   2   3
Bog'liq
12-Maruza Olchov transformatorlari


12-Mavzu.

O’lchov transformatorlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi.



Reja

1.O’lchov tok transformatorlarining vazifasi.

2.O’lchov tok transformatorlarining tuzilishi .

3.O’lchov tok transformatorlarining ishlash printsipi.

1.O’lchov kuchlanish transformatorlarining vazifasi.

2.O’lchov kuchlanish transformatorlarining tuzilishi .

3.O’lchov kuchlanish transformatorlarining ishlash printsipi.
O‘lchov tok transformatorlari. Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi.

Tok transformatori yopik magnit o‘tkazgich 2 (61-rasm) hamda ikkita birlamchi 1 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarga ega.

Birlamchi chulg‘am o‘lchanayotgan tok zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi chulg‘amga tok o‘tadigan o‘lchov priborlari ulanadi.

Tok transformatori nominal transformatsiya koeffitsienti bilan xarakterlanadi:

bunda - birlamchi nominal tok, - ikkilamchi nominal tok.

Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb qabul qilingan.

Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o‘zgarmas miqdor bo‘lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli nominal miqdordan farq qilishi mumkin. Transformatorning tokni transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanady:



Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit o‘tkazgich kesimi, magnit o‘tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, magnit yo‘lining o‘rtacha uzunligi, miqdorga bog‘liq. Tok transformatorlari ularga qanday talab qo‘yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab chiqariladi. Ko‘rsatilgan raqamlar birlamchi chulg‘am 100—120% tok bilan yuklanilganda (oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda (oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka nisbatan protsentda ifodalangan tok transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok transformatorlari uchun ham burchak xatosi normalanadi.

Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o‘tkazgich, kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog‘liq. Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi.

Nominal tokdan ancha kichik bo‘lgan birlamchi toklarda ham tok transformatorining xatosi ortadi.

0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda, 0,5 klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1 klassdagilari - hamma texnik o‘lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun ishlatiladi.

Ko‘rib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg‘amlari D (differensial muhofaza uchun), Z (erga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele muhofazalari uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi.

O‘lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega bo‘lganligi uchun, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar ikkilamchi chulg‘am uzilsa, magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi, chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg‘amning magnit yurituvchi kuchi (m.yu.k.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o‘tkazgich haddan tashqari yuqori temperaturagacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg‘amda esa, ayrim hollarda, bir necha o‘n kilovoltlarga etadigan yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi.

Aytib o‘tilgan hodisa sababli birlamchi chulg‘amdan tok o‘tayotganda tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amini uzishga ruxsat etilmayda. O‘lchov pribori yoki releni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, tok transformatorining ikkilamchi chulg‘ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg‘ami shuntlanadi).



Download 229,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish