14-mavzu: Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish. Nutq texnikasi Reja



Download 422,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana22.06.2022
Hajmi422,95 Kb.
#692049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14-ma'ruza (1)

o‘quvchilarning nutq madaniyati
o‘qituvchilarning nutq madaniyati, sahna nutqi madaniyati, lektor nutqi 
madaniyati, radio nutqi madaniyati, televidenie nutqi madaniyati, 
umuman 
keng ma’noda 
og‘zaki nutq madaniyati 
haqida ham gap yuritish asoslidir. Ammo 
keltirilgan nutq turlarining asosiy lisoniy xususiyatlari, ular amal qiluvchi adabiy 
me’yorlar bu nutqlarda yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi nuqsonlarning ob’ektiv va 
sub’ektiv sabablari o‘zbek tilshunosligida deyarli o‘rganilgan emas. Tanqidiy 
ruhda yozilgan ba’zi maqolalarda adabiy talaffuzni buzish bilan aloqador ba’zi 
kamchiliklar tanqid qilinadi, ammo bu nuqsonlarni tuzatishning samarali ilmiy va 
amaliy yo‘llari etarli ravishda ko‘rsatib berilmaydi. 
Nutq madaniyati jamiyat a’zosining kundalik salomlashishidan boshlab, 
kimga, qachon, qaerda va qanday muomalada bo‘lishigacha bo‘lgan barcha nutqiy 
jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jamiyat a’zolari tabiiy holda ona tilidan 
foydalana olish ko‘nikmasiga ega. Ular til qonuniyatlarini yoshligidan egallaydi, 
kundalik hayotda odamlar bilan u yoki bu darajada muomala-munosabatda bo‘ladi. 
Nutq madaniyati sohasi mana shunday nutqning adabiy tilda bo‘lishi uchun 
kurashadi. SHunga ko‘ra nutq madaniyati sohasi jamiyat a’zolariga adabiy til 
me’yorlarida so‘zlashish, fikrlasha olish uchun yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, 
ko‘rsatmalar beradi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, jamiyat a’zolari 
adabiy til me’yorlarini bilmasa, ular nutqiy muomalada bo‘la olmaydi, deyish ham 


noto‘g‘ridir. Masalan, kundalik hayotda adabiy til me’yorlarini yaxshi 
o‘rganmagan yoxud unga amal qilmagan shaxslar ham muomala-munosabat 
borasida u yoki bu darajada ishtirok etishi tabiiy hol, albatta. 
Jamiyat a’zolarining o‘zaro fikr almashinuv jarayonida tildan foydalanishi 
va foydalana olish qobiliyati o‘zining ma’lum qonuniyatiga ega. Bundagi bir 
umumiy holat shundan iboratki, har bir kishi ham o‘z ona tili yoki o‘zi egallagan 
boshqa biror tildan ehtiyojiga yarasha foydalanish ko‘nikmasiga egadir. Ushbu 
ko‘nikma ko‘p zamonlar davomida avloddan- avlodga o‘tib keluvchi insoniy 
mushohada va tafakkur an’analarining har bir shaxsda takrorlanuvchi intellektual 
xususiyatga tayanadi. Bunday qobiliyat shaxsning o‘zi gapirayotgan til yoki til 
shaklining me’yoriy tizimini egallaganligi, uni ijodiy idrok eta olishi bilan 
bog‘langandir. SHaxsning o‘zi egallagan tilni qay darajada bilishi shu shaxsning 
o‘z faoliyati, intilishi, hayotiy tajribasi hamda hayotiy ehtiyojiga bog‘liq bo‘lgan 
masaladir. 
Demak, odamning yoshlikdan ma’lum bir tilda so‘zlay olishi tabiiy, shaxsiy 
va ob’ektiv qobiliyatdir. SHu tufayli ham nutq madaniyati sohasi kishilarni, 
umuman, so‘zlashga ma’lum til vositasida fikr almashishga o‘rgatish vazifasini 
ko‘zda tutmaydi. CHunki qayd etilganidek, insonning o‘z ona tilida so‘zlay olish 
qobiliyati avvaldan bor bo‘lgan tabiiy holatdir. SHunday ekan, nutq madaniyati 
sohasining maqsadi nima? Bu soha, umuman, ona tilida emas, balki jamiyat 
a’zolarini ona tilining maxsus shaklida gapira olishni o‘rgatishni ko‘zda tutadi. 
Tilning bunday shakli ma’lum bir milliy tilda gaplashuvchi ijtimoiy guruhlarning 
barchasi uchun mushtarak bo‘lgan til - adabiy tildir. SHu tufayli nutq madaniyati 
uchun kurash bu kishilarning o‘zaro har qanday fikr almashishini 
madaniylashtirish uchun kurash emas, balki butun millat a’zolari uchun yagona 
bo‘lgan adabiy tilda to‘g‘ri fikr almashish uchun kurashishdan iboratdir, ya’ni: 
-nutq madaniyati sohasi butun millatni ko‘zda tutib ish olib boradi; 
-nutq madaniyati faqat ziyolilar nutqini yaxshilashni ko‘zda tutadi; 
-nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, yosh avlod nutqini to‘g‘irlashni ko‘zda 
tutib ish ko‘radi. 
-nutq madaniyati tushunchasi adabiy til bilan bog‘liqdir. SHuning uchun adabiy 
tilni egallamagan va unda so‘zlay olmaydigan kishining nutqiy madaniyati haqida 
gapirish ham ortiqchadir; 
-nutq madaniyati sohasi adabiy tilda gapiruvchilar, adabiy tilni egallagan va 
egallayotganlar nutqini, nutqiy faoliyatini ko‘zda tutgan holda ish ko‘radi. 
Ammo hozirda adabiy til barchaning so‘zlashuv quroliga aylanayotgan 
bizning jamiyatimizda ham aholining ko‘pchilik qismi mahalliy lahja va 
shevalarda yoki adabiy til bilan o‘z shevalarining qandaydir qorishmasidan iborat 
bo‘lgan bir tilda so‘zlashmoqdalar. O‘zbek millatiga mansub kishilar kundalik 
faoliyatlarida o‘zbek adabiy tilidan qay darajada foydalanayotganiga ko‘ra, 
quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1.
O‘zbek adabiy tilida gapira oluvchi va yoza oluvchi kishilar guruhi. 
2.
O‘zbek adabiy tilida yoza oluvchi, ammo og‘zaki nutqida adabiy til 
me’yorlariga to‘liq amal eta olmaydigan kishilar guruhi. 
3.
Rasmiy doiralarda adabiy tilda so‘zlay olmaydigan, ammo oddiy 


so‘zlashuvda, ayniqsa, oilada shevasida va sheva bilan adabiy tilning 
aralashmasidan iborat bir tilda gapiruvchi shaxslar guruhi. 
4.
Mahalliy shevaning kuchli ta’siri sezilib turadigan nutq egasi bo‘lmish 
kishilar guruhi. 
5.
Mahalliy shevani, kuchsiz ta’siri sezilib turadigan tilda so‘zlaydigan 
kishilar guruhi. 
6.
Adabiy tilni o‘z mahalliy shevasida gapiradigan kishilar guruhi. 
O‘zbekiston aholisi nutqining keltirilgan ko‘rinishlari og‘zaki nutq 
madaniyatini barchadan bir xilda talab etib bo‘lmasligiga yorqin dalildir. 
Kishilarning “adabiy tilni bilmasligi” tushunchasi nisbiy hodisa bo‘lib, ya’ni adabiy 
tilni tamoman tushunmaydi ma’nosida emas, balki ular adabiy tildan to‘la ma’noda 
foydalanmaydi, bu tilda gapirishga va yozishga tamoman odatlanmagan degan 
ma’noda tushunish lozim. Ammo shunday bo‘lganda ham keltirilgan oltinchi guruh 
kishilarining mavjudligi, hattoki ularning o‘zbek aholisining ko‘pchilik qismini 
tashkil etishi nutq madaniyati talablarini butun o‘zbek millati doirasiga qo‘yish 
mumkin emasligini ko‘rsatib turibdi. Bunga sabab, o‘zbek aholisining ma’lum qismi 
hali adabiy tilda gaplashishga o‘tmagan va bunday nutqiy faoliyatga hali to‘lig‘icha 
ko‘nikmagan. 
Mana shu kabi sabablar tufayli bo‘lsa kerak, nutq madaniyati sohasining ish 
tutish doirasini (nutq madaniyati haqidagi gap ketganida kimlarni ko‘zda tutish 
lozimligini) belgilash fanda mulohazalidir. CHunonchi, ba’zi tadqiqotchilar nutq 
madaniyati, asosan, o‘qimishli kishilarni ko‘zda tutib ish ko‘radi, degan fikrni 
oldinga suradilar: “O‘zbek adabiy tilidan foydalanib ish olib boradigan va nutq 
madaniyatlari yuqori bo‘lishi shart deb hisoblanuvchi kishilar deganda, birinchi 
navbatda, olimlar, matbuot xodimlari, adiblar, shoirlar, artistlar, davlat arboblari, 
idora va tashkilot xizmatchilari, adabiy tilning ommaviy og‘zaki shakli bo‘lgan 
radio, televidenie, kinoning diktor va notiqlari, pedagoglar, tashviqotchilar ko‘zda 
tutiladi.” 
Nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks 
ettiruvchi ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli yozma va 
ayniqsa, og‘zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg‘iz notiqdan 
emas, bilki har bir fuqarodan talab qilinadigan ishdir. 
Nutq madaniyati ma’lum ma’noda har qanday kishilar, odamlar guruhini 
emas, balki ma’lum saviyaga ega adabiy tilni muayyan darajada egallagan 
odamlarni ko‘zda tutgan holda ish ko‘radi. 
Nutq madaniyati haqida qayg‘urish-umumxalq ishidir. Nutq madaniyati 
sohasining to‘liq, ya’ni asosiy va bosh maqsadi barcha xalq ommasining nutqini 
adabiy tarbiyaga olishni ko‘zda tutmog‘i lozim. 
Har qanday holda ham nutq madaniyati - bu avvalo, nutqiy ko‘nikma, nutqiy 
va amaliy jarayon bo‘lib, maxsus mehnat va mashq evaziga, o‘qish va o‘qitish 
orqali erishiladigan qobiliyat, mahoratdir. 
Insonning aloqa quroli bo‘lmish tilni, jumladan, adabiy tilni o‘rganishi va 
egallashi to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi: 



Download 422,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish