14-mavzu: Milliy g’оya vа mа’nаviyatgа оid fаnlаrni o’qitishdа оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridаn fоydаlаnish Reja



Download 302,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi302,46 Kb.
#698605
  1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу (1)



14-mavzu: 
Milliy g’оya vа mа’nаviyatgа оid fаnlаrni o’qitishdа оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridаn fоydаlаnish
 
Reja: 
1.
Ommaviy axborot vositalari va ularning turlari. 
2.
Talaba yoshlar g‘oyaviy dunyoqarashini o‘stirishda ommaviy axborot
vositalarining o‘rni. 
3.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitushda ommaviy axborot
vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Birinchi masalaning bayoni: 
Milliy g‘oya aholining keng qamlami orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarni 
takomilida shubhasiz ommaviy axborot vositalari (OAV) yetakchi o‘rinni egallaydi. Xuquqiy demokratik jamiyat 
qurishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli benihoya katta. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda faoliyat 
ko‘rsatgan ommaviy axborot vositalari o‘z milliy zamindan uzilgan edi. U o‘zbek xalqiga, O‘zbekistonga xizmat 
qilmas edi. Ommaviy axborot sho‘rolar zamirida kommunistik mafkura dastyori sifatida mehnatkashlar ommasi 
ongi va dunyoqarashida tobelik, qaramlik va qullik g‘oyalarini targ‘ib qilar edi. O‘zbekiston o‘z milliy 
mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida bo‘lgani singari ommaviy axborot 
vositalari oldiga tub sifat o‘zgarishlar davri boshlandi. U o‘zining milliy zaminiga ega bo‘ldi. Mamlakat ijtimoiy 
siyosiy hayotida ro‘y bergan tub sifat o‘zgarishlari ommaviy axborot vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni 
qo‘ydi. U ham bo‘lsa, mamlakat fuqarolari o‘rtasida keng qamrovli milliy g‘oyalarini targ‘ibot qilish asosida ularni 
kelajagi buyuk O‘zbekistonni yaratishdek, shuningdek, uni doimo himoya qilishdek, davlat oldida fuqarolarni 
ma’suliyatini oshirishdek ishlarga ommaviy safarbar etishdan iborat edi. Bu ulug‘vor va oliyjanob vazifalarni 
amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalarining xuquqiy asoslari yaratish talab qilinar edi. Shu bois, 
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining mustaqil respublika mezonlariga javob bera oladigan yuridik 
maqomlarini belgilab beruvchi xujjatlar majmuasi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67-
moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va to‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to‘g‘riligi 
uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.”
1
Bugun jamiyatimizning ommaviy axborot 
vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardagi yetakchi o‘rinni egallashini 
hisobga olgan holda, bugun OAVi hatto “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda erkin 
faoliyatga asoslangan OAV shakllantirildi va uning faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida avvalo, 
xuquqiy kafolatlarni yaratishga kirishildi. 1997 yilda qabul qilingan “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish 
to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to‘g‘risida”gi qonunlar yuqoridagi fikrimizning amaliy tasdig‘idir. 1999 yil O‘zbekiston jahon tillari universitetida 
Xalqaro jurnalistika fakultetining tashkil etilishi o‘zbek jurnalistikasi tarixida muhim voqea hisoblanadi. 
Matbuot milliy istiqlol uchun jamiyatni demokratlashtirish va kelajgi buyuk O‘zbekistonni taraqqiy 
etishining, milliy g‘oya va milliy manfaatlar tashviqotining o‘tkir quroli ekanligi isbot talab qilmaydigan xaqiqatdir.
Bugun biz nafaqat jamiyat, balki hech birimizning hayotimizni OAVsiz tasavvur ham qila olmaydigan 
darajaga yetdik. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Demokratik 
jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy 
hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy 
axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini 
erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini yaxshi tasavvur etamiz”. 
Ommaviy kommunikatsiyalar keng quloch yozgan bir paytda taqdim etilayotgan xabarlarni qabul qilish, 
to‘g‘ri baholash, uning tezligi, aniqligi, xolisligi va haqqoniyligini tahlil qila olish ko‘nikmalariga ehtiyoj ham 
kuchayib boraveradi. Zero, bunday malaka yetishmagan joyda tushunmovchilik, ziddiyatlarning kelib chiqishi 
turgan gap. 
Ommaviy axborot vositalarining jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqidagi bahs-munozaralar hamon davom 
etib kelayapti. Bu esa mediaindustriya va uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti yo‘naltirilgan omma o‘rtasida 
ma’lum bir ziddiyat borligidan dalolat beradi. Zero, mediabiznesning muvafaqqiyati shu mahsulotning xolisligi, 
haqqoniyligi asosiga tiklanadi. Fikri-yodi passiv va boshqarish oson bo‘lgan auditoriya e’tiborini qozonish bilan 
band bo‘lib qolib, ko‘pchilik zamonaviy mediatashkilotlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarida yuzaga 
kelgan muammolarni bartaraf etishning boshqa, samarali yo‘llarini izlashga xafsalasizlik qilayaptilar. Bu esa 
OAVning obro‘-e’tibori, kelgusidagi faoliyatiga jiddiy putur yetkazishi turgan gap. 
Bunday paytda kommunikatsiyalar marketingining samarali quroli vazifasini OAVning mediata’lim 
faoliyati ado eta oladi. U turli auditoriyalar bilan faol ishlashning har xil usul va shakllarini qo‘llash orqali ishlab 
chiqarishning an’anaviy menedjmenti ish qurollari bilan uyg‘unlashib ketadi va OAV ijtimoiy aloqalari usullaridan 
biriga aylanadi. 
Shunisi 
e’tiborga sazovorki, mediata’lim texnologiyalariga mahorat bilan yondashilganda, 
mediakorxonaning obro‘si, iqtisodiy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda aholining 
mediasavodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi. Va bu ham oxir-oqibat iqtisodiy yuksalishga olib keladi. 
Ijtimoiy faol mediakompaniyalarning shu taxlit mediata’lim amaliyotlariga ijtimoiy piarning bir ko‘rinishi 
deb ham, jurnalistikaning o‘quvchi, tomoshabin, tinglovchi mediasavodxonligi darajasini ko‘tarishga qaratilgan 
vazifasi deb ham baho berish mumkin. 
Piarning mumtoz nazariyalaridan birida shunday deyiladi: 
1
Ўзбекистон Республикаси конституцияси. Т.: “Ўзбекистон”., 2008. Б.4 


Jamoatchilik bilan aloqalar - boshqaruvning alohida vazifasi bo‘lib, u: 

tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida munosabatlar bardavomligini 

ta’minlash, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda vositachilik qiladi; 

tashkilot rahbariyatining jamoatchilik fikridan xabardor bo‘lib turishi va vaqtida munosabat bildirishiga 
ko‘maklashadi; 

rahbariyatga har qanday o‘zgarishlarga tayyor turish va ulardan imkon qadar samarali foydalanishga 
yordam beradi; 

jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilishdek asosiy vazifani aniqlaydi va e’tiborni shunga qaratadi; 

muomala- munosabatlarning axloqiy meyorlariga amal qilingan tadqiqot va kashfiyotlardan faoliyatining 
asosiy vositasi sifatida foydalanadi. 
OAV mediata’lim texnologiyalari jamoatchilik bilan aloqalar kabi mediamakon subektlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, informatsion shaffoflik va ishonch o‘rnatishga xizmat qiladi. 
Mediata’lim nuqtai nazaridan jurnalistlar va auditoriyalarning o‘zaro ta’sir shakllarining hammasini
ikki kategoriyaga: o‘zaro ta’sirning bilvosita va bevosita turlariga ajratish mumkin. 
OAVda fuqarolik jamiyati vakillarining tashabbusi bilan asarlar va ta’lim dasturlarining nashr 
qilinishi, muharririyatning auditoriya bilan aloqasini qo‘llab- quvvatlash maqsadida ma’lumot yig‘ish, baholash va 
tekshirish bo‘yicha jurnalistlarning tahririyat doirasidagi faoliyatlari haqida tushuntirishlar beradigan bo‘lim va 
ruknlar tashkil qilish va hokazolar o‘zaro ta’sirning bilvosita turiga kiradi. Bular vaqtli matbuotda chiqadigan 
maqola, ruknlar, maxsus sonlar, nashrlar, teledastur va radioeshittirishlar, sayt, blog va elektron sahifalardagi sharh 
va tahliliy materiallardan iborat bo‘lib, ulardan jurnalistika va mediata’lim muammolari xususida ma’lumot olish, 
mediatanqid masalalari, shuningdek, zamonaviy OAV taraqqiyoti imkoniyatlari xususidagi mulohaza, 
munozaralarni kuzatish mumkin. 

Download 302,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish