12-seminar. Nazorat savollari Nima sababdan Marshall rejasi ishlab chiqildi?



Download 15,56 Kb.
Sana10.08.2021
Hajmi15,56 Kb.
#143730
Bog'liq
12-seminar ITT


12-seminar. Nazorat savollari

1. Nima sababdan Marshall rejasi ishlab chiqildi?

2. R.Reygan AQSh prezidenti etib saylangandan so`ng, U tomonidan qanday iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi?

3. XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniya rivojlanishining xususiyatlari nimadan iborat?

4. Retsessiya nima? Urushdan so`ng G`arbiy Yevropa nima sababdan iqtisodiy pasayish bo`ldi?

5. G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlar.

  1. AQSh o‘zining G‘arbiy Yevropadagi ittifoqdoshlarini ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlashtirish bo‘yicha say’i-harakatlarini amalga oshirdi. 1947 yilning 5 iyunida ikkinchi Jahon urushidan so‘ng “Yevropani tiklanish dasturi” sifatida Marshall rejasi taqdim etildi. Uning nomi rejani ishlab chiqqan AQSh davlat kotibi Dj.Marshallga atab qo‘yilgan edi. Reja bo‘yicha ma’lum bir shartlar bo‘yicha zayom va kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan edi. Marshall rejasida 16 ta yevropa mamlakatlari ishtirok etishga rozilik bildirdilar. 1948 yil apreldan 1952 yil fevralgacha G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Gollandiya, Ispaniya, G‘arbiy Germaniya) Marshall rejasi doirasida 17 mlrd.dollar olishdi. Shu bilan bir vaqtda amerika biznesi o‘z manfaatini ko‘zlagan holda G‘arbiy Yevropa korxonalarini sotib olardi.



  1. 1981 yil yanvarda R.Reygan AQSh prezidenti etib saylandi. U tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy siyosat, “reyganomika” nomini oldi, neokonservativ siyosatning shakli bo‘lib, 80-90 yy. davomida barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanildi. Uning tarkibiga quyidagilar kirardi: ijtimoiy dasturlar va soliqlarni qisqartirish, qat’iy pul-kredit siyosati yordamida inflyasiya bilan kurashish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan voz kechish.Federal hukumatning faoliyat sohasi, ayniqsa ijtimoiy sohada, qisqartirilgan bo‘lib 46 ta ijtimoiy dasturlardan 44 tasi shtatlar ixtiyoriga o‘tkazildi.



  1. XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada rivojlanish sur’atlari boshqa yevropa mamlakatlarinikiga nisbatan pastroq edi. 70-yillar boshlariga kelib Britaniya imperiyasi tarkibida jahon okeanidagi bir necha orollar qolgandi xolos, uning o‘zi esa Britaniya hamkorligiga (avvallari tarkibiga kirgan va sobiq metropoliya bilan bog‘liqlikni tan oluvchi mamlakatlarning hukumatlararo tashkiloti) aylantirildi. Imperiyani yo‘q qilinishi uni yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini ko‘tardi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 1947 yildan boshlab tejamkorlik holati e’lon qilinib, unga binoan ish haqi, daromadlar muzlatildi, fuqarolarni iste’moli chegaralandi. Mamlakat uchun 1945 yil 6 dekabrda ingliz-amerika zayomi to‘g‘risidagi kelishuv (Amerika hukumati funt sterling konvertatsiyalangan taqdirda Buyuk Britaniyani uzoq muddatli zayomlar bilan ta’minlaydi, bu esa, o‘z navbatida, funt egalarini dollarga yo‘naltirardi) katta muammolar tug‘dirdi.



  1. Yevropada biznes faollikni birinchi bor tushkunlikka tushishi 1948-1949 yy.da kuzatildi, lekin u havfli emasdi. 1951-1952 yy.da kuchli pasayish bo‘lib o‘tib, u butun Yevropa mamlakatlarini qamrab oldi. Ushbu retsessiya Koreya urushining (1950-1953 yy.) natijasi bo‘lib, jahon urushiga aylanishi havfi mavjud edi.1957-1958 yy.dagi retsessiya faqatgina Yevropa mamlakatlarini emas, balki AQSh va Yaponiyani ham qamrab oldi. Retsessiyadan chiqishga hukumatlar tomonidan soliqlarni qisqartirish, kreditlashtirish shartlarini yumshatish va boshqa qabul qilingan chora-tadbirlari sababchi bo‘ldi. Iqtisodiy taraqqiyotga yangi, 1958 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tashkil etilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.



  1. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya ikki mustaqil davlatlarga – GFR va GDR ga bo‘lingan edi. Germaniya iqtisodiyotining og‘ir holatiga urush vayronagarchiliklaridan tashqari 1945 yil 2 avgustda urushda g‘olib mamlakatlari rahbarlarining Potsdam konferensiyasida qabul qilingan sanoat korxonalari uskunalarini demontaj qilinishi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu qaror ko‘rsatilgan zararni kompensatsiyalash va mamlakatni ikkiga ajratilishi munosabati bilan qabul qilingan edi. 1948 yilda L.Erxardning1 bevosita ishtirokida pul va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.

Download 15,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish