15-ma’ruza. Leksikografiya va lug‘atchilik: nazariy va amaliy muammolar (4 soat) reja



Download 154,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.08.2021
Hajmi154,99 Kb.
#154532
Bog'liq
8hBuFDEbX3kIxCyygUUNWrfFYR4V4Lwv



15-MA’RUZA. LEKSIKOGRAFIYA VA LUG‘ATCHILIK: NAZARIY 

VA AMALIY MUAMMOLAR (4 soat) 

 

REJA: 

 

1.Leksikografiya  –  til  lug„at  boyligini  to„plash  va  tushuntirish  muammosi 

yechimiga ixtisoslashgan lingvistik soha ekanligi.  

2.Nazariy va amaliy leksikografiya farqlanishi. Bu terminlarni o„zbek tilidagi 

lug„atshunoslik  va  lug„atchilik  terminlarining  muqobillari  sifatida  tushunish 

mumkinligi.  

 

Kalit so‘zlar 

leksikografiya, til lug„at boyligi, nazariy va amaliy leksikografiya, lug„atshunoslik 

va lug„atchilik, amaliy leksikografiya, lug„atchilikning ijtimoiy vazifalari, til 

leksikasini tavsiflash, adabiy til meyorlarini aniqlash, millatlararo 

kommunikatsiyani ta‟minlash, til leksikasiga ilmiy baho berish, muayyan til 

ta‟limiga ko„maklashish 

 

“Leksikografiya”  va  leksikografiya.  Leksikografiya  –  til  lug„at  boyligini 



to„plash  va  tushuntirish  muammosi  yechimiga  ixtisoslashgan  lingvistik  soha. 

Odatda, nazariy va amaliy leksikografiya farqlanadi. Bu terminlarni o„zbek tilidagi 

lug„atshunoslik  va  lug„atchilik  terminlarining  muqobillari  sifatida  tushunish 

mumkin.  Lug„atchilik  yoki  amaliy  leksikografiya  atamasi  lug„atshunoslik 

terminiga  nisbatan  kengroq  mazmun-mohiyatga  ega,  u  qator  ijtimoiy  vazifani 

bajaradi: 

til leksikasini tavsiflash; 

adabiy til meyorlarini aniqlash

millatlararo kommunikatsiyani ta‟minlash; 

til leksikasiga ilmiy baho berish; 

muayyan til ta‟limiga ko„maklashish. 



Tushuntirish  va  ko„rsatish  –  leksikografiyaning  bosh  tamoyili.  Izohli, 

etimologik  va  tarjima  lug„atlar  tushuntirish  vazifasini  bajarsa,  imlo  va  talaffuz 

lug„ati ko„rsatish vazifasini bajaradi. Ilk lug„atlar manbalar mazmunini tushuntirish 

maqsadida tuzilgan. Tushuntirish ikki yo„nalishda namoyon bo„ladi: 

– eskirgan til birliklarini shu til sohibiga tushuntirish

– bir til ifodasini boshqa til sohibiga tushuntirish. 

Birinchi yondashuv leksikografik tabdil, ikkinchisi esa leksikografik tarjima 

mohiyatiga ega.      

Eskirgan  til  birliklarini  shu  til  sohibiga  tushuntirish  amaliyoti  ikki  holatda 

amalga oshiriladi: 

tildagi so„z fonetik jihatdan eskirganda

til va yozuv taraqqiy etganda. 

Dastlabki  lug„atlar  foydalanishi  jihatdan  umumlashgan  (hammabop)  va 

mazmun-mundarijasi  jihatdan  kontekstual  xarakterga  ega  bo„lgan.  Boshqacha 

aytganda, ular sotsial yoki professional xoslanmagan bo„lib, ma‟lum bir matnlarni 

o„qib tushunish imkonini berish xususiyati bilan xarakterlanadi.       

Demak,  “lug„atshunoslik”  ma‟nosidagi  o„zbek  leksikografiyasi  mutlaqo 

yaqin tarixga ega, “lug„atlar tartib berish” semasi yetakchilik qiladigan lug„atchilik 

atamasi  denotati  esa  ancha  qadimiyligi  bilan  xarakterlanadi.  Xususan,  Mahmud 

Koshg„ariyning “Devonu lug„oti-t-turk” asari – o„zbek leksikografiyasining emas, 

balki  o„zbek  lug„atchiligining  ibtidosi.  Shuningdek,  Mahmud  Zamaxshariyning 

“Asosu-l-balog„a”,  “Muqaddimatu-l-adab”  asarlari,  muallifi  noma‟lum  Abushqa” 

izohli  lug„ati,  Tole  Imoni  Hiraviyning  “Badoyye  u-l-lug„at”,  Muhammad  Rizo 

Xoksorning  “Muntaxabu-l-lug„at”,  Mirzo  Mehdixonning  “Sangloh”,  Muhammad 

Yoqub  Chingiynint  “Kelurnoma”,  Sulaymon  Buxoriyning  “Lug„ati  chig„atoiy  va 

turki  usmoniy”  (“Chig„atoycha-turkcha  lug„at”),  Ishoqxon  Ibratning  “Lug„ati 

sittaa-s-sina”  (“Olti  tilli  lug„at»)  kabi  lug„atlarini  “O„zbek  leksikografiyasi” 

mavzusi  ostida  berish  urfga  aylandi.  Biroq  ular  lug„atlarni  tadqiq  qiluvchi 

leksikografiya sohasi mahsulotlari emas, balki leksikografiya sohasining o„rganish 

materiali  yoki  obyekti.  Shu  ma‟noda  leksikografiya  lug„at  tuzishning  nazariy 




masalalari,  lug„atchilik  tarixi,  mavjud  (yaratilgan)    lug„atlarning  tavsifi  bilan 

shug„ullanib,  unda  lug„atlar  haqida  emas,  lug„atlar  haqida  bajarilgan  tadqiqotlar 

bo„yicha  fikr  yuritiladi.  Masalan,  O„zbekiston  Milliy  ensiklopediyasining 

“Leksikografiya”  maqolasi ostida berilgan “hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy 

til bilan o„zbekchani qiyoslovchi ko„plab tarjima lug„atlari, fan sohalariga oid 100 

dan  ziyod  bir,  ikki  va  uch  tilli  terminologik  lug„atlar  yaratildi.  O„zbek  xalqi 

tarixida birinchi marta “O„zbek tilining izohli lug„ati” tuzilib, nashr etildi (1981). 

20-asr  o„zbek  lug„atchiligi  rivojiga  A.Zohiriy,  A.Qodiriy,  YE.D.Polivanov, 

A.K.Borovkov, 

V.V.Reshetov,  S.Ibrohimov,  Olim  Usmon,  Z.Ma‟rufov, 

Sh.Rahmatullayev,  N.Mamatov,  A.Hojiyev,  T.Aliqulov  va  boshqalar  munosib 

hissa  qo„shdilar.  Respublika  mustaqilligi  tufayli  o„zbek  leksikografiyasi  oldiga 

yangi davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lug„atlar yaratish 

vazifasi qo„yilgan va  bu  vazifa o„z  o„rni bilan  amalga oshirilmoqda” kabi  fikrlar 

bevosita  leksikografiya  emas,  balki  lug„atchilik  (amaliy)  sohasiga  tegishli. 

Yuqorida  tilga  olingan  “qo„yilgan  vazifalar” tushunchasi ham  lug„at  yaratishning 

amaliy  masalalari  sifatida  lug„atchilikka  daxldor.  Xususan,  quyidagi  masalalar 

amaliy lug„atchilik muammolari, ular bevosita lug„atlar yaratish jarayonida amalga 

oshiriladi  va  bu  jarayondan  oldingi  bir  nisbiy  mustaqil  jarayonni  o„zida 

ifodalamaydi:  

lug„atlarning umumiy tipologiyasi va yangi lug„atlarni ishlab chiqish; 

lug„atlarning  umumiy  strukturasini  yaratish  (so„z  tanlash,  so„z  va  lug„at 

maqolalarini  tartiblash,  omonim,  sinonim,  polifunksional  va  polisemantik 

birliklarni belgilash, lug„at tarkibiga havola materiallarni kiritish);  

– 

lug„atlarning  xususiy  strukturasini  yaratish  (ya‟ni  har  bir  lug„at 



maqolasini  ishlab  chiqish,  so„zga  grammatik  va  fonetik  izoh  berish,  so„z 

ma‟nolarini  ajratish  va  tasniflash,  dalil  sifatidagi  illyustratsiya  turlari,  ta‟riflash 

turlari, belgilar tizimi, so„z etimologiyasi haqidagi ma‟lumot). 

Leksikografik  tadqiqotlar  natijalari  lug„atchilik  amaliyotiga  tatbiq  etiladi. 

Shunga  ko„ra,  leksikografiya  tatqiqiy  va  tavsifiy  nazariy  bosqich  bo„lsa, 

lug„atchilik tatbiqiy mazmundagi amaliy bosqichdir.   




Leksikografiya  va  lug„atchilik  tilshunoslikning  barcha  bo„limlari,  xususan, 

leksikologiya bilan zich bog„langan. Shu ma‟noda bu uch bo„lim fanlar tarkibidagi 

uch bosqichni o„zida ifodalaydi: 

– 

 



fundamental soha; 

innovatsion soha; 

amaliy soha.  

Leksikologiya  fundamental  soha,  til  lug„at  boyligining  mohiyati  va 

mavjudlik xususiyat va imkoniyatini tadqiq qilar ekan, bu jihati bilan leksikografik 

tadqiqotlar uchun asos bo„lib xizmat qiladi. Leksikografik tadqiqotlar o„zida ham 

nazariy,  ham  amaliy  jihatni  birlashtiradi.  Nazariy  lingvistik  xulosalarning  yangi 

amaliy  leksikografik  mahsulotlar  uchun  innovatsion  modellarini  yaratish  – 

leksikografik tadqiqotlarning asosiy vazifasi. 

Demak,  shu  yo„nalishda  borib,  leksikografiya  (lug„atshunoslik)  va 

lug„atchilikni,  leksikograf  va  lug„atchini  farqlash  lozim.  Aksar  hollarda 

lug„atshunos  va  lug„atchi  bir  shaxsda  mujassam  bo„lgan  holatlar  kam.  Masalan, 

tilshunos  A.K.Borovkov  o„zining  birorta  lug„at  yaratmaganligini,  biroq 

leksikografiya  masalalari  bilan  shug„ullanishini  ta‟kidlaydi.  Shuningdek,  bugungi 

kunda  kitob  peshtaxtalaridagi  son-sanoqsiz  lug„atlarni  “lug„at”  deb  ataydigan 

bo„lsak, ularning tuzuvchilari faqat lug„atchilardir, xolos.   

Lug„atchilik  va  lug„atlarda  tilshunoslik  xulosalari  moddiylashadi  va  reallik 

kasb etadi. Mavhum lingvistik abstraksiyalar aniq tatbiqlariga ega bo„ladi.  

Lug„atchilik  o„zida  fanlarning  eng  yuqori  integratsiyasini  aks  ettirganligi 

kabi,  tom  ma‟nodagi  lug„atchi  ham  professional  jihatdan  integrallashgan  bo„ladi. 

Oddiygina bir terminologik lug„atni tartib berish uchun ham lingvistik va muayyan 

bir sohaga xos bilim sintezlanadi va bu lug„atni vujudga keltiradi. Filologiyaning 

boshqa ayrim sohalarida bo„lgani kabi leksikografiya amaliyotdan uzilgan bo„lishi 

mutlaqo mumkin emas, hatto unda nazariya va amaliyot eng ko„p omixtalashgan 

bo„ladi,  nazariya  esa  ana  shu  amaliyotdan  kristallashadi.  Lug„atchi  boshqa 

tilshunoslardan  farqli  ravishda  o„z  obyektiga  ko„proq  yaqin  bo„ladi,  ammo  bu 

uning nazariyadan uzoqlashib ketganligidan dalolat bermaydi. 



Bugungi  kunda  til  haqidagi  sohada,  xususan,  uning  faol  tarmog„i 

leksikografiyada  yangi  va  eski  metodlarning,  “mahsulot”larning,  leksikografik 

“madaniyat”larning  dialogi  kuchaymoqda.  Bu  –  tabiiy  hol.  Axir,  globallashuv 

asrida yashayotgan ekanmiz, davr har bir fan oldiga, hech qanday istisnosiz, yangi 

talablarni  qo„yadi.  Albatta,  u  yoki  bu  yangi  usul,  yondashuv,  g„oya  ilgari  surilar 

ekan,  uning  oldingilaridan  ustunligi  va  afzalligi  asoslanishi,  amaliy  natijasi 

samaradorlik  jihatdan  baholanishi,  va  u,  pirovardida,  til  tilsimining  botiniga,  so„z 

mohiyati  qa‟riga  osonroq  va  qulayroq  kirib  borish  imkoniyatini  yarata  oladimi, 

degan savolning qo„yilishi o„rinli. Eskilik va yangilik kurashida mana shu obyektiv 

holat fan, soha taraqqiyotiga inersiya beradi. Agar yangicha yondashuv yoki yangi 

metod faqat terminologik bo„yoqdan iborat bo„lib, fanning ilgari siljishi uchun naf 

keltirmas  ekan,  undan    vaqtida  voz  kechishning  o„zi  ham  taraqqiyotga  xizmat 

qiladi.  Yangilikni  faqat  yangi  bo„lgani  uchungina  qadrlash  xalqning  haqqoniy 

ma‟naviy taraqqiyoti mohiyatini tushunmaslikdan dalolat beradi. Tom ma‟nodagi, 

haqiqiy “yangilik” samaradorligi, qulayligi va asoslanganligi bilan xarakterlanadi. 

Dalillangan  ilmiy  yoki  amaliy  yangilik  ishonarli  bo„lib,  o„tmish  voqeligiga 

haqqoniy e‟tibor va hurmatni aks ettiradi. Bu metodologik asoslar bevosita o„zbek 

nazariy va amaliy leksikografiyasi taraqqiyoti va hozirgi holatiga ham, farqlanishi 

taqdim  etilayotgan  leksikografiya  (lug„atshunoslik)  va  lug„atchilik,    leksikograf 

(lug„atshunos) va lug„atchi terminlariga ham bevosita daxldor. 

Lug„atlarda  “zamonaviylik”  va  “eskirganlik”  tamoyili.  Har  qanday 

zamonaviy  (yaratilayotgan  davrni  aks  ettiruvchi)  lug„atni  yaratishda  “zamon” 

tushunchasi  muayyanlashtirishni  taqozo  etib  kelgan.  Zero,  tilning  leksik  sathiday 

o„zgaruvchan,  o„zida  barqarorlik  va  beqarorlik  ziddiyatini  aks  ettiruvchi  tilning 

boshqa sathi yo„q. Shuningdek, “zamonaviy” so„zi “eng keyingi nuqta” ma‟nosiga 

ham,  “eng  keyingi  kesma”  ma‟nosiga  ham  ega.  Ular  bir  jihatdan  birlashsa-da, 

ikkinchi  jihatdan  zid  ham  keladi.  Masalan,  zamonaviy  so„zi  bugungi  kunni  ham, 

bugungi  asrni  ham,  bugungi  yuz  yillikni  ham  ifodalashi  mumkin.  Ayniqsa,  bu 

leksikografiyaga  qay  darajada  daxldor,  lug„atlar  zamonaviylik  nuqtai  nazaridan 

qanday  baholanadi?  Axir,  tilga  yangi  so„zlar  va  terminlar  paydar-pay  kirib 




kelayotgan  bo„lsa,  nashr  etilgan  lug„atning  esa  ularni  “quvib  yurish”  imkoni 

cheklangan  bo„lsa!  Demak,  nashrsiz  hech  qachon  lug„at  bo„lmaganligi  kabi, 

nashrning  o„zi  lug„atni  eskirtiradi.  Bu  esa  an‟anaviy  nashriy  lug„atlarga  nisbatan 

qo„llanadigan  “zamonaviy”  tushunchasi umuman  nisbiy  ekanligini ko„rsatadi.  Bu 

sifat  lug„atning  nashrigacha  o„zining  to„laqonli  mohiyatiga  mos  ravishda 

qo„llanadi  va  nashr  jarayoni  tugashi  bilan  mohiyatidan  uzoqlashishni  boshlaydi. 

Shuning uchun YE.Koseriu zamonaviy so„zini har qanday yangi nashr etilayotgan 

lug„atning nomidan olib tashlanishi kerakligini taklif qiladi. Uning asosi shunday 

edi: til texnika, sanoat, boring-ki, adabiyotday rivojlanmaydi, shuning uchun erkin 

qo„llanadigan zamonaviy texnika, zamonaviy adabiyot birikmalaridagi zamonaviy 

so„zini til lug„atiga nisbatan qo„llash to„g„ri emas. Yangi so„zlar eskisiga tayanadi, 

ular orasida vorisiylik bo„ladi, bunga monand holatni texnikada, adabiyotda ko„rish 

mumkin  emas. Koseriuning fikrlarini shunday tushunmoq kerakki, lingvist so„zni 

lug„atga olar ekan, uni tildan, tilning oqimidan uzib oladi, natijada u tildan ayrilib, 

orqada qolib ketadi. Ustoz tilshunosning fikrlarini shu ma‟noda to„g„ri qabul qilish 

imkoni mavjud.  

O„zbek  tilining  yangi  izohli  lug„atlari  zamonaviymi?  “Zamonaviylik” 

tushunchasi ularda qay darajada aks etgan?   

XXI  asr  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanishi,  global 

“o„rgimchak  to„ri”ning  dunyoni  qamrab  olishi  natijasida  on-line  lug„atlarning 

yaratilishi  aynan  lug„atchilik  sohasida  zamonaviy  so„zining  o„z  mohiyatini  to„la-

to„kis  saqlab  qolishiga  imkon  yaratdi.  On-line  lug„atlargina  davr  bilan  baravar 

qadam tashlaydi va undagi har bir yangilikni qayd etib borish imkoniga ega. 

“Zamonaviylik” va “zamonaviy” tushunchalari lug„atlarga nisbatan qo„llanar 

ekan,  u  tilning  taraqqiyotidagi  eng  so„nggi  nuqtani  emas,  balki  eng  so„nggi 

kesmani  ifodalaydi.  Demak,  eng  so„nggi  vaqt  nuqtasidan  orqaga  qaytish  bilan 

tilning  taraqqiyot  vaqti  kesmasi  hosil  qilinadi.  “Spetsifika  takix  ponyatiy,  kak 

sovremenniy  i  sovremennost,  po  otnosheniyu  k  yaziku  v  selom  i  osobenno  po 

otnosheniyu  k  leksikografii  zaklyuchayetsya  v  tom,  chto  podobniye  ponyatiya 



opirayutsya  i  na  dannoye  vremya  (“teper”)  i  na  blizkoye  proshloye  vremya 

(“klassiki”).   

Tildagi zamonaviylik nuqtai nazaridan “kesma” tushunchasi har bir tilda va 

uning  har  bir  davrida  har  xil  tushunilishi  mumkin.  Masalan,  bir  tildagi  fonetik-

leksik-grammatik  holat  ba‟zan  ijtimoiy-iqtisodiy,  texnik-texnologik  taraqqiyot 

bilan  bog„liq  ravishda  yuz  yildan  500  yilgacha  o„zgarmasligi  mumkin.  Bu 

tillarning  o„tgan  ming  yillikdagi  holati  bilan  isbotlanishi  mumkin.  X-XV  asr 

o„zbek  tili  kabi  barcha  boshqa  tillarning  taraqqiyotini  dalil  sifatida  keltirish 

mumkin. Lekin bugungi kunda globallashuv sharoitida xalqlararo integratsiya shu 

darajada  kuchayib  ketdiki,  tilga  bu  gorizontal  ta‟sir  vertikal  xususiyatga  ega 

texnik-texnologik  ta‟sir  bilan  omixtalashib,  hatto  tildagi  har  bir  yilni  o„tmishdagi 

asrlarga tenglashtirib yubordi. 

“Bugun”  va  “yaqin  o„tmish”  orasida  tilda  yuz  bergan  o„zgarishlarni  faqat 

yangi  so„zlarning  kirib  kelishi  va  eskilarining  iste‟moldan  chiqib  ketishi 

sifatidagina tushunish ma‟qul emas. Chunki bu davr “kesma”sida so„zlarning juda 

ko„plarida yangi ma‟noviy-uslubiy bo„yoqlar paydo bo„lib, so„z semantikasi sifatiy 

o„zgarishlarga  duch  kelmasa-da,  miqdoriy  jihatdan  e‟tiborli  o„zgarishlar  sodir 

bo„lishi mumkin. V.V.Vinogradov ta‟kidlaganidek, “...ot Pushkina do nashix dney 

smenilos  neskolko  (po  krayney  mere  tri)  leksiko-stilisticheskix  sistem  i 

sootvetstvuyushix  i  literaturno-yazikovix  norm”.  Shuning  uchun  tillarning 

zamonaviyligini  belgilash  yoki  “zamonaviylik”  chegarasini  ko„rsatishda 

so„zlarning  birikmalar  hosil  qilish  xususiyatlarini  ham  o„rganish  lozim  bo„ladi. 

Demak,  “zamonaviylik”  tamoyillaridan  biri  –  grammatik  tamoyil.  Grammatik 

tamoyil so„zlarning semantik-uslubiy imkoniyatlarining yangilanishi bilan bog„liq. 

Semantik-uslubiy  bo„yoqlarning  yangilanishi  yoki  eskirishi  so„zlarning  valentlik 

imkoniyatlarini  ham  o„zgartirib  yuboradi.  Masalan,  o„tgan  asrning  yigirmanchi-

o„ttizinchi  yillarida  faol  bo„lgan  mehrobdan  chayon  tipidagi  birikmalar  ma‟lum 

muddat  o„tgach,  ya‟ni  o„sha  asrning  elliginchi  yillaridayoq  meyor  darajasidan 

tushib  ketdi.  Polyak  adabiy  tili  tarixchisi  Yan  Parandovskiy  ta‟kidlaganidek, 

romantizm  davri  polyak  adiblari  XIX  asrgacha  bo„lgan  til  bilan  shu  asrning 




birinchi  yarmiga  bo„lgan  til  orasida  shunday  ajratish  hosil  qildilarki,  natijada 

keyingi davr adiblari bu asrgacha bo„lgan tilga murojaat qilmay qo„ydilar.  



Download 154,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish