14-mavzu: sanoat mashina va jihozlari to‘G‘risida umumiy ma’lumotlar



Download 71 Kb.
bet6/7
Sana15.02.2023
Hajmi71 Kb.
#911452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu

Molekulyar – mexanik emirilish – bir vaqtning o‘zida mexanik ta’sir natijasida yuzaga keladigan emirilishdir. Tutash detallarning ishqalanish yuzalari tekis bo‘lmasligi, unda bo‘rtib chiqqan zarrachalarning mavjud bo‘lishi mahalliy kontakt (bog‘lanish)ni paydo qiladi. Ana shu mahalliy kontakt paydo bo‘lgan joylarda zo‘riqish ko‘chayib moy pardasi uziladi, detal yuzasining nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanishi sharoitida esa – kuchli qizish sodir bo‘lib moy pardasi shikastlanadi va metall zarrachalarining qotib qolish hodisasi yuzaga keladi. Buning natijasi o‘laroq tutash joylardagi mavjud bog‘liqliklar buzilib qotib qolgan zarrachalar bir – biridan ajralib keta boshlaydi. Bunda bir yuzada chuqurchalar, ikkinchisida esa bo‘rtiqlar paydo bo‘ladi.


Korrozion – mexanik emirilish – material u turgan muhit (havo kislorodi, gaz) bilan kimyoviy aloqaga kirishgan sharoitda ishqalanish natijasida paydo bo‘ladi. Agressiv oksidlovchi muhit ta’siri ostida ishqalanayotgan detallar yuzasida oksidlar pardasi hosil bo‘ladi. Bu parda mexanik ishqalanish natijasida sidirilib, ishqalanayotgan metallning yalang‘ochlangan yuzasi yana oksidlanadi.
14.5. Detallarning yemirilishiga ta’sir etuvchi omillar.
Sanoat mashina va jihozlaridan samarali foydalanish uchun bu mashina va jihozlarni tashkil qiluvchi detallar yuzalarining emirilishi jarayonini va bu jarayonni yuzaga keltiruvchi, unga ta’sir etuvchi omillarni bilish zarur.
Mashina detallari nega emirilyapti, qaysi detallarning qaysi joylari ko‘p emirilyapti, nima qilinsa bu emirilishning oldi olinishi mumkin, emirilgan joylarni tiklash mumkinmi, qanday qilib tiklash mumkin? Bu va shu kabi savollarga javob topmasdan turib mashina va jihozlarni to‘g‘ri ishlatish, ularni zamon talablari darajasida ta’mirlash mushkul. Mashina detallari yuzalarining emirilish jarayoni juda murakkab, chunki u mashinadan foydalanishning konkret sharoitida turlicha uyg‘unlashgan ko‘plab omillarga bog‘liq.
Detallarning emirilishi jadalligiga emirilish turli va yeyilish ortishining xarakterini aniqlovchi har xil omillar ta’mir ko‘rsatadi. Ularni uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:

  • konstruktiv omillar;

  • texnologik omillar;

  • ekspluatatsion omillar.

Yeyilish jadalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi konstruktiv omillar:

  1. Tutash detallarning shakli va o‘lchami – ular ishqalanish yuzasiga ta’sir qiluvi solishtirma bosimni va kontakt xarakterini belgilaydi.

  2. Tutash detallarning boshlang‘ich zazori va o‘tqazilishi (posodka) – ular ishqalanish jarayonida eng kam yeyilishni belgilaydi.

  3. Detal va uzellar konstruksiyasi – ular tutash detallar ishlash jarayonida eng qulay issiqlik rejimini ta’minlaydi.

  4. Ish sharoitiga mos ravishda tutash detallar tayyorlanadigan materiallarni va moylash sistemasini tanlash.

  5. Ta’sir qiluvchi kuchlar kattaligi va xarakteri, detallarning o‘zaro siljish tezligi, ish rejimi va boshqalar.

  6. Texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida ishqalanish uzellari joylashgan erga etish sharoiti va ta’mirlash jarayonida eyilgan, ishdan chiqqan detal va uzellarni tez almashtirish imkoniyati.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillar yeyilishni kamaytirishga, mashina detallari va uzellarining buzilmasdan uzoq vaqt ishlashiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish