13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik



Download 47,57 Kb.
bet1/12
Sana15.12.2022
Hajmi47,57 Kb.
#887825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
37-mavzu


13-BOB. STRATEGIYANI TADBIQ ETISH: MADANIYAT VA SARDORLIK.
Biz o’tgan boblarda strategiyani tadbiq etish jarayonida bajariladigan olti vazifani ko’rib chiqdik, jumladan: samarali tashkilotni yaratish, strategik muhim sohalarga yetarli resurslarni yetkazib berish va operasiya birliklarini takomillashtirish, strategiyani tadbiq etadigan siyosatni yaratish, ilg’or tajribani qo’llash va faoliyatni muntazam rivojlantiradigan dasturlarni tadbiq etish, ichki qo’llab-quvvatlovchi siyosatlarni yaratish va rag’batlantirishdan hamda mukofotlash tizimsidan foydalanish. Ushbu bobda biz strategiya bilan bog’liq qolgan ikki masalani ko’rib chiqamiz; strategiyani qo’llab-quvvatlaydigan kompaniya madaniyatini yaratish va sardorlikdan foydalanish.


13.1. Strategiyani qo’llab – quvvatlaydigan madaniyatni
shakllantirish.
Har bir kompaniyada o’ziga xos madaniyat paydo bo’ladi. Har bir kompaniya o’zining faoliyat falsafasiga, qaror qabul qilish prinsiplariga, harakat dasturiga, xulq-atvoriga, ish tajribasiga va individuallikka ega.

Kompaniya madaniyati o’zida qadriyat-larini, ishonchlarini, an’analarini, ishlash uslubini va ichki ishlab chiqarish muhitini mujassam etadi.
Masalan, “Wal–Mart” kompaniyasi madaniyatining asosini iste’molchilar talablarini qondirishga va xarajatlarni pasaytirishga intilish, tejamkorlik, g’oya almashish uchun ichki va tashqi kengashlardan foydalanish, savdo nuqtalariga menejerlarning tashrif buyurishini odat tusiga aylantirish, xaridorlar bilan muloqotda bo’lish va xodimlar takliflarini to’plash kabilar tashkil qiladi.


13.1.1. Kompaniya madaniyatining ahamiyati.

Mustahkam madaniy an’ana-lar va strategiya bilan mada-niyatning mosligi bu faoliyat natijalarini yaxshilash maq-sadida qo’llaniladigan kuchli ta’sir etish vositasidir.


Ko’pchilik menejerlar o’z tajribasiga asoslanib e’tirof etadilarki, tashkilot madaniyati – bu tashkilot strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi yoki unga qarshilik ko’rsatuvchi muhim omildir. Kompaniya strategiyasi aks ettiradigan g’oya, maqsad va uslublar uning madaniyatiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Kompaniya strategiyasi uning madaniyatiga mos kelmasa, strategiyani amalga oshirishda muammolar paydo bo’ladi. Mustahkam madaniy an’analar uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Agar kompaniyaning madaniyati uning strategiyasiga qarama-qarshi bo’lsa, madaniyatni imkoni boricha tezkorlik bilan o’zgartirish lozim. Strategiya bilan madaniyat o’rtasidagi ixtilof qancha sezilarli bo’lib, uzoq davom etsa, bu hol kompaniya rahbariyatini strategiyani amalga oshirish yo’lidagi urinishlarini yo’qqa chiqaradi.
Strategiya bilan madaniyatning mosligi ijrochilarga ikki yo’nalishda ijobiy ta’sir etadi:

  1. Ishlab chiqarish muhitida madaniyat strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish talablariga to’liq javob beradi, kompaniyalarda faoliyatlarni bajarish jarayonida xodimlarning o’zaro ta’sirlarini va norasmiy qoidalar tizimsini ta’minlaydi. Mos madaniyatga asoslangan xulq-atvor rag’batlantiriladi, teskarisi esa jazolanadi. Strategiya va madaniyat tarqoq bo’lgan kompaniyada ildiz otgan qadriyatlar va falsafa strategiyani qo’llab quvvatlamaydi: strategiyani muvaffaqiyatini ta’minlovchi xulq-atvor bilan madaniyat œrtasida ixtilof vujudga keladi.

  2. Strategiyani tadbiq etishga yordam beradigan mustahkam an’analar insonlarni o’z qobiliyatidan unumli foydalanishga undaydi: ushbu madaniyat tuzilmani va insonlar uchun yo’nalish sifatida me’yorlarni hamda qadriyatlar tizimsini shakllantiradi: u xodimlar bilan kompaniyaning yaxlitligini ta’minlaydi.

Natijada quyidagi muhim vazifa yuzaga keladi: tashkilot madaniyatini shakllantirishda strategik rejani tadbiq etish talab qilinadi.

Download 47,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish