14-mavzu: tayyor mahsulot va uning


K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»



Download 201,04 Kb.
bet7/12
Sana03.02.2023
Hajmi201,04 Kb.
#907377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-mavzu tayyor mahsulot va uning

K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati etgan va to‘lash muddati etmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul kilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.

5.Sotish harajatlari hisobi
Mahsulotni realizatsiya qilish bir kancha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday turdagi harajatlar sotish harajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi harajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida ,aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi Sotish harajatlarini hisobga olish «Harajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish harajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • temir yul, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish harajatlari hamda transport vositalari bekor turib kolganligi uchun tulangan jarimalar;

  • savdo va umumiy ovkatlanish korxonalarining ish harajatlari;

-mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash harajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari;

  • savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish harajatlari;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari eskirishi;

  • gaz, yoqilgi, elektr energiyasi harajatlari;

  • tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish harajatlari;
    -savdo reklamasi harajatlari;

-tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha bo‘lishi
- o‘rash-joylash materiallari harajatlari; -mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish harajatlari;
- mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi harajatlari;
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saklash, tuynuklar, boshkalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) harajatlar;
-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati; -umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga hak to‘lash;
- kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;

  • umumiy ovkatlanish korxonalarida kogoz salfetkalar, krgoz dasturxonlar, kogoz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;

  • sotish bozorlarini urganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha harajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan harajatlar);

  • ilgari ish joyi bo‘yicha lavozim oklad miqdorini saklagan holda boshqa tashkilotlar korxonalardan, shuningdek vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigai okladlardagi farq

  • sovun, apteka, dori-darmon vositalarining qiymati;

  • soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);

-umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini saqlashga va ta’mirlashga ajratmalar;
-bank xizmatlariga to‘lovlar;
Yukorida biz keltirgan harajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha harajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bulib, kaysi davr bo‘lmasin, uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Uning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu harajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha harajatlar» hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada harajatlarning debet va kredit oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11 –jurnal
order da aks ettiriladi.Sotish harajatlari har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t9410-«Sotish harajatlari».


Download 201,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish