14-mavzu: Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish. Nutq texnikasi Reja



Download 422,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana22.06.2022
Hajmi422,95 Kb.
#692049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
14-ma'ruza (1)

SHe’rlarni turli templarda, ya’ni sekin, o‘rta va tez o‘qib ko‘rib, 
ularning qay biri muvofiq kelishini bilib olish zarur bo‘ladi. SHe’rni aytish yoki 
biror bir hikoyani so‘zlab berish jarayonida ovozga zo‘r berish yaramaydi. 
Matnlarni 
ovoz 
chiqarib 
o‘qish 
o‘qituvchining 
fikrlash 
qobiliyatini 
shakllantirishga katta yordam beradi. Bu mashqni har kuni bajarish kerak va 
o‘qiyotganda tinglovchilarni ko‘z oldiga keltirib ularning nigohlariga qaragandek 
o‘qish kerak. YAna uyda oila a’zolari va do‘stlariga turli ovozda she’r yoki 
matnlarni gapirib berishi mumkin. Ular o‘zlariga yoqqan ovozni tanlab 
beradilar.
Faqat shundagina ovoz yoqimlilik, bosiqlik kabi ifodalilikka ega bo‘lishi 
mumkin. 
Nutq texnikasining yana bir zaruriy elementlaridan biri diksiya sanaladi. 
Diksiya nutq tovushlarini, bo‘g‘inlarni, so‘zlarni aniq talaffuz etishdir. Diksiyaning 
yaxshi bo‘lishi artikulyasion qonun-qoidalarga rioya qilish bilan bog‘liq. Noaniq 
artikulyasiya nutqning aniqligiga putur etkazadi hamda so‘zlovchining gaplarini 
tinglovchilar tushunmasligiga olib keladi. Natijada kommunikativ aloqa yuzaga 
chiqmaydi. SHuning uchun o‘qituvchi diksiyasini yaxshilaydigan mashqlarni 
doimo bajarib yurishi maqsadga muvofiqdir. Hatto dars boshlashdan avval tovush 
birikmalarini (ro, do, zi, mi, gi, ti...) diksiya bilan aytib, tayyorgarlik ko‘rish har bir 
so‘zning to‘g‘ri va aniq aytilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zilar juda tez gapiradi yoki 
aksincha sekin gapiradi. SHunga o‘xshash kamchiliklarni bartaraf etishga yordam 
beradigan mashqlar mavjud. Masalan: 
Labni mahkam juftlab, hushtak chalmoqchi 
bo‘layotgandek, uni oldinga cho‘chchaytirib chapga, o‘ngga, tepaga va pastga 
harakatlantiriladi. Bu holatda tishlar mahkam qisilishi va iyak esa qimirlamasligi 
kerak. 


 
Tishlarni ko‘rsatmagan holda tabassum qilmoqchi bo‘lganday lablar cho‘ziladi. 
Yuqorigi labni ochib, yuqori tishlar ko‘rsatiladi. 
Pastki labni pastga tushirib, pastki tishlar ko‘rsatiladi. 
A tovushini ovozsiz aytiladi, til xuddi esnash paytidagi holatda bo‘ladi

Nutq so‘zlashda nafas olishning ham ahamiyati katta. So‘zlashni boshlashdan 
avval nafas olib olish kerak. Nafas olganda o‘pka havoga to‘ladi, ko‘krak qafasi 
kengayadi, qovurg‘alar ko‘tariladi, diafragma esa pasayadi. O‘pkaga yig‘ilgan 
havo nutq so‘zlangan paytda asta-sekinlik bilan sarflanadi. To‘g‘ri nafas olish, 
to‘xtash, nafas chiqarish ma’lum mashqlar orqali amalga oshiriladi. CHunonchi, 
qomatni tik tutib, bir qo‘lni qorinning ustki qismiga, ikkinchi qo‘lni yonga, ya’ni 
qovurg‘alarning harakatini nazorat qilish uchun beldan yuqoriroq qismiga 
qo‘yiladi. Burun teshiklarini qimirlatmasdan burundan asta-sekinlik bilan nafas 
olinadi. (5 soniya), 2-3 soniya o‘pkada havo ushlanadi, so‘ngra A tovushini 
talaffuz qilganday nafas chiqariladi (4-5 soniya). 1-mashqdagidek nafas olinadi va 
nafas chiqarayotganda 1, 2,3... deb ovoz chiqarib sanaladi. 
3- mashqda matnlarni 
o‘qish orqali nafas olish tekshiriladi. Qaysi o‘rinlarda chuqur nafas chiqarilganligi 
va nafas olinganligini belgilab olish kerak bo‘ladi. Bu kabi mashqlar bilan 
o‘qituvchining diafragmasi mustahkamlanadi va nutqiy nuqsonlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Nutq texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan 
xabardor bo‘lgan ma’qul. Ma’lumki, tovushning fizik-akustik xususiyatlari uning 
balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi kabi sifatlardan tarkib topadi. Og‘zaki 
nutqning yashashini ta’minlaydigan intonatsiyaning prosodik unsurlari bo‘lmish 
nutq melodikasi, nutq ritmi, nutq tempi (tezligi), nutq tembri kabi tushunchalar 
asosida ham mazkur fizik-akustik xususiyatlar yotadi. Ayrim o‘qituvchilar dars 
jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar, 
ba’zi o‘qituvchilar darsda deyarli past ovozda so‘zlaydilar. Bu ikkisi ham noto‘g‘ri. 
O‘qituvchinng nutq texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, 
tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra 
mo‘‘tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. 
Nutqda intonatsiyaning ahamiyati juda katta. Intonatsiya orqali turli 
ma’nolarni ifodalash mumkin. SHuning uchun nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi 
(fraza, takt, bo‘g‘in, ayrim tovushlar)ni puxta egallash zarur. Ularni nutqda to‘g‘ri 
qo‘llash orqali gapning mazmuni aniq anglashiladi. 
Notiq nutqi orqali tinglovchi tafakkuriga, xulqiga ta’sirini o‘tkazadi, 
dunyoqarashini kengaytira oladi. Ayniqsa, ona tili o‘qituvchisining nutqi katta 
ahamiyat kasb etadi, chunki o‘quvchi o‘qituvchisiga taqlid qilish orqali uning 
gapirish uslubini o‘zlashtirib oladi. Bu ma’noda o‘qituvchining nutqi o‘quvchi 
uchun namunadir. Shuning uchun o‘qituvchi nutqi leksik, fonetik, grammatik va 
stilistik me’yorlarning barchasiga rioya qilib gapirishi talab etiladi. O‘qituvchi 
so‘zlayotgan nutqida o‘quvchilarning hissiyotiga ta’sir qilishi va eshitganlarini 
tushunishlariga harakat qilishi kerak. Xabar berilayotgan axborotning nafaqat 
qiziqarli va foydali bo‘lishi, balki tinglovchi, hikoya qilib beruvchi yoki o‘qiyotgan
o‘quvchi uchun tushunarli hamda tarbiyaviy ahamiyati jihatidan qimmatli bo‘lishi 


lozim. Shundagina o‘qigan asarining mazmuni haqida aniq, yorqin va jonli 
ko‘rinish namoyon bo‘ladi. Yana o‘qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri - 
matnlarni xatosiz ifodali o‘qishga hamda ularni ifodali gapirib berish yo‘llarini 
o‘rgatishdan iborat. Ifodali o‘qishni yaxshi egallash uchun nutq texnikasini (ovoz, 
diksiya, nafas olish, intonatsiya) puxta egallash talab qilinadi. Mashhur Rim notig‘i 
Kvintilian aytganidek, notiqlik mahorati tinimsiz mehnat va tirishqoqlikni, turli-
tuman mashqlarni, boy tajribani, aql va yangicha fikrni talab qiladi. Umuman, 
o‘qituvchi o‘zining nutq texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urishi, 
fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lishi, 
kerak bo‘lganda, o‘z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan 
mashqlardan muttasil foydalanib borishi maqsadga muvofiq. 

Download 422,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish