14-mavzu XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar Reja



Download 289,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi289,01 Kb.
#595735
  1   2
Bog'liq
4.1-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar



14-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar 
Reja:
1 XVI asrda Ispaniya va Angliya diplomatiyasi 
2 XVI asrda Fransiya diplomatiyasi 
3 XV asr oxiri XVI asr boshlarida Rus davlati diplomatiyasi
Tayanch so‘z va iboralar: 
Diplmatiya, “Davlat manfaati”, “Kurashning ikki yo‘li 
mavjud”, elchi, “Umumiy ezgulik”, gumanist, nunqiya, apartament, audensiya, “tabiiy huquq”, 
elchi shaxsi,, daxlsizlik, akkredaqiya, xalqaro huquq, o‘ttiz yillik urush, yetti yillik urush, 
Shimoliy urush, ispan merosi, Livoniya urushi, “Rech Pospolita”, “Abadiy tinchlik.
Asosiy matn: 
XV asr oxirida Yevropa davlatlari yangi xalqaro aloqalar pallasiga kiradi. Bu davrda 
yirik Yevropa davlatlari orasiga Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Polsha kabi davlatlar bilan 
birga, Muqaddas Rim imperiyasi, nemis millati bo‘lgan Avstriya imperiyasi, Skandinaviyaning 
birmuncha yirik davlatlari Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, mayda nemis knyazliklari, italyan 
shahar-respublikalari Yevropa siyosiy xaritasini to‘ldirganlar. XVI asrning ikkinchi yarmidan 
Yevropa siyosiy haritasiga yirik Rossiya davlati qo‘shiladi. Bu davrdan rus davlati o‘zining 
siyosiy tarqoqlik davrini tugatib, dastlab markazlashgan, keyinchalik esa absolyutistik 
monarxiyaga aylanadi. Shunday qilib, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari 
markazlashgan davlatlarga aylandilar. Germaniya va Italiya esa tarqoq davlat sifatida qolaveradi. 
Yevropaning bunday siyosiy vaziyati XIX asrning ikkinchi yarmigacha saqlanib qoladi. “Davlat 
manfaati” siyosiy tamoyil sifatida. XV asr oxiridan davlatning birligi uchun kurash va davlat 
manfaati siyosiy ahvolda birinchi darajali vazifaga aylanadi. Bu davrda din siyosiy hayotda 
muhim ro‘l o‘ynardi.
Bu davrda davlatning siyosiy vaziyati turli olimlar qarashlarida, jumladan, Makiavelli 
qarashlarida ham aks etgan. 
Makiavelli (1469-1527) XVI asrdagi mashhur siyosiy arboblardan biri bo‘lib, uning 
asarlarida monarx va har qanday monarxlarning realistik siyosati “Ruxsat etilgan” va “Ruxsat 
etilmagan” vositalar bilan davlat hokimiyatini mustahkamlash xaqidagi fikrlar aks etgan. Uning 
“Hukmdor” (“Gosudar”) nomli asari bir maqsadga, ya’ni cheklanmagan hukmdor hokimiyatini 
kengaytirishni ko‘rsatgan. Bunda u o‘z hukmdorini har qanday axloqiy tanglikdan ozod qilgan. 
Makiavelli Italiyani birlashtirishi manfaati yo‘lida har qanday shuhratparastlikni oqlagan va 
diplomatiya san’atiga Davlat manfaati” nuqtai nazardan qaragan. 
Unga ko‘ra: “Kurashning ikki yo‘li mavjud”, biri qonun orqali, ikkinchisi kuch. 
Birinchisi insonga xos bo‘lsa, ikkinchisi vahshiylikdir, ammo birinchi yo‘l ko‘pincha yetarli 
bo‘lmay, ikkinchisiga murojaat qilinadi. Shuning uchun boshqaruvda hukmdor ham insoniy ham 
vahshiylikni qo‘llashi kerak. Agar hukmdor vahshiylik yo‘lini tanlaydigan bo‘lsa, u holda 
yovvoyi hayvonlardan tulki va sher usulini tanlash kerak, sher ilondan himoyalanishni bilmaydi, 
tulki esa bo‘ridan himoyalana olmaydi. Ba’zan tulki bo‘lish kerakki, ilonning niyatini fahmlash 
kerak, ba’zan esa sher bo‘lish kerakki bo‘ri bilan masalani hal qilishi uchun”. 
“Hukmdor ruhiy qayishqoqlikka ega bo‘lishi kerakki, taqdirlarni o‘zgartirish uchun kerak 
bo‘lsa yomon ishlarni ham qo‘llashi mumkin”. 
XVII asrda Angliyada yashagan diplomat ser Genri Uotton elchi funksiyasi uchun 
quyidagilarni qo‘shimcha qiladi: “Elchi begona yurtga jo‘natilgan yaxshi niyatli erkak, u yerda u 
o‘z davlati foydasiga yolg‘on ishlatishi mumkin”.
XVII asrning siyosatchisi va diplomati, 1624-1642-yillari Fransiyani boshqargan kardinal 
Rishel’e Makiavellining tamoyillarini uyatsizlik deb hisoblamagan. Rishel’e hisobicha, bu 
narsalar asl haqiqatni yo‘qota olmaydi. Uning hisobicha “Davlat manfaati” va “Davlat” barcha 
narsadan ustun. U o‘zining “Siyosiy vasiyat”ida “Davlat”ning qimmati barcha yaxshi vositalarda 
deb tushuntirilgan. U “Qirolga“ xalq bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish kerak, shunda 
xalq qonun va davlat tartiblariga iltifotsizlarcha munosabatda bo‘ladi, bu omil “Umumiy 
yaxshilik” nomidan ish yuritishga asos bo‘ladi” deb maslahat bergan edi. Xristianlar o‘zlariga 
nisbatan shaxsiy haqoratlarni unutishi kerak, ammo hukmdorlar umumiy ezgulikka zarar 


keltiradigan barcha kirishimlarni unutmasligi kerak. Aslida bunday ish qilganlarni jazosiz 
qoldirish kerakki, ular bu ishlarini yana amalga oshirmasinlar. Qamchi odil sudning simvoli 
bo‘lishi kerakki, ular hech qachon harakatsiz qolmasin. 
Agar “Umumiy ezgulik” va “davlat manfaati” ichki siyosatda qanchalik rol o‘ynasa, 
tashqi siyosatda ham shunchalik ahamiyatga ega. Rishel’e uni har bir qarashida isbotlashga 
harakat qilgan. Rim cherkovining katoligi va kardinali hisoblangan Rishel’e katolik Ispaniya va 
Avstriyaga qarshi Germaniya knyazliklari bilan ittifoqda; Fransiya absolyutizimining ashaddiy 
tarafdori sifatida imperatorga qarshi nemis knyazliklarini isyonlarini himoyachisi bo‘lgan. Bu 
uning Fransiya jamiyatidagi “Umumiy ezgulik” va “davlat manfaati”ni himoya qilish bo‘lgan. 
Dvoryanlar va burjuaziya o‘rtasida manyevr qilish orqali qirollik hokimiyati o‘zining 
mustaqilligini ta’minlagan. Bu uning tashqi siyosati va diplomatiyasida ham ko‘ringan. Bu 
davrda siyosatning markazi qirol saroyi edi. Absolyut monarxiya sharoitida nafaqat sulolaviy va 
qirolning shaxsiy manfaati, balki uning yaqinlari va sevgilisining manfaatlari, shu bilan birga 
saroy intrigalari orqali qirolning nazarini torta olganlarning manfaati ichki va tashqi siyosatni 
belgilar edi.
XVI asr yangi davlat tashqi siyosatida markaziy va mahalliy tizimning shakllanishi asri 
bo‘ldi. XVII asrdan yirik Germaniya knyazliklari ham chet davlatlarga o‘zlarining doimiy 
vakillarini yubora boshladilar. 
Gumanistlarning ta’sirida har bir diplomat bilishi zarur bo‘lgan shoshilinch xabar va 
xabarlar jo‘natish usullari paydo bo‘la boshladi. XV-XVI asrlarda italyan davlatlari 
gumanistlardan tashqi siyosatda o‘zlarining kotibi sifatida foydalanganlar. Bu diplomatik 
muzokara va yozuvda o‘ziga xos stilning paydo bo‘lishiga olib keldi. Birinchi diplomat notiq 
florensiyalik kansler, mashhur jurnalist Kolyuchcho Solyutati edi. Uning xatlari XVI asr 
diplomatlari uchun namuna bo‘lgan. Venetsiyalik elchining xatlari va xabarlari ham diplomatik 
tizimning rivojlanishida ahamiyatga ega bo‘ldi. Venetsiyalik agentlarning alohida shaxslar 
haqidagi chet eldan jo‘natgan hisobotlari XVI asrdayoq keng ommaga ma’lum bo‘lgan edi. 
Turli davlatlarni boshqarayotgan Gabsburglar va Ispaniya davlatlari o‘rtasida doimiy 
muloqotni amalga oshirish zarurati tug‘ilgan. Ayniqsa, bunday munosabatlar 1555-yilda Karl V 
ning taxtdan voz kechishidan keyin kuchayadi. Shu yili Gabsburglar sulolasi hududlarini ikkiga, 
katta (Ispan) va kichik (Avstriya) sulolalarga bo‘linib, xonadonlar o‘rtasida liniyalar tortiladi.
Diplomatik faoliyat rivojlanishida papa Lev X (1515-1521-yy.) muhim o‘rin tutgan. 
Kelib chiqishi Medichilardan bo‘lgan papa o‘z vatani Florensiya va Venetsiyadagi doimiy 
elchilik haqida tanish edi. 1513-yil avgustdagi kardinallar yig‘ilishida u Germaniya, Fransiya va 
Angliyaga o‘zining vakillarini (nuntsiyalar) tayinladi. Shunday qilib papaning doimiy 
nuntsiyalari Vatikan diplomatiyasida huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 
O‘sha davrdagi vaziyat yangi tashkil topayotgan institutning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qilgan. Chunki boshqa davlatda diplomatik vakilning bo‘lishi katta mablag‘ni talab qilgan, shu 
bilan birga tajribali diplomatlarning yetishmasligi ham bunga sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan 
XV asr oxiriga kelganda diplomatik vakillar doimiy xarakterga ega bo‘la boshladi, diplomatik 
Ierarxiya shakllana boshladi. Bunda davlatning boshqa davlatlarga jo‘natilgan agentlari katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Fransiya, Ispaniya, va Angliya qirollari o‘zlarining elchilariga 
qandaydir Milan gersogi yoki xarob bo‘lgan nemis knyazliklaridan ko‘proq hurmat 
ko‘rsatishlarini talab qila boshlaganlar.
Asta-sekinlik bilan elchilik marosimlarida ma’lum bir tartiblar shakllana boshladi. XVI 
asrdayoq elchi va oddiy agent yoki rezidentlar o‘rtasida farqliliklar yuzaga kela boshladi. Elchini 
tayinlash vakolati barcha davlatlarda ham bo‘lmagan. Masalan, Muqaddas Rim imperatori o‘z 
saroyida faqatgina papa va o‘z akasi, Fransiya qiroli Ferdinand (Muqaddas Rim imperatori ayni 
paytda, Germaniyaning ham vakili edi) va Venetsiyaninggina elchilari bor edi xolos. Muqaddas 
Rim imperiyasiga qaram bo‘lgan yoki boshqa yirik monarxlar ham faqatgina agent tayinlash 
huquqi berilar edi xolos. 
Davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar doim ham yetarli bo‘lmagan. Shuning 
ushun dastlabki davlatda o‘zaro munosabatlar favqulotda elchilar orqali ta’minlangan. Natijada 


bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilgan. Favqulotda elchilar o‘zlariga oddiy elchilarga ko‘rsatilgan 
hurmatdan ortig‘ini talab qilganlar. Natijada yirik davlatlar o‘zlarining elchilarini “favqulotda 
elchi” sifatida ko‘rishni talab qila boshlaganlar.
XVI-XVIII asrlar yangicha marosimlarni shakllanishi davri bo‘ldi. Imperator Karl V ning 
saroyida elchilarni kutib olish va kuzatish qat’iy tartibi o‘rnatilgan. Marosimda Ispaniyaga 
kelgan elchilar mansub bo‘lgan davlatlarning mavqeiga etibor berilgan. XVI asr Fransiyada ham 
elchilarni qabul qilish marosimi shakllangan. XVI asrda hali Angliyada yetarli darajada 
diplomatik tizim shakllanmagan edi. Masalan, Angliyaga kelgan Fransuz elchilari 
diplomatiyaning nozik tomonlarini bilganlari uchun inglizlar ustidan kulgandilar. Lekin 
keyinchalik Fransuz tartiblari tarafdori bo‘lgan Karl I Styuart ma’lum bir diplomatik 
marosimlarni shakllantira boshladi. 
Bu marosim tadbirlar tizimi xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynagan. Elchining 
safardagi va birinchi audensiyadagi axloqi, elchini qabul qilayotgan davlat rahbari va 
vazirlarning axloqi xalqaro hayotga albatta ta’sir qiladi. O‘rnatilgan tartiblarning biroz bo‘lsada 
buzilishi, erishilgan yutuqlardan chekinish yoki boshqa davlatlarning elchilariga alohida hurmat 
sifatida qaralar edi. Diplomatiyaning etiketlaridan ozgina chekinish ham boshqa elchilar 
tomonidan o‘zlariga ham bunday hurmat ko‘rsatilishini talab qilishiga olib kelgan. 
XVI-XVII asrlarda papa saroyida quyidagicha tartib o‘rnatilgan. Tantanali audensiya 
papa tomonidan kardinallar ishtirokida, konsistoriya (ma’muriy va sud organi) sharoitida 
bo‘lardi. Elchi papani tik turgan va boshyalang holda eshitishi kerak. Imperatorlar, yirik davlatlar 
va Venetsiya respublikasi elchilari qirollik zali deb atalgan katta zalda, oddiy davlatlarning 
elchilari esa gersoglar zali deb atalgan kichik zalda qabul qilingan. Shunday holatlar ham bo‘lar 
ediki, papa ba’zi elchilarni dam olayotgan paytda qabul qilar edi. Bu qabul marosimida elchilar 
konsistoriya deb o‘ylamasligi uchun ba’zi bir kardinallar ishtirok etardilar. Savoya gersogi o‘z 
elchilarini katta zalda qabul qilinishini talab qilgan. Unga rad javobi berilgach xafa bo‘ladi va bir 
muncha vaqt papaga elchi jo‘natmaydi. Genuya respublikasi gersogi o‘z elchisini katta zalda 
qabul qilinishi uchun bir necha million oltin va’da qiladi. Papa uni Venetsiya respublikasi bosimi 
ostida rad qiladi. Chunki Venetsiya Genuyani o‘zi bilan teng ko‘rilishini hohlamagan. 1672-yil 
13-sentyabrda Rimga Moskva podshosining delegatsiyasi keladi. Moskva elchisidan har doimgi 
qabul marosimi tartiblarini bajarishini talab qiladilar. Unga ko‘ra, elchi katoliklardek to‘liq 
egilib, papa tuflisini o‘pishi kerak edi. Odatiy audensiyada papa kresloda o‘tirishi kerak edi. 
Shunga o‘xshash tartiblar Fransiyada ham bo‘lgan. Bu yerda papa nuntsiyalari alohida 
zalda qabul qilingan. Papa saroyidan farqli ravishda Venetsiyalik elchilar imperatorlar 
elchilaridan quyiroqda joy olganlar. Qirollar bunday hurmatga sazovor bo‘lmaganlar.
1635-yil Fransiya saroyiga ingliz elchisi keladi, u davrda saroy Parijdan tashqarida edi. 
O‘sha paytda saroyda birorta a’yonlar bo‘lmagan. Elchi saroy a’yonlari bo‘lishini talab qiladi. 
Xodimlar a’yonlar uchun Parijga odam jo‘natishga majbur bo‘ladilar. Angliyada elchilarni kutib 
olishning qatiy tartibi Karl I va uning vorisi Karl VI davrida o‘rnatiladi. Restavratsiya davrida 
kichik Gollandiya elchixonasi ingliz qirollari bir necha marta boshpana vazifasini bajargan. 
1660-yili Qo‘shma provinsiyalar respublikasi (Gollandiya) Angliyaga qayta tiklangan qirollik 
hokimiyatini qutlash uchun favqulotda elchilik jo‘natiladi. Ushbu elchilik Londonga noyabr 
boshida keladi. Londonda bir necha kun yashirincha yashagach, elchilar Grinvichka jo‘naydilar. 
Bu yerda ularni qirol nomidan lord Richard a’yonlari bilan kemada vaziyatni muhokama qiladi 
va o‘sha kemada Londonga qaytib ketadilar. Sohilda ularni lord Greven kutib oladi va har biriga 
oltitadan ot qo‘shilgan 20 ta karetada marosim o‘tkaziladigan joyga olib ketiladi. Elchilar 
marosimlar mutassaddisi Avraam Vilyams apartamentiga olib kelishadi. Keyin ular audensiyaga 
taklif etiladilar. 
Yirik davlatlar va diplomatik aloqalarning kuchayishi u haqidagi nazariyalarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida diplomatik va xalqaro huquq rivojlandi. Niderlandiyalik 
Baltazor Ayala 1582-yilda “Urush huquqi va harbiy tashkilotlar haqida” nomli asarini yozadi. U 
o‘z asarida elchilar daxlsizligi, ularning tajribalari va umumiy holat haqida ma’lumotlar bergan. 
Italiyalik Alberino Jentillining “Elchilik haqida” (1585) asari ham mashhur bo‘lgan. Bu muallif 


xalqaro huquq fani asoschisi gollandiyalik Gugo Grotsiy zamondoshi edi. Ankon urug‘idan 
chiqqan Alberino Jentilli protestant bo‘lganligi uchun Italiyadan ketishga majbur bo‘lgan.U 
keyinchalik Oksford universiteti professor bo‘lib yetishadi. U yurist sifatida ispan elchisini 
Mendozaning faoliyati sharhlashga majbur bo‘ladi. Elchi Yelizavetaga qarshi Mariya Styuart 
fitnasiga qatnashgan edi. Bu masalada u elchining mas’uliyati va huquqi haqida to‘liq yozadi. 
Jentilli Angliyadagi xalqaro huquqning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Xalqaro huquqning rivojlanishi shubhasiz Gugo Gratsiya (1583-1645) ga oid. 
Gollandiyalik yurist asarining ahamiyati to‘xtovsiz davom etayotgan absolyut monarxiyachilar, 
dvoryanlar, davlatlar o‘rtasidagi urushlar davrida u nazariy jihatdan burjuaziya xususiy mulk 
ximoyachisi sifatida urushlarni huquqiy normalar ramkasida ko‘rib chiqqan. Gratsiyga shuhrat 
keltirgan asar “Urush va tinchlik huquqi haqida” bo‘lib, 1625-yilda nashr etilgan. Unga ko‘ra, 
xususiy mulkchilik “tabiiy huquq” kelib chiqadi. Tabiiy huquqlar asosan davlat tomonidan qabul 
qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Xalqaro huquqning manbai bu shartnomalardir. Gratsiy 
qarashicha, davlat alohida mulk bo‘lib, mulklar o‘rtasidagi munosabatlar tinchlik va urush 
paytida ham ma’lum bir normalar asosida olib boriladi. Unga ko‘ra, urush kelib chiqishi 
tabiiydir: u insoniyatning maqsadi va o‘zini mudofaa qilishdan kelib chiqadi. Faqat urush 
adolatni tiklash maqsadida amalga oshirilishi kerak. Urush o‘zaro yaxshi munosabat va huquqlar 
chegarasida amalga oshirilishi kerak. Urush davrida tomonlar savdo, emi

Download 289,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish