15-mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va tilshunoslik



Download 28,5 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi28,5 Kb.
#603119
Bog'liq
15


15-mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va tilshunoslik
Reja:
1.Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va tilshunoslik.
2.Fonetikani o‘rganishda tajribaviy usullar. Nutq intonatsiyasini o‘rganishning eksperimental-fonetik usullari.
Tayanch tushunchalar: tilshunoslikning fizika bilan munosabati, akustika, tilshunoslik, fonetikani o‘rganishda tajribaviy usullar, nutq, intonatsiya, eksperimental-fonetik usullar.
Inson tovushining ikki aspekti bor : 1) akustik aspekt 2)biologik aspekt.
Bazi adabiyotlarda yana lingvistik aspekt xaqida gap boradi.Bunda esa tovushning nutqdagi vazifaviy tomoni nazarda tutilgan .Biroq tovush nutqda funksiya bajarmaydi ,balki nutq mazmunining eng kichik bo'lagi bo'lgan fonemaning formasi xisoblanadi. Nutq tovushining akustik aspekti. Nutq tovushlari akustikaga asoslanadi . Akustikada uch kechim bo'ladi :1)ikki jismning o'zaro urilishi ,2)natijada xavoda tebranish xosil bo'lishi,3)uning eshitish organiga tasiri.Bioakustikada birinchi kechim o'pkadan kelgan xavo oqimining nutq organiga urilishi bo'ladi.Uning qolgan kechimlari fizik akustika kechimlari bilan bir xildir.Bioakustika nutq tovushi xisoblanadi.Nutq tovushi bir necha xususiyatga ega: 1)tovush balandligi, 2)tovush kuchi,3 )tovush cho'ziqligi 4)tovush tembri. Tovush balandligi o'pkadan kelgan xavoning nutq organiga urilishi natijasida xosil bo'lgan tebranishning sekundlik miqdoriga bog'li bo'ladi. Havoning sekundlik tebranish miqdori qancha ko'p bo'lsa,yuzaga kelgan tovush shuncha baland chiqadi va aksincha.Odatda tovush hosil bo'lish kechimidagi havo tebranishi gs(gers)bilan o'lchanadi.Bir gs.tovush payining berilgan zarbdan bir silkinib qaytishi bo'lib ,bu silkinish havoning bir tebranishida aks etadi .Inson 16gs.dan 20ming gs.gacha tovushni eshitish qobiliyatiga ega.Undan ortiq gs.li tovushlar ultra tovush bo'lib, uni inson eshita olmaydi.Inson oddiy so'zlashuvda 100gs.dan 400gs.gacha balandlikdagi tovushni qo'llaydi.Insonning eng past tovushi bas deb atalib, 40 gs.ga , eng baland tovushi saprano deb atalib, 1700gs.ga ega bo'ladi.
Tovush paylarining ko'p yoki kam miqdorda tebranishi tovush paylaridagi imkoniyatga bog'likdir.Tovush paylari yupqa bo'lsa,ko'p tebranish imkoniyatiga ega bo'ladi.Uning qalinligi shu imkoniyatni chegaralaydi.Odatda bolalar va ayollarning tovush paylari yupqa bo'lib , erkaklarning tovush paylari rasta yoshidan qalinlashadi.SHuning uchun erkaklarning tovushi yo'g'on va past , ayol va bolalarning tovushi ingichka va baland eshitiladi.
Tovush kuchi nutq organiga havoning bergan zarbi bilan o'lchanadi.Ammo tovush kuchi tovush balandligi emas.Kuchli tovush past bo'lishi ham mumkin . Tovush kuchi zarbdan hosil bo'lgan tebranishning har bir silqinishidagi zarb yo'nalish bo'yicha borib qaytish oralig'i bilan belgilanadi.Uni fiziklar tilida tebranish amplitudasi deyiladi.Tebranish amplitudasi detsibal bilan o'lchanadi.Bo'g'in unlisida urg'uning bali yuqori bo'ladi.
Tovush cho'ziqligi o'pkadan kelgan havoning nutq organiga urilish davomiyligi bilan o'lchanadi.YAni u tovushga ketgan vaqt bilan bog'liq bo'ladi.Uni bir necha omillar belgilaydi.Nutq tempi tez bo'lsa,undagi tovushlar cho'ziqligi ancha kam kechadi.Urg'uli bo'g'inlar tovushi boshqa bo'g'inlar tovushiga nisbatan cho'ziqroq bo'ladi .So'zlardan toq bo'g'inlar mutlaqo urg'usiz bo'lgani uchun qisqa ,ko'pincha reduksiyaga uchragan xolda qayd etiladi .Tovush cho'ziqligi ularning artikulyasiya usuli bilan ham bog'lidir.Odatda,portlovchi tovush oniy ,sirg'aluvchi cho'ziqroq ,sonor va unlilar nisbatan eng cho'ziq tovushlar hisoblanadi.Tovushlar cho'ziqligi msek.(milliy sekund-sekundning mingdan bir bo'lagi)birligi bilan o'lchanadi.
Tovush tembri (sifati)qator tovush tonlari xususiyati bilan o'lchanadi.Tovush tonlari asosiy ton, yordamchi ton, shovqindan iborat. Asosiy ton tovush payining tebranishi va uning havoga ko'chishidan iboratdir. YOrdamchi ton oberton va yordamchi ton komponentlariga bo'linadi,Oberton (parsial ton ham deyiladi)tovush paylarining malum qismlari tebranishi va uning havoga asosiy ton tebranishi bilan birga ko'chishidir.Asosiy ton bilan birga oberton kishi tovushi ,yani unini hosil qiladi, shuningdek tovushning ayrim shaxsga xos individualligini shakllantiradi. Rezonator ton esa asosiy va obertonning xalqum og'iz ,burun devorlariga urilib qaytgandagi tebranishdan yuzaga keladi. U ayniqsa , sonantlar shakllanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi.Rezonator ton ashulachilar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Zal , auditoriya,machit ,cherkov kabilar qurilishida ham ,ularning rezonator ton hosil qilishi hisobga olinadi.U ovozni jarangdor , yoqimli va yuqori chastotali qilib beradi . Shovqin tovush paylari ishtiroksiz boshqa nutq organlarida , havo ularga urilishi natijasida hosil bo'ladi.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish