13-Mavzu: Eksperimental psixologiyaning shakllanishi. Bixeviorizm (2soat) Reja



Download 26,09 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi26,09 Kb.
#716160
  1   2
Bog'liq
13-ma'ruza (2)


13-Mavzu: Eksperimental psixologiyaning shakllanishi.Bixeviorizm (2soat)
Reja:
1 Bixeviorizm.Dj.Uotson (1878-1958) talqini.
2 Neobixeviorizm.
3 Psixologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi va eksperimental psixologiyani vujudga kelishi.
4 Rossiyada eksperimental psixologiya rivojlanishi va bixeviorizm vujudga kelishi.
Hammamizga ma’lum boshqa fanlar kabi psixologiyada ham o’tmishda turli psixolok maktablar o’z ishlari bilan fan tarixida iz qoldirganlar. Bular qatoriga bixevioristlar, geshtalьtchilar (geshtalьtpsixologiya barcha murakkab ruhiy jarayonlarni oddiy holatlarda, ya’ni sezgilardan iborat deb hisoblagan), funktsional psixologiya, assotsiativ psixologiya (ruhiy hodisalar, holatlar, jarayonlar, tasavvurlarning yahlit bo’lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta’limotni yaratganlar), freydizm (ong osti psixologiyasi), Vyurtsburg maktabi (assotsiativ psixologiyani tanqid qilib, sinaluvchilarni o’z-o’zini kuzatish metodiga suyangan holda tajribalar o’tkazish uslubi, yuksak taraqqiy etgan psixik jarayonlarni eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat qiladilar), Kurt Levin maktabi (Levin uchun «maydon» bu struktura, unda xulq-atvor bo’lib ruyobga chiqadi. Bu struktura motivatsion yunalish va individning ob’ekt yo’nalishini o’z ichiga qamrab olgan) tarafdorlari, izdoshlari kiradilar. Tarixda iz qoldirgan psixologik maktablarni asosiy yo’lini analiz qilinganda, barcha psixologik maktablar uchun umumiy tendentsiya(asosiy g’oya) vujudga keladi. Bular esa o’z navbatida boshqa maktablarning nazariy orientatsiyalarini(mo’ljallarini) kotegorial asosini boyishini hisobiga o’zgarib ketadilar.
Bixeviorizmni vujudga kelishi.
Bixeviorizm Amerika psixologiyasining asosiy shaklini tashkil etadi.
Qaysiki 20 asrda psixika xaqida radikal sistema tuzildi. Bunda aniq ravishda psixologiya predmeti ong emas xulk atvorlardan iborat deb ko’rsatiladi.
By yerda Bixevior inglizchadan olingan bo’lib, xulq avtvordir.
Struktalizm ham funktsionalizm ham ong xaqidagi bilimlar majmuini bera olmadi. Ularning kontseptsiyasi ham sub’ektiv metodlarga asoslangan.
Endilikda psixologiya o’z yo’nalishini boshqa fanlar qatori mustaqil ravishda boshladi. Turli tomonlar:

  • uning predmeti (ong):

  • asosiy muammosi (ongni nimalardan tashkil topganligi);

  • ularning metodlari (introspektsiya);

  • tanlior qilingan printsipi (psixik sabab va oqibatlari).

Ushbu fan predmetini o’rganishda yanada ko’proq metodlar printsiplar ham ko’rina boshlaydi. Bular ko’proq Amerika qo’shma shtatlarida ko’rina boshladi. Endilikda sub’ektiv metodlardan ko’ra ob’ektiv metodlarga ko’proq e’tibor berildi. Olib borilgan tajribalar ham eksperemental psixologiya soxasiga ham keng yul ochib berdi. SHunday qilib bixevioristik harakatning yetakchilaridan biri Edvor Torndayk edi. U o’zini bixevioristik emas, balki noven-dionistik deb atadi. (konnentsiya aloqa demakdir). Lekin nomlanishning ahamiyati ularni olib borgan ishlariga putur yetkazmasdi. Torndaykning ishlari psixologiyadagi bixeviorizmning ilk qadamlarini tashkil etdi.
Torndaykning birinchi ishida ya’ni tugallanmagan va e’lon qilinmagan tajribasining sinaluvchilari maktab o’kuvchilari bo’lgan. Eksperement olib boruvchi bolalarga o’z fikrida so’zlar, son va buyumlarni ko’z oldiga keltirish kerak edi va buni uning oldida o’tirgan bola topishi va to’g’ri topganda esa konfet olishi kerak edi. Olib borgan ishlarida Trondayk ma’lum natijalarga erishdi, ham xatoliklarga ham yo’l qo’ydi. SHundan so’ng u jo’jalar ustida ish olib borishga ahd qilib Djelisning padvalida ish olib borish ekeperimental zoopsixologiya kashfiyotlari barpo etdi. Xayvonlar ustida olib borgan ishlarda (Kolumbiya universitetida shunday xulosa va faktlarga erishdik, bunda 1899 yilda «Ekeperimenal» tadqiqotlarga xayvonlardagi assosiativ jarayonlar Torntayk ishlarida ham "intelekt assosiativ jarayonlar terminlari ishlatildiki ular endilikda yangi yangi ma’nolarni kasb etadi, unda asosiatsiya so’zi ideyalayor yoki harakatlar o’rtasitda bog’lanishlarni tushuntirmay balki, harakatlar va situatsiyalar o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntiradi. Torndayk o’z kontseptsiyalarini ishlab chiqa boshlada. U refleks xaqidagi an’anaviy qarashlarini inkor qildi. Va B.Djon yo’lidan bormadi. Torndaykning ishlari psixologiya uchun boshlovchilik vazifasini bajarardi. Agar yangi psixologiya uchun qonun-qoidalarni ochib bermaganda edi.
Bu oqimni teoritik lievri DJON BROADUS UOTSON bo’ladi. U chikago universitetida o’qidi, uning psixologiya bo’yicha o’qituvchisi Endjem edi. Aynan endjem maktabida o’raganilmagan aynan muamolarning bixeviorizmga o’tdi.
SHundan so’ng u Pavlov sistemasini o’z ekeperimental programmasi asosiga quydi. Stimul-reaktsiya bu bixeviorizmning shiori edi. Qaysiki Uotsonining «Psixologiya ko’rinishi bixevioristik bilan» nomli statiyasida yoritib berilgandi. Statiya 1913 yilda e’lon qilingan edi. Bixeviorizmning dasturi aniq ifoda etilgan bo’lib predmeti psixologiya etib, xulq-atvor va xatti-harakatlar olingan edi. Uotson ideyalarining rezanansi juda yuqori edi.
U 1915 yilda 35 yoshda Amerika psixologik assosiatsiyasini boshlig’i etib tayilandi. Uyutson birinchi jaxon urushidan keyin ham o’z ish faoliyatining davom ettirib psixologik eksperimental ishlarini davom ettirdi.
Endi u oq kalamushlar ustida emas, balki inson bilan bog’liq ishlarni olib bordi. U xis-tuyg’u, emotsiya soxasini o’rganishga kirishdi. 20 yillarning boshlariga kelib Uyutson oyilaviy xayot ilmiy-psixologik ishlarni tashlashga majbur bo’ldi. Lekin bir qancha vaqtlar Uyutson bixeviorizim kitobi bo’yicha ommobop lektsiyalarni o’qidi. Bu ilm olishda katta qiziqishlarni uyg’otdi. Uotson yoshligida pixologiyani xatti harakat va xulq atvorini boshqaruvchi va oldindan ko’ra oluvchi fanga aylantirishni o’ylar edi.
Edvin Xoltning ishlari xaqida tarixchi Boring uni filosof tadqiqodchi deb atagan xolat o’zining ong xaqida tushincha kitobida otni muhim fizologik jarayonlarini boshqara olish qobiliyatini mavjudligini ta’kidlagan.
Xolt bixevioristlar faoliyatiga o’zining katta ta’sirini o’tkazadi va Tolmen asosiga qo’shilgan neobixevioristlar ta’limotiga xissa qo’shdi. Yutsonning o’quvchisi bo’lish Karl Leshli taolimotini o’qub o’rganish bo’yicha CHikagoning-Govay universitetida o’z labaratoriyasida ish olib bordi.
Leshili miya mexanizimlarini o’rganish bo’yicha uning xatti harakat va xulq atvorlari ushbu sxemadan iborat.
Xayvonda qandaydir bir vaqt paydo bo’ladi va bundan keyin miyaning bo’limlari bo’yicha qismlarga bo’linadi.
Uotsonning sistemasi 30 yillarda endilikda bixevioristik oqim bo’yicha yagona emas edi. Bixevioristik programmaning birinchi ko’rinishga e’tibor beradigan bo’lsak uning kotegorial yadrosi uncha ahamiyatga molik emac edi. Bu xolat obraz va metivni reaktsiya tomonidan yoritib bera olmadi.
Bixeveorizm programmasiga yangi obraz, motav psixottsial musabatlar tushunchasining kiritilsin. Bu programmaga yangiliklar kiritdi va yangi variantga geobijvizrizimga olib keladi. Lekin bu soxada ish olib borgan.
O.Torindayk, Uotson, Leshli, Idvin, Xollarning ishlari ham bixevioristik oqimlar qaysidir tomonlardan siljishlarga, keyingi tadqiqotlarda turtki bo’lib yordam beradi.
SHundan so’ng jo’jalar ustida ish olib borishga ahd qilib Djemsning podvalida ish olib borish eksperemental zoopsixologiya kafedrasini barpo etdi. Xayvonlar ustida olib borilgan ishlar (Kolumbiya universitetida) shunday xulosa va faktlarga erishdik, bunda 1898 yilda "Eksperemental tadqiqotlarda xayvonlardagi assotsiativ jarayonlar". Torindayk ishlarida ham "intelekt asootsiativ jarayonlar terminlari ishlatiladiki, ular endilikda yangi-yangi ma’nolarni kasb etadi. Unda assotsiatsiya so’zi ideallar yoki harakatlar o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntirmay balki, harakatlar va situatsiyalar o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntiradi. Trondayk o’z kontsentsiyalarini ishlab chiqa boshladi. U refleks xaqidagi an’anviy qarashlarni inkor qildi va Doj yo’lidan bormadi. Trondaykning ishlari psixologiya uchun boshlovchilik vazifasini bajarar edi. Agar yangi psixologiya uchun qonun-qoidalarni ochib bermaganda edi. Bu oqimni teoretik lideri Djon Braodus Uotson bo’ldi. U CHikago universitetida o’qidi, uning psixologiya bo’yicha o’qituvchisi Endjel edi. Aynan Endjell maktabida o’rganilmagan aynan muammolar bixeviorizm o’tdi. Endjell eksperemental psixologiya bilan shug’ullandi, lekin ularning sinaluvchilari odamlar emas balki xayvonlar edi. U bir qancha vaqt Gobert bilan ish olib bordi. Ular birgalikda xayvonlarni nimaga qodir ekanliklarini asosini aniqlaydi. SHundan so’ng u Pavlov sistemasini o’z eksperemental programmasi asosiga qo’ydi.
Stimul-reaktsiya bu bixeveiorizmning shiori edi. Qaysiki Uotsonning «psixologiya ko’rinishi bikevriarist bilan» nomli statiyasida yoritib berilgandir. Statiya 1913 yilda e’lon qilingan edi. Bixeveiorizmning programmasi aniq ifoda etilgan bo’lib predmeti psixologiya etib xulq-atvor va xati harakatlar olingan edi.
Bixeviorizm formulasi aniq va bir ma’noli ya’ni, «stimul - reaktsiya» S – R dir. By yerda Bixevior inglizchadan olingan bo’lib, tarjima qilinganda xulq – avtvor ma’nosini bildiradi. Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir, degan g’oyani ilgari suruvchi va himoya qiluvchi oqimdir. Bixeviorizm ongning inson xulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o’rganishni, tekshirishni inkor qiladi. Bu oqimni asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1871-1949) va E.Torndayk (1871-1949), keginchalik bular qatoriga K.Leshli (1890-1958), A.Veys (1874-1931) va boshqalar kelib qo’shildilar. Bixevioristlar psixika, ong, sezgi, idrok, iroda, hayol va shu kabi tushunchalarni psixologiya fanidan uloqtirib tashladilar. Ularni nuqtai nazariga ko’ra go’yoki bu tushunchalardan inson anglagan holda foydalanishi mumkin emas emish. Organizmda bo’lib o’tadigan va uni stimul hamda reaktsiyasi o’rtasidagi psixologik jamlanmasi kun davomida o’zgaradi. Bunday yondoshish esa falsafaning pozitivizmining davomidir-ki, ilmiy dalil o’zining o’rtacha kuzatuvchanligi bilan bunga ishontiriladi. O’z navbatida falsafani pozitivizmga ozgina izoh berib o’tamiz. Falsafada POZITIVIZM XIX asrning 30 chi yilarida vujudga kelgan pozitiv(ijobiy, aniq) fanlar birdan-bir haqiqiy bilimlarni e’tirof etuvchi idealistik oqim. Falsafada pozitivizm o’zini «eng umumiy bilim» (O.Kont, G.Spenser) deb da’vo qiladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida esa pozitivizm o’zini «aniq fanlarni bilish nazariyasi» deb e’lon qilgan. Pozitivizm asosiy gnesologik yo’nalishi - inson bilishi sub’ektning ruhiy holatlari «hodisalari» bilan cheklanadi deb tushunuvchi sub’ektiv idealistik e’tiqodga asoslanuvchi agnostinizmdir. Yana bixeviorizmga qaytsak. SHunday qilib uning nazariy holatidan qat’iy nazar tashqi stimul qanday bo’lsa reaktsiya (javob harakati) ham kuzatish uchun ochiqdir. SHuning uchun «stimul - reaktsiya» radikal bixeviorizm bilan kelishgan holda aniq ilm kabi psixologiyani qo’zg’olmaydigan tayanchiga xizmat qiladi.
SHu bilan birga bixevioristlar orasida bu postulatni ishonchliligiga zarba beradigan mashhur psixologiya paydo bo’ldi. Birinchilardan bo’lib xulq formulasi ikkita holatdan emas, balki uchta a’zodan iboratligiga qo’shilgan amerikalik Edvard Tolmendir va bu quyidagi ko’rinishdagi obrazga egadir: stimul(mustaqil o’zgaruvchanlik) – oraliq o’zgaruvchanlik – mustaqil bo’lmagan o’zgaruvchanlik (reaktsiya).
O’rta qator (oraliq o’zgaruvchanlik) – ruhiy daqiqalarni to’g’ridan kuzatib bo’lmaydigan qandaydir, bir o’ziga hoslikdir: kutish, ustanovka(ichki yo’nalganlik), bilim.
Bixevioristik an’analarni izidan borib, Tolmen labirintdan chiqish yo’laklarini izlashga harakat qilgan kalamushlar ustida tajribalar o’tkazdi. Bu tajribalar, eksperiment olib boruvchini qattiq nazoratiga tayangan holda va hayvonlarni xulqini ob’ektiv tekshirishda, bunday xulqni ularga o’sha daqiqadagi ta’sir qiluvchi stimullar emas balki, alohida ichki regulyatorlar(boshqarib turuvchilar) boshqaradi degan asosiy hulosaga olib keldi. Xulq o’zining turiga ko’ra kutish, faraz, anglangan (kognitiv-bilish bilan bog’liq qism) «karta» haqida ogohlantiradi. Bu kartalarni hayvonlar o’zlari quradilar va o’z navbatida ular labirintda shundan orientir (mo’ljal) oladilar. SHu tufayli ular kelajakda labirintga qo’yib yuborilsa, «nima nimaga olib kelishi»ni biladilar. Ruhiy obrazlar faoliyatni boshqarishga xizmat qilishini geshtalьt-nazariyachilar tomonidan topilganligi ma’lum. Uni darslarini o’rganib Tolmen kognitiv bixeviorizm deb atalgan shaxsiy nazariyasini yaratgan. Bunda bixeviorizm formulasi o’zgartirilib S – S tarzida qo’llaniladi. Halq kognetiv nazariyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qator tushunchalar ishlatila boshlangan, jumladan, «bilish rejasi», «bilishga moyillik», «ahamiyat», «maqsad», «tayyorgarlik», «bilish strukturasi», «kutilgan natija», «mahsul» va boshqalar. Sanab o’tilgan barcha tushunchalar xulq psixologiyasiga to’la-to’kis bo’ysundirilgan.
Uotson idealarining rezanansi juda yuqori edi. U 1915 yilda 35 yoshda Amerika psixologik asotsiatsiyasini boshlig’i etib tayinlandi. Uotson birinchi jaxon urushidan keyin ham o’z ishi faoliyatini davom ettirib psixologik eksperemental ishlarni davom ettiradi.
Endi u oq kalamushlar ustida emas balki inson bilan bog’liq ishlarni olib bordi. U xis tuyg’u, imuttsiya soxasini o’rganishga kirishdi. 20 yillarning boshlariga kelib Uotson oilaviy xayot sharoiti tufayli ilmiy psixologik ishlarni tashlashga majbur bo’ldi.
Lekin bir qancha vaqtlar Uotson «bixeorizm» kitobi bo’yicha ommabop lektsiyalarni o’qidi, bulim olamida katta qiziqishlarni uyg’otdi. Uotson yoshligida psixologiyani xati harakati va xulq atvorini boshqaruvchi va oldindan ko’ra oluvchi fanga aylantirishni o’ylar edi.
Edvin Xoltning ishlari haqida tarixchi Borun uni yarim filosov yarmi tadqiqotchi deb atagan. Xolt o’zining «ong xaqida tushuncha» kitobida ongni muxri fiziologik jarayonlarini boshqarish qobiliyatini mavjudligini takidlagan. Xoll bixevioristlar faoliyatiga o’zini ta’sirini o’tkazdi, va Tolmen asosiga qushilgan neobxevioristlar ta’limotiga xissa qo’yshdi.
Uotsoning o’quvchisi bo’lmish Kari Leshli krimatlarini o’rganish bo’yicha CHikagoning Gorvat universitetida Iersk labaoratoriyasida ish olib bordi. Leshli miya mexanizmlarini o’rganish bo’yicha uning xati-harakat va xulq atvorlari ushbu sxemadan iborat, xayvonda qandaydir bi navik paydo bo’ladi, va bundan keyin miyaning 30 yillarda endilikda bixeioristik oqim bo’yicha yagona emas edi. Bixevioristik programmaning birinchi ko’rinishiga e’tibor beradigan bo’lsak, uning kategoriyal yadrosi uncha ahamiyatga moyil emas edi. Bu xolat obraz va motivni reaktsiya tomonidan yoritib bera olimaydi.
Bixeviorizm programmasiga yangi obraz, mativ, psixosotsial munosabatlar tushunchasining kiritilishi bu programmaga yangiliklar kiritdi va yangi variantga neobixeorizmga olib keldi.
Lekin bu sohada ish olib borgan O. Trondayk, Uotson, Leshli, Edvin Xoltlarning ishlari ham bixevioristik oqimda qaysidir tomonlardan siljishlarga keyingi tadqiqotlarda turtki bo’lib yordam beradi.
Neobixeviorizmni boshqa varianti Klark Xoll (1884-1952) va uning maktabiga tegishlidir. U «stimul - reaktsiya» formulasiga boshqa o’rta qator, aniq aytadigan bo’lsak – organizm ehtiyoji (ovqatlanishga ehtiyoj, seksual ehtiyoj, tushdagi ehtiyojlar va boshqalar). U xulqda ko’rinmaydigan reaktsiyaning imkoniyatlar energiyasini paydo qiladi. Bu imkoniyatlar yangi kuch yig’ishi natijasida yumshaydi (I.P.Pavlovdan Xoll o’zlashtirgan tushuncha) va oqibatda reaktsiya mustahkamlanadi.
Ortodoksal bixeviorizmga (ortodoksiya-yunoncha to’g’ri fikr) yon bosish maqsadida, har qanday ichki alomatlarni rad qilgan hoda Burxus Skinner (1904-1990) o’rtaga chiqadi. SHartli refleksni u operant reaktsiya (mo’ljal olish reaktsiyasi) deb ataydi.
Pavlovni fikriga ko’ra yangi reaktsiya shartli signalga javobda uni mustahkamlanishida qayta ishlanadi (masalan; qachon ovqat tarqatishdan oldin metronomni taqillashi ovozini tarqalishi va boshqalar). Skinnerni fikriga ko’ra organizm oldin xarakatni o’zlashtiradi, so’ng natijada mustahkamlanadi (yoki mustahkamlanmaydi).
Skinner oq kalamush (oq kabutar) tortishi mumkin bo’lgan eksperimental qutili richag(tortqich)ni (yoki bosiladigan knopka(tugma)) ixtiro qilgan. Uni oldida ovqat va qo’zg’otuvchilar jamlanmasi bo’lgan. Manna shunday oddiy elementlardan Skinner turli ko’plikdagi «mustahkamlanish rejalari»ni tuzgan (masalan; kalamush oldida ikkita richag mavjud bo’lib, ular tanlanish holatidadir: yoki kalamush qachon richagni tortilishi natijasida lampochka yonadi va ovqatni oladi, yoki ma’lum kuch chastotasi ostida ovqat beriladi va boshqalar).
«Operant reaktsiya»sini ishlab chiqish texnikasi bolalarni o’qitishda, ularni tarbiyalashda, nevrotiklarni davolashda Skinnerni izdoshlari tomonidan qabul qilingan.
Ikkinchi jahon urushi yillari vaqtida Skinner samolyotlarga o’q uzishni boshqarish uchun kabutarlardan proekti ustida ishlar edi. Bir safar Skinner qizini ko’rgani qizi o’qiydigan kolledjga borib, arifmetika darsini kuzatgan va psixologiyaga oid ko’rsatmalar juda kam ishlatilayotganidan juda hayratlangan. Va dars berish texnikasini yahshilash maqsadida bilim beruvchi mashinalar seriyalarini yaratgan va dasturlashtirilgan bilim berish kontseptsiyasini ishlab chiqqan. U operant reaktsiyalarga tayangan holda yangi jamoatchilik uchun «tayyorlangan» odamlarni yaratish dasturini ixtiro qiilishga ishongan.
Boshqa bixevioristlar kabi Skinner ishlari, mustahkamlanish roli xulqni o’tish dinamikasi bir shaklidan boshqasiga o’tishida va boshqalarda (bunday ko’nikmalar o’zgarmaydigan motivlarga xizmat qiladi) ko’nikmalarni qayta ishlash bilimlarini umumiy qonuniyatlarini boyitgan. Har qanday xulqni tiklanish qonuniyatini aniq ob’ektiv fandagi taqqoslanishlarini hammasini ochib berish, shu jumladan odamda – barcha bixevioristlarni xarakatini eng buyuk vazifasi bo’lgan. Bixevioristlarga dushmanlari shunday «Odam yoki robot?» - deb savol berganlar. Ular, aniq alomatli analiz doirasidan odamni ichki ruhiy hayotini chetlashtirilsa, shaxs mashina obrazidagi ishlaydigan qurilma kabidir deb traktovka qilib odilona ko’rsatib beradilar bixevioristlar. Organizm reaktsiyasini qattiq ob’ektiv analizi qimmat boho manbaaga yetgan. Xulqni ichki boshqaruvchisi kabi bilish jarayoni chetlashtirilgan. Munosabatni aniqligi psixologiyaga yangi ma’no berishida, fizikaga bo’sh kelmaydigan bixevioristlar «stimul – reaktsiya» formulasiga tayangan holda odamlarni yangi avlodini yaratish mumkinligiga ishonganlar. Bu rejani utopiyaligini skinnerchilar kontseptsiyalarida uchratish mumkin. Hatto hayvonlarga ishlatilsa ham, Skinner, uning o’rtoqlari kuzatganidek operant reaktsiyadan tashqari xech narsa qolmaydigan «bo’sh organizm» bilan ish olib borganlar. Bu yerda ahir nerv sistemasini faoliyatida ham, ruhiy funktsiyalarda ham, skinnerchilar uchun joy yo’q edi. Bularning barchasi kun tartibida va rivojlanish muammosidan olingan. Va ba’zi ko’nikmalardan boshqalari kelib chiqishidan paydo bo’ladi. Hayotni yuqori katta qavatini o’rganilgan va yangi ochilgan ko’rinishi, psixologiyaning predmetli oblastidan kelib chiqadi.

Download 26,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish