16-Mavzu: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari


yil Ushbu yili Kembridj universiteti professori (Buyuk Britaniya) Ser Richard Stoun



Download 107 Kb.
bet3/5
Sana11.02.2022
Hajmi107 Kb.
#444188
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу (1)

1984 yil
Ushbu yili Kembridj universiteti professori (Buyuk Britaniya) Ser Richard Stoun (1913-1991) iqtisodiy taxlilning empirik asoslarini yanada yaxshilashga olib kelgan "Milliy schetlar tizimini rivojlantirishga qo‘shgan fundamental hissasi uchun" Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

1985 yil
Ushbu yilgi Nobel mukofoti asli italiyalik (Rim) Massachusets texnologiya instituti (AqSH) professori Franko Modilyani (1918 yilda tug’ilgan) ga "Jamg’armalar va moliyaviy bozorlarning ilk tahlili uchun" berildi.

1986 yil
Ushbu yili Jeyms M. Byukenen Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U 1919 yilda AqSHning Tennisi shtati Merfrisboro shaxrida tug’ilgan bo‘lib, Virjiniyaning Ferfaks shahridagi ijtimoiy tanlovni o‘rganish markazida ijod etgan va "Iqtisodiy va siyosiy qarorlar qabul qilish nazariyasining kontrakt va konstitutsion asoslarini rivojlantirgani uchun" shu nomga loyiq deb topildi.

1987 yil
Ushbu yili Nobel mukofoti amerikalik, Massachusets texnologiya instituti vakili Robert M.Solou (1924 yilda tug’ilgan) ga "Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga qo‘shgan hissasi uchun" berildi.

1988 yil
O‘sha yili Fransiyaning Parij shaxrida faoliyat ko‘rsatgan olim Morris Alle (1911 yilda tug’ilgan) Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. Olimga bu mukofot "Bozorlar va resurslarning samarali ishlatilishi nazariyalariga qo‘shgan hissasi uchun" berildi.

1989 yil
Ushbu yili Norvegiyaning Oslo universiteti professori Trigve Xaavelmo (1911 yilda tug’ilgan) Nobel mukofotini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Olimga bu mukofot "Ekonometrika ehtimoli nazariyasi asoslarini tushintirgani va bir davrdagi iqtisodiy tuzilmalarning tahlili uchun" berildi.

1990 yil
Ushbu yili Nobel mukofoti bir yo‘la uch olimga muyassar bo‘ldi. Ular Garri M.Markovits (1927 yilda tug’ilgan) Nyu-York shahar universiteti professori, Merton M.Miller (1923 yilda tug’ilgan), CHikago universiteti va Vilyam F.SHarplardir. (1934 yilda tug’ilgan) Stenford universiteti. Bu olimlar "Moliyaviy iqtisodiyot nazariyasiga oid birinchi ishlari uchun" shunday mukofotga sazovor bo‘ldilar.

1991 yil
Ushbu yili mukofot asli Buyuk Britaniyalik, AqSHdagi CHikago universitetida faoliyat ko‘rsatgan Ronald N.Kouz (1910 yilda tug’ilgan)ga berildi. Bu mukofotga olim "o‘tkinchi xarajatlar va mulkiy huquqlarning institutsion struktura va iqtisodiyotning faoliyatidagi ahamiyatini ochib bergani va tushintirgani uchun" loyiq deb topildi.

1992 yil
CHikago maktabi olimlari eng ko‘p Nobel mukofotini qo‘lga kiritishgan. Ushbu yili ham mukofot chikagolik Garri S. Bekker (1930 yilda tug’ilgan)ga nasib etdi. "Nobozor ahloq ham hisobga olingandagi insoniy ahloq va o‘zaro munosabatlar hisobiga mikroiqtisodiy tahlilning asosiy momentlarini kengaytirganligi uchun" ushbu mukofot berildi.

1993 yil
Ushbu yili Nobel mukofoti ikki olimga berildi. Bular CHikago universiteti professori Robert V.Figel (1926 yilda tug’ilgan) va Vashington universiteti professori Duglas S.Nort (1920 yilda tug’ilgan)dir. Ular bu mukofotga "Iqtisodiy va institutsional o‘zgarishlarni tushintirish maqsadida iqtisodiy nazariya va miqdoriy metodlarni qo‘llash yo‘li bilan iqtisodiy tarixni yangicha qarash asosidagi tadqiqoti uchun" sazovor bo‘ldilar.

1995 yil
Ushbu yiligi mukofot CHikago universiteti professori Robert Lukas (1937 yilda tug’ilgan)ga "Ratsional kutilmalar gipotezasini rivojlantirganligi uchun" berildi, shu yo‘l bilan makroiqtisodiy tahlilning transformatsiyasi va bizning iqtisodiy siyosat bo‘yicha tushinchalarimizning yanada chuqurlashuvi ro‘y berdi.

1996 yil
Ushbu yili mukofot birdaniga ikki olimga berildi. Ular Vilyam Vikri (1914-1996) asli Kanadadan, ish joyi Kolumbiya universiteti (AqSH) va Jeyms A.Mirlis (1936 yilda tug’ilgan) Buyuk Britaniyaning Kembridj universitetida faoliyat ko‘rsatgan. Bu olimlarga mukofot "Assimetrik informatsiyalar ta’siridagi rag’bat (stimul) iqtisodiy nazariyasiga qo‘shgan hissasi uchun" uchun berildi.

1997 yil
Ushbu yili Nobel mukofoti yana ikki amerikalik olimlar - Garvard universitetining xodimi Robert Merton (1944 yilda tug’ilgan) va Stanford universiteti professori Mayron SHolz (1941 yilda tug’ilgan)larga berildi. Ular "qimmatbaho qog’ozlar hosilasi qiymatini aniqlashning yangi uslubini yaratganliklari uchun" ushbu yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

1998 yil
Ushbu yili Nobel mukofotini hindistonlik Amarta Sen qo‘lga kiritdi. Bu olimning ilmiy ishlari inson huquqlari, kambag’allik va tengsizlik muammolariga bag’ishlangan bo‘lib, unda davlatlarning shu masalalarni echish yo‘llarini ko‘rsatib berish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. SHularni hisobga olib SHvetsiya qirollik Fanlar Akademiyasi "hayotiy muhim iqtisodiy muammolarni muxokoma etishda ahloqiy mezonlarning tiklanayotganligiga qo‘shgan hissasi uchun" mazkur mukofotga loyiq deb topdi.
A.B.Nobel vasiyatiga ko‘ra, uning vafotidan keyin qolgan jamg’arma-kapital asosida Nobel fondi tashkil etilishi kerak edi. hozir shu fondga tushadigan har yiligi daromad besh qismga teng bo‘linib Nobel mukofot tarzida fizika, kimyo, fiziologiya (meditsina) hamda, buyuk kashfiyotlar, badiiy asarlar uchun, shuningdek halqlar o‘rtasidagi tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyat uchun berib boriladi.
SHu o‘rinda qiziq holatga duch kelamiz. Nimaga A.Nobel mukofoti juda muhim matematika fani uchun ta’sis etilmagan degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bu haqida uning "Vasiyatnoma"sida hech narsa deyilmagan bo‘lsada, ammo bu to‘g’rida ikki hil qarash mavjud. Birinchisi shuki, u go‘yo matematika faniga umuman qiziqmagan ekan. Ikkinchi taxminga ko‘ra esa Nobel sevgan mashuqa matematik olimga turmushga chiqqan va u shu sababli umuman uylanmagan.
Nobel umrining oxirida uning jamg’armasida 70 million shved kroni bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu jamg’arma 200 million kronaga etgan.
Sovrindorlar haqidagi ma’lumotlar A.Nobel tug’ilgan kun (21 oktyabr) atrofida e’lon qilinadi, Mukofotni topshirish esa A.Nobel vafot etgan kun (10 dekabr)da o‘tkaziladi. Nobel mukofotiga nomzodlari ko‘rsatilgan shaxslarning irqi, millati, jinsi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, bu mukofotlar mazkur fan sohalarida erishilgan eng yuksak yutuqlar uchun beriladi. SHvetsiya qirollik Fanlar Akademiyasi va qirollik meditsina-xirurgiya instituti mukofotga nomzod ko‘rsatadigan shaxslarni har yili kelasi yil uchun maxfiy ravishda tanlaydi.
Nobel mukofoti 1901 yildan boshlab o‘z egalariga topshirilmoqda, faqatgina 1968 yili SHvetsiya davlat banki tashkil topganligining 300 yillik yubileyi munosabati bilan qo‘shimcha (oltinchi) iqtisodiyot fani bo‘yicha Nobel mukofoti ta’sis etildi.
Nobel mukofoti A.B.Nobel tasviri tushirilgan va tegishli yozuvi bo‘lgan oltin medaldan, diplom va miqdori 30-70 ming dollargacha bo‘lgan (yoki 2,5 million shved kronasi, bu miqdor odatda Nobel fondidagi daromadga bog’liq) mablag’dan iborat.
hozirda bu mukofot sohiblarining ro‘yxatida olti yuzga yaqin kishining nomlari bor. Agar biz bu ro‘yxatga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ko‘pchilik jahonga mashhur olim va yozuvchilarning nomlarini o‘qiymiz: xususan, fizika sohasida V.Rentgen, A.Enshteyn, N.Bor, P.Dirak; kimyo sohasida E.Rezerford, I.Jolio-Kyuri, V.Jolio-Kyuri, P.Debay; fiziologiya va meditsina sohasida I.P.Pavlov, R.Kox, I.I.Mechnikov, K.Landshteyner, A.Fleming; adabiyot bo‘yicha R.Tagor, R.Rollan, B.SHou, I.A.Bunin, E.Xemenguey, P.Neruda, M.SHoloxov, A.I.Soljenitsin; tinchlik bo‘yicha F.Nansen, A.SHveyser, Martin Lyuter King, M.S.Gorbachev, Koffi Annan (Koffi Annan 2001 yil Nobel mukofoti laureati deb topildi) va xokazolarni ko‘rishimiz mumkin.
Biz quyida iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari to‘g’risida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni o‘zimizga joiz deb topdik.
YUqorida qayd etilganidek, iqtisodiyot fanidagi nazariy va amaliy yutuqlar uchun ham 1968 yil Nobel mukofoti ta’sis etilgan va u 1969 yildan boshlab berila boshlangan.



Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish