15-mavzu. Qurilish sopoli va g’isht ishlab chiqarish xom ashyosi. Gillarning xususiyatlari. Reja



Download 17,12 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi17,12 Kb.
#726976
Bog'liq
15-maruza




15-mavzu. Qurilish sopoli va g’isht ishlab chiqarish xom ashyosi.
Gillarning xususiyatlari.
Reja:
1. Sopolbop xom ashyolar.
2. Gillarning xususiyatlari.
3. Gil va uning klassifikasiyasi.

1. Qurilishda ishlatiladigan sopol ashyolarni tayyorlash uchun asosan xom ashyo sifatida eng ko’p tarqalgan tuproqlar qo’llaniladi. Sopolbop (kulolchilik) tuproq tarkibida kaolinit, gidroslyuda va ozgina kvars, dala shpati, temir oksidi, karbonatlar bo’lgan mayda zarrachali cho’kindi yog’ jinsidir. Tuproq zarrachalarining diametri 0,005 mm. dan kam bo’lganda loy plastik (mayin) bo’ladi. Undan tayyorlangan buyum kuriganda uz shaklini o’zgartirmaydi, pishirgandan keyin mustakkam va chidamli bo’ladi. Shuningdek, tuproqda 0,005-0,16 mm. li chang zarrachalari va 0,16-2 mm. li qum donalari kam aralashgan bo’ladi.


Loy tarkibi va undagi zarrachalar mayda-yirikligiga qarab yuqori plastik, konikarli plastik, kam plastik va plastik bulmagan guruularga bo’linadi. Yuqori plastik loy tarkibida 80-90 %gacha tuproq zarrachalari bo’ladi. Bunday loyning plastiklik ko’rsatkichi 25 %dan katta, suv shimuvchanligi 28 %dan ko’p va kavoyi kirishishi 10-15 %dan ortmaydi.
Konikarli plastik loyda tuproq zarrachalari 30-60 %gacha bo’ladi. Plastikligi 15-25%, suv shimuvchanligi 20-28%, kavoyi kirishishi esa 7-10% ga teng. Kam plastik loylar tarkibini 5-30 %gacha tuproq zarrachalari tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 20 %gacha, plastikligi 7-15 % va kavoyi kirishishi 5-7 %ga teng. Plastik bulmagan loyni qayta ishlab bo’lmaydi, u kolipga tushmaydi.
G’ishtbop tuproq tarkibida kaolinit, gidroslyuda, montmo-ryllonit, ozgina kvars, karbonat va temir oksidlari bo’lgan, kar xil yiriklikdagi mineral zarrachalar aralashgan cho’kindi tog’ jinsidir. Oddiy va eritib olingan (klinker) Gg’isht, devorbop bloklar, tombop cherepiqa, pardozbop taxtachalar, yengil sopol to’ldirgichlar (keramzit, agloporit) qurilishda keng ishlatiladi. Shuningdek, to’g’on va yo’l qurilishi inshoatlarini suv taʼsiridan saqlash, g’isht terishda va suvoqbop qorishmalar, xom g’isht, somonli devorbop bloklar, paxsa va boshqa maksadlarda kam g’ishtbop tuproqni ishlatish mumkin. Bentonit tuprog’i montmorillonit guruhiga kiruvchi (kvars, gips, biotit, gidroslyuda va temir oksidi aralashmalari) tuproq minerallaridan tashkil topgan vulkon kuli, tuf va lavalarning kimyoviy buzilishi jarayonida kosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsidir. Bentonit tuprog’i qurilishda suv taʼsiridan saklovchi sifatida buyumlar choklarini to’lg’izishda, yer osti inshoatlari, aerodrom va zovur chekkalarini mahkamlashda, keramzit va agloporit olishda, chinni, fayans sopol korishmalarning plastikligini yaxshilashda ishlatiladi.
O’tga chidamli loy asosan kaolindan, ozgina kvars, dala shpati, gidroslyuda, karbonat va boshqa aralashmalardan tashkil topgan mayda zarrachali, sochiluvchan cho’kindi tog jinsidir. Аsosan konstrukqion (shamotli) va termoizolyaqiya (engil) ashyolari, shuningdek, yuqori harorat taʼsirida bo’ladigan devorbop gishtlarni terishda, suvok korishmalari sifatida hamda chinni, fayans, sopol va boshqa olovga chidamli uchoklar qurishda keng ishlatiladi. Umuman, sopol buyumlar sifatini yaxshilash maksadida xom ashyo korishmasiga kvars qumi, shamot, toshkol, kuydirganda yonib ketadigan organik qo’shilmalar (kirindi, ko’mir changi va x.k.) qo’shiladi.
Chinni va fayans (xom ashyo - chang aralashgan tuproq) korishmasini tayyorlashda tarkibida asosan kaolinit minerali bo’lgan tog jinsi-kaolin ishlatiladi. Barcha nozik sopol ashyolari tarkibini asosan dala shpati (mikrolin va boshk.) bilan kvars tashkil etadi. Qo’shimcha xom ashyolardan kvars qumi, shamot, toshkol kabilar loyning plastikligini pasaytiradi. Kirishishini pasaytirish va koliplashga kulay loy olish uchun yuqori plastik tuproq qo’shiladi. Sopol buyumlardan xar xil qoplama taxtachalar va kislotaga chidamli ashyolar olish uchun quyuq shisha yoki ishqor qumga korishtirilib asosiy korishmaga qo’shiladi.
Sopol buyumlarni jozibali qilish uchun ularning yuzasiga glazur buyok surtiladi. Sopol buyumga qalinligi 0,15-0,3 mmqilib surtilgan glazur erish haroratigacha (1100-1300°S) kizdiriladi. Аgar glazur oson eruvchan bo’lsa, u holda 900-1100°S gacha kizdiriladi. Erigan glazur sopol buyum yuzasida 0,13-0,28 mm. li shishasimon sirga aylanadi. Qiyin eruvchan glazur kvars, kaolin, tuproq, dala shpati, tabiiy karbonatli temirdan tashkil topgan. Oson eruvchan glazur tarkibidagi kvars, dala shpati, dolomit kuykasini tayyorlayotganda unga tanakor (bura), stronqiy karbonati, magnezitlar qo’shiladi. Glazurlar yaltirok va jilosiz bo’ladi. Yaltirok glazurni rang beruvchi oksidlar qo’shib kizdiriladi. Jilosizlariga esa pigmentlar qo’shiladi. Shuningdek, glazurlar rangli va rangsiz bo’ladi. Rangligiga 2-15 % temir oksidlari - kobalьt (Havo rang), xrom (kuk), marganeq (jigarrang) kabilar qo’shiladi. Rangsiz glazurlarga kalay, surma, rux qo’shiladi. Glazurlar temir sirtiga surtib eritilsa, emal deb ataladi. Sopol buyumlar yanada jozibali, chiroyli bo’lishi uchun ularning sirtiga angobli ok yoki xar xil rangli tuproq kuykasi 0,25-0,44 mm. gacha qalinlikda surtiladi. Okrangli angob kizdirilgan oktuproqdan, rangli angob esa tuproqka yaxshilab tuyilgan mineral buyok yoki sintetik pigmentlar qo’shib tayyorlanadi.
2. Keramik materiallar xom ashyosini asosan gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maksadida uning tarkibiga yogsizlantiruvchi, jins hosil kiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo’shimchalar qo’shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, sienit va x.k.) va metamorfik (gneys) tog jinslarining nurashidan hosil bo’lgan mahsulotdir. Shu sababli xom ashyo tarkibi asosan alyumosilikatlardan (Al2O3 .2SiO2 .2H2O) iborat bo’lib, kvars, slyuda va boshqa minerallar, organik moddalar aralashgan bo’lishi mumkin. Gil tarkibida okakning bo’lishi keramik material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o’lchamlari keramik material xossalariga taʼsir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko’p miqdorda bo’ladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo’lsa, gil suvga korilganda plastik massa kosil bo’ladi, kuritilganda shaklini saqlab koladi va kuydirilgach buyum mustakkam va suvga chidamli bo’ladi. Bundan tashqari gil tarkibida zarracha o’lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o’lchamlari 0,16-5 mm li qum bo’lishi mumkin.
Gillarning asosiy xossalari plastikligi, kavoda va kuydirishdagi kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va kokazolar.
Plastiklik gil va suv korishmasining tashki kuch taʼsirida yoriklar kosil kilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab kolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo’lsa, u shunchalik suvni ko’p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo’ladi. Gillar yuqori plastik (yogai) o’rtacha plastik va kam plastik (yo1'siz) bo’ladi. Yogai gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish jarayonida kajmi kichrayadi va darzlar kosil bo’ladi. Gil plastikligini oshirish maksadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonatlar va sh.k.) ishlatiladi.
3. Gil va uning klassifikasiyasi.
Gil risht ishlab chiqarishda Foyatda mukim qurilish matriali kisoblanadi. Bu katta kajmdagi tuproqli mineral yoki bir-biriga bogaanmagan koya bo’lib suv bilan aralashish kobiliyatiga ega va muForlagan va kurigan paytlarda uning shakli qaytadan tiklanish kobiliyatiga ega bo’ladigan egiluvchan plastik shaklga egadir. Shunday tarzda gillar kizdirilganida kizaradi, va usha paytda qattiq va kuchli shaklga keladi. Bu gildagi mikrotuzilish o’zgarishlari natijasi va kimyoviy xususiyatidir. Eng toza gillar asosan kaolinit (2SiO2*Al2O3*2H2O) bilan birgalikda kichik kajmdagi minerallar masalan, kvars, slyuda feldspar, kalkit, magnetit va boshqalardan iborat bo’ladi.Undan qolgan gillar kaolin yoki Xitoy gili shaklida mashkur bo'lib koyalar ostidagi chirishdan shakllanadi va kulolchilik maksulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ma'lum bir joydan olib kelingan yoki chukkan gillar ob-kavo taʼsirida paydo bo’ladi. Bular ko’proq tarkaladigan, birikmalardan iborat, va ona koyalarning katta bo’laklariga tegishli bo’lmaydi. Yuqori darajadagi karoratga karshilik ko’rsatish asosida (15800 gradusdan ko’proq) gillar olovga chidamli material sifatida turlarga ajratiladi yaʼni bular yuqori karoratga eriydigan gillar va past karoratga eriydigan gillardir.
Yuqori karoratga eriydigan gillarni yuqori darajadagi chidamliligi mavjud (1350-15800 gradus) va kichik miqdordagi aralashmalardan iboratdir bular kvars, feldspar, slyuda, kalqiy karbonat va magniy karbonatdir. Bular G’isht ishlab chiqarishda, pol kafellari chiqarishda va kanalizaqiya turbalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kam karoratda eriydigan gillarning 13500 gradus olovga chidamlilari mavjud bo’lib ular kam turli xil tarkiblarga egadir. Bular G’ishtlar ishlab chiqarishda, uylar qurishda, kafel ishlab chiqarishda va boshqa maksadlarda ishlatiladi. Аgar gillar miqdorini oshirish kerak bo’lsa qo’shimcha aralashmalar kam qo’shiladi. Yuqori egiluvchan gillarini 28% gacha suv bilan aralashtirish talab qilinadi, yuqori darajada kuritiladi va miqdorini qisqartirish uchun kuydiriladi va qo’shimcha aralashmalar kerak bo’lsa yoki egiluvchan bulmagan moddalar masalan kvars tuprogi, kul va boshqalar qo’shiladi. Yondirilgan aralashmalarga kirindilar, ko’mir maydalari, va maydalangan ko’mir va boshqalar misol bula oladi. Kislotaga karshi predmetlar va kafel qoplamalari, suv shishalari yoki ishqorlar qo’shish orqali ishlab chikariladi. Gil qismlarini kuydiradigan harorat ayrim moddalar masalan feldspar va temir rudasi bilan aralashtirilgan gil bilan hajmi kamaytiriladi. Yegiluvchan shakl berish ayrim moddalarni masalan sulfit-natriyni (0,1-0,3%) koshish bilan kamaytiriladi.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, shisha kukuni, perlit va boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini pasaytirish uchun qo’shiladi.
Nazorat savollari.
1. Sopolbop buyumlar uchun xom ashyo va uning turlari.
2. Gilning xossalari.
3. Gilni ishlatilish sohalari.
4. Gil va uning klassifikasiyasi.
Download 17,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish