15-laboratoriya mavzu: ip xavfsizligini joriy qilish (Access List)



Download 205,32 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi205,32 Kb.
#621149
Bog'liq
15-laboratoriya(Access List)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TTBA fani bo‘yicha

15-LABORATORIYA
Mavzu: IP xavfsizligini joriy qilish (Access List)
Bajardi:L1-003 gurux talabasi
Abduhamidov H.
Tekshirdi:Abdullayev U.






TOSHKENT 2022

Nazariy qism


Kirishni boshqarish ro’yxati (ACL (Access Control List)) - paketlarni qoidalar asosida filtrlaydigan mexanizm. Bir yoki bir nechta qoidalar paketlarning yuboruvchi manzili, qabul qiluvchi manzili va port raqami kabi paketlarni moslashtirish shartlarini tavsiflaydi.
ACL (Access Control List) - tarmoq resurslaridan foydalanishni taqiqlovchi yoki ruxsat beruvchi qoidalar ro’yxati: Internetga kirish, telefoniya, video aloqa va boshqalar. ACL IP-paketlar bilan ishlaydi, lekin ma’lum bir paketning turini bilib oladi, TCP (Transmission Control Protocol) va UDP (User Datagram Protocol) portlarini tahlil qiladi. ACL turli xil mahalliy tarmoq protokollari bilan ishlashi mumkin: AppleTalk, shuningdek IP va IPX (Internetwork Packet Exchange). 15.1jadvalda ACL turlari keltirilgan.
1-jadval

Turi

Diapozon qiymatlari

Parametrlar

Basic

2000-2999

Source IP

Advanced

3000-3999

Source & Destination IP,
Protocol, Source &
Destination Port

Layer 2ACL

4000-4999

MAC Address

AR2200 seriyali marshrutizatorlarda uchta ACL shakli qo’llanilishi mumkin. Paketni filtrlash parametrlari har bir ACL turi uchun farq qiladi. Tarmoqlarda ACL lar host yoki boshqa OSI modelining 3-pog’ona qurilmasida mavjud bo’lgan xizmat portlari yoki domen nomlarini belgilaydigan qoidalar ro’yxati bo’lib, ularning har biri xizmatga kirishga ruxsat berilgan hostlar va/yoki tarmoqlar ro’yxatiga ega. Tarmoq ACL lari oddiy serverda ham, marshrutizatorda ham sozlanishi va kiruvchi/chiquvchi trafikni xavfsizlik devori sifatida boshqarishi mumkin.
ACL imkoniyatlari:

Basic ACL – kelayotgan (qabul qilinayotgan) paketning source ID si bo’yicha tekshiradi. Nazoratni unga o’rnatadi.
Advanced ACL – paketning ham source ham destination IP si, ham port bo’yicha tekshiradi.
Asosiy buyruqlari:

  • Permit – ruhsat berish;

  • Deny – rad etish;

  • Any – barchaga;

  • Eq (equal) – faqat;

  • Traffic-filter – trafikni filtrlash;

  • Inbound - Interfeysda kiruvchi ACL asosidagi paketli filtrlashni sozlash;

  • Outbound - Interfeysda chiquvchi ACL asosidagi paketli filtrlashni sozlash.


Ishni bajarish tartibi


15.1-rasmda ko’rsatilgan topologiya bo’yicha qurilmalarni sozlang.

1. LAN tarmoqdagi 192.168.10.3 hostga serverga kirishiga ruhsat etilgan, ammo qolgan hostlarga serverga kirish ruhsat etilmagan.
Hostdan paketlarga ruxsat berish uchun ACL ga qoida qo’shishimiz kerak. Masalan, 192.168.10.3 hostidan paketlarga ruxsat berish uchun ACL 2000 da quyidagi qoidani yaratamiz.

[Huawei]acl
[Huawei]acl 2000
[Huawei-acl-basic-2000]rule permit source 192.168.10.3
0.0.0.0

Bir xil tarmoq segmentidagi boshqa hostlardan paketlarni rad etish uchun ACL 2000 da quyidagi qoidani sozlaymiz. Masalan, 192.168.10.0/24 tarmoq segmentidagi boshqa hostlardan paketlarni rad etish uchun ACL 2000 da quyidagi qoidalarni sozlaymiz.



[Huawei-acl-basic-2000]rule deny source any
[Huawei-acl-basic-2000]quit

Trafikni filtrlashni amalga oshirishi uchun uni kiruvchi interfeysga bog’laymiz.



[Huawei]int GigabitEthernet 0/0/0
[Huawei-GigabitEthernet0/0/0]traffic-filter inbound acl 2000
[Huawei-GigabitEthernet0/0/0]quit
[Huawei]quit
save

Ping buyrug’i yordamida ACL 2000 qoidasini ishlashini tekshirib ko’ramiz. PC1 dan (192.168.10.3) Server1 (200.200.200.200) ga ping jo’natamiz va natijani tekshirib ko’ramiz.



PC1 (192.168.10.3) dan Server1 (200.200.200.200) ga ping ketganligini ko’rishimiz mumkin. Endi PC2 (192.168.10.2) dan Server1 (200.200.200.200) ga ping jo’natamiz.

PC2 (192.168.10.2) dan Server1 (200.200.200.200) ga ping ketmadi. Demak biz o’rnatgan qoida (ACL 2000) to’g’ri ishlayapti.
Download 205,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish