13-mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy logistik texnologiyalarning zaruriy shartlari



Download 43,48 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi43,48 Kb.
#594564
  1   2   3
Bog'liq
13-mavzu


13-mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy logistik texnologiyalarning zaruriy shartlari
Logistik texnologiyalar o’zining tejamkorligi va kam xarajatligi bilan ahamiyatga ega va bu iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yanada dolzarblik kasb etadi. CHunki iqtisodiyotda resurslarning cheklanganlik sharoitida ishlab chiqarish samaradorligiga erishish har qanday korxonaning raqobatbardoshlikda o’ta barqaror bo’lishi hamda bozorda o’z o’rnini yo’qotmasligiga aynan Shunday texnologiyalardan samarali foydalanishi sabab bo’ladi.
Logistika tarixidagi barcha logistik texnologiyalar va metodlar o’zining samarasini ko’rsatgan va bu albatta uni qo’llayotgan korxonalarning ishlash tamoyillariga ham bog’liq bo’lgan.
1980-yillar oxiridan boshlab ko’pgina G’arbiy ishlab chiqarish firmalarida Lean production logistika texnologiyasi keng tarqaldi va u tom ma’noda "tejamkor" (berejlivoe) ishlab chiqarish sifatida tarjima qilinishi mumkin.
Bunday texnologiyaning g’oyasi aslida JIT yondaShuvining rivojlanishi bo’lib, KANBAN i MRP II tizimi kabi elementlarni o’z ichiga oladi. Ushbu logistik texnologiyalarning mohiyati quyidagi asosiy komponentlarning ijodiy birlashishidadir:
- yuqori sifat;
- ishlab chiqarish partiyalarining kichik o’lchamdaligi;
- zaxira darajasining kamligi;
- yuqori malakali kadrlar;
- moslaShuvchan uskunalar
Tejamkor ishlab chiqarish - bu Toyota kompaniyasi ishlab chiqarish tizimini g’oyasining interpretatsiya(metodoliya)sidir. Amaliyot Shuni ko’rsatadaki, buyurtma bajarilish vaqtining 95% i bu kutishga sarflanadigan vaqtdar iborat ekan.
Tejamkor ishlab chiqarishning asosiy g’oyasi – bu barcha samarasiz vaqtni aniqlash va uni minimallashtirish, chunki ishlab chiqarishdagi sekinlashgan jarayonlar bularyo’l qo’yib bo’lmaydigan juda qimmat jarayonlarhisoblanadi va muvaffaqiyatga erishish uchun ulardan asta-sekinlik bilan qutulish lozim bo’ladi.
Quyida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasi elementlarini ko’rib chiqamiz.
Kanban tizimi dastlab yapon menejerlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur tizim o’zagini zarur mahsulotni talab etilgan miqdorda va belgilangan muddatda yyetkazib berilishini nazarda tutuvchi “O’z vaqtida” (Just in time) tizimi asoslari tashkil etadi. Ushbu tizim ishlab chiqarishni tezkor boshqarishga xizmat qilgan holda, o’z tarkibiga nafaqat maxsus kartochkalarni, balki transport vositalarini, texnologik va operatsion xaritalarni ham kiritadi. Ortiqcha mahsulotlarning yuzaga kelishi, belgilangan muddatdan avval ishlab chiqarish, yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’l qo’yilishi, transportda tashish faoliyatini oqilona tarzda tashkil etilmaganligi, ortiqcha zahiralarni saqlanishi kabilar ushbu metoddagi yo’qotishlar hisoblanadi.
Aniq belgilangan hajmdagi mahsulotni bir maromda ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun zarur miqdordagi xom-ashyo va materiallarni, butlovchi qismlarni hamda uzellarni korxonaning barcha ishlab chiqarish uchastkalariga, jumladan, yakuniy yig’ish liniyalariga, grafikga qat’iy rioya etgan holda yyetkazib berilishidan iborat faoliyat kanban tizimining mohiyatini tashkil etadi. Plastik konvertdagi maxsus kartochka shaklidagi yorliq ma’lum bir miqdor va turdagi mahsulotlarni yyetkazib berish to’g’risidagi buyruqni etkazish uchun xizmat qilib, signal vazifasini bajaradi. Ushbu holatda saralash hamda ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkalaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasida avvalgi uchastkada tayyorlanishi zarur bo’lgan detallar miqdori aks ettiriladi. Bir vaqtning o’zida saralash kartochkasida avvalgi uchastkada qayta ishlov berilishi uchun saralanishi zarur bo’lgan detallar miqdori aksettiriladi.
Zavod ichidagi hamda mol yyetkazib beruvchi korxonlar o’rtasidagi faoliyatda ham mazkur kartochkalar aylanmasi bir xil tarzda tashkil etiladi. Qayd etilgan kartochkalar zaruriy detallar miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettirish orqali ishlab chiqarishni «Aniq o’z vaqtida” (Just in time) tizimi bo’yicha amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Kanban tizimi har bir ishlab chiqarish bosqichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini tezkor tartibga keltirilishini ta’minlovchi axborot tizimi hisoblanadi

Download 43,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish