13-mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy logistik texnologiyalarning zaruriy shartlari


Ishlab chiqarish siklini qisqartirish metodlari



Download 43,48 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi43,48 Kb.
#594564
1   2   3
Bog'liq
13-mavzu

Ishlab chiqarish siklini qisqartirish metodlari.
1. Konveyr prinsipi: ushbu prinsipga ko’ra, har bir uchastkadagi operatsion vaqt hamda muvofiq ravishda uchastkalar o’rtasidagi Yuk tashish vaqtining mosligini ta’minlash maqsadida jami ishlab chiqarish jarayoni uchastkalarga bo’linadi. Bir birlik operatsion vaqt mobaynida 1 ta yoki ma’lum bir partiya tayyor mahsulot qabul qilinadi.
2. Bir vaqtning o’zida bir necha kasbda ishlash prinsipi: mazkur prinsipga ko’ra, 1 ta ishchi 16 ta dastgohga xizmat ko’rsatadi. Ushbu xolatda 1-dastgohga xizmat ko’rsatishdan boshlab (eng uzoq muddatli operatsiya) 16-dastgohgacha xizmat ko’rsatiladi. 16- dastgoh ishga tushirilib bo’lingandan keyin 1-dastgohga qaytiladi. Shundan so’ng opersiya yakuniga etgan hisoblanadi. Har bir dastgohda turli tayyorgarlik darajasidagi yarim mahsulotlar (zagotovkalar) mavjud bo’ladi.
3. Operatsiyalar orasidagi tanaffuslar prinsipi: avvalgi bosqichdan mahsulotni kelib tushishini kutish jarayonlarini qisqartirish ushbu prinsipning mohiyatini tashkil etadi.
Qayta sozlash vaqtini qisqartirish metodlari:
1. Qayta sozlashlar jarayonlarini ikki qismga, ya’ni uskunalarni to’xtatib qo’yishni talab etadigan “ichki” hamda “tashqi” sozlash turlariga ajratish. Uskunalar to’xtatib qo’yilganda “tashqi” sozlash jarayonlari amalga oshirilmaydi.
2. Katta miqdorda “ichki” sozlash unsurlari “tashqi” sozlash tarkibiga kiritiladi.
3. Tartibga solishni (regulirovka) istisno etish.
4. Qayta sozlashni mutlaqo istisno etish. Mazkur prinsipda yaxlit bir shaklga keltirilgan detallardan foydalaniladi yoki ushbu detallar bir uskunada bir vaqtning o’zida turli xodimlar tomonidan tayyorlanadi. Ushbu metodda uskunalarning joylashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Operatsiyalarni me’yorlashtirish metodi.
Jarayonda band xodimlarning sonini qisqartirish ushbu metodning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
1. Ish jarayonlarini jadallashtirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
2. Barcha ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirilishini o’zaro moslash-sinxronlash.
3. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini minimal darajaga etkazish (signal chiroqlari hamda ishchilarni ko’chirish prinsiplari).
Me’yorlashtirish metodining asosiy bosqichlari:
1. Oqim xarakati maromi belgilanadi. Mahsulot birligi ishlab chiqarilishi uchun sarflanishi zarur bo’lgan vaqtning ma’lum bir bo’lagi -xarakat maromi hisoblandi. Mazkur ko’rsatkich smena davomida uskunadan foydalanish uchun haqiqatda sarflangan vaqtning ishlab chiqarilgan mahsulotlar soniga nisbati bo’lib hisoblanadi.
2. Mahsulot birligini tayyorlash vaqtining me’yori mavjud me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan xolda belgilanadi (operatsion vaqt).
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish xaritasi tuziladi. (jadvalda aks ettirilgan). Oqim xarakati maromi doirasida har bir ishchi bajarishi zarur bo’lgan operatsiyalar ketma-ketligi mehnat jarayonining xaritasi bo’lib hisoblanadi. Ushbu xarita dastgohdagi detallarni olib qo’yish hamda o’rnatish va ularga ishlov berish bo’yicha xarakatlar ketma-ketligini yoki tartibini belgilaydi. Shu bilan birga, mazkur xarita ko’p qirralik (universal) ishchi-xodim o’z faoliyatida foydalanishi uchun oqim xarakati maromi oraliq vaqtlarida turli dasgohlarda amalga oshirilgan operatsiyalar tartibi to’g’risida qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
4. Chiziqli tartibda saqlab qo’yilgan zahira (zadel) me’yori belgilanadi. Ishlab chiqarish liniyasida mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishning zaruriy minimal hajmi qayd etilgan zahiraning texnik me’yori bo’lib hisoblanadi. Mazkur ko’rsatkich operatsiyalar aro aylanma zahiralar tarkibida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish liniyalarini uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlaydigan mahsulotlar soni bilan belgilanadi.
5. Operatsion xarita tuziladi.
Operatsion xarita har bir ishlab chiqarish uchastkasi ishchisi ko’rishi oson bo’lgan joyga o’rnatiladi.
Mazkur xarita quyidagi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot vositasini o’zida aks ettiradi:
- har bir ishchi mehnat jarayoni grafigiga rioya etishida qo’llanma vazifasini o’tash;
- ishchi tomonidan operatsiyalarni texnologik ketma-ketligini belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlashda ustaga yordam vazifasini o’tash;
- uchastka ustalarining kasbiy mahoratini korxona ma’muriyati xodimlari tomonidan baholash imkoniyatini yuzaga keltiradi.



Download 43,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish