16-mavzu. Yordamchi elektr jihozlar. Ma'ruza rejasi



Download 230,52 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi230,52 Kb.
#813773
  1   2
Bog'liq
16-mavzu. Yordamchi elektr jihozlar


16-mavzu. Yordamchi elektr jihozlar.

  1. Ma'ruza rejasi:

Yordamchi jixozlar: yuritma elektrodvigatellari, oyna tozalagichlar, tovush signallari, o‘chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko‘rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlari.
Elektr jixoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlari. past va yuqori kuchlanishli o‘tkazgich simlarning texnik tavsifnomalari.
Multepleks tizimi. Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
Elektromobillar elementlari va uning konstruksiyasi

  1. Tayanch so'zlar va iboralar:

Yordamchi elektr jihozlar harorat isitgich veltilyatori, oyna tozalagichlar, tovush signallari, akkumulyatorlar batareyasi, elektromobillar, tizim asboblari, konstruksiyalar , bort energo kontrol , akkumulyatorlar batareyasi, avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat qilish asboblari, elektromobillar bort tizimi, ichki datchiklar tizimi, haydovchini displeyli xabarlash. III. Maqsad:
Talabalarda Yordamchi elektr jihozlar bo'yicha keng qamrovli bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
IV. Matn
Zamonaviy avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat.
Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida yoki qisqa vaqt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.

Doimiy magnitli elektrodvigatel:

1 va 7- podshipniklar, 2-doimiy magnit, 3- cho'tkatutqich, 4-cho‘tka, 5-traversa, 6-kollektor, 8 va 14-qopqoqlar, 9-drossel, 10-mahkamlash plastinasi, 11-magnitni mahkamlash prujinasi, 12-yakor, 13-korpus, 15-yakorning chekka
Avtomobillarning elektryuritmalarida faqat o‘zgarmas tok elektrodvigatellari ishlatilib, ularning elektromagnit va doimiy magnitlardan uyg‘otiladigan turlari mavjud.
Elektromagnitli uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan elektrodvigatelning tuzilishi 6.1- rasmda keltirilgan. Elektrodvigatel yakori 1, ikkita o‘zi o‘rnashadigan metallkeramik podshipniklar 7 da aylanadi. Podshipniklar qopqoq va korpus 11 da prujinalar 5 va 14 bilan ushlab turiladi va namatdan tayyorlangan tiqma 6 ga shimdirilgan moy bilan moylanib turadi. Qopqoq va korpus murvat 3 yordamida bir-biriga tortib qo‘yilgan. Yakorning halqasimon usulda o‘ralgan chulg‘amlari kollektor 8 ga ulangan. Kollektor shtampalash yo‘li bilan mis tasmalardan tayyorlanadi. Cho‘tka 9 kollektorga prujina 10 yordamida bosib turiladi. Cho‘tkatutqichlar traversa 4 ga mahkamlangan. Korpusning ichki silindrik sirtiga stator joylashtirilgan bo‘lib, uning qutblari 12 ga uyg‘otish chulg‘ami 13 o‘rnatilgan. Quvvati katta bo‘lgan elektrodvigatellarning yakori zo‘ldirli podshipniklarga o‘rnatiladi.
Avtomobillarda ketma-ket, parallel va aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan elektrodvigatellar ishlatiladi. Ketma-ket uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar ishga tushirish momenti katta bo‘lishini talab qilinadigan mexanizmlarda (oynako‘targich, antenani chiqarib-tushirish moslamalari), paralel va aralash uyg‘otish tizimli elektro-dvigatellar esa, tavsifnomasi barqaror va aylanish chastotasi yuklama ortish bilan o‘zgarmaydigan mexanizmlarda (oyna-fara tozalagichlar va hokazo) ishlatiladi. Reversiv elektrodviga-tellarning ikkitadan uyg‘otish chulg‘ami bo‘lib, ular zanjirga galma-gal ulanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida elektromagnitli uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar o‘rniga doimiy magnitlar ta’sirida uyg‘otiladigan elektrodvigatellar o‘rnatilmoqda. Elektrodvigatelning uyg‘otish tizi-mida doimiy magnit ishlatilishi, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash, xususan massasi va o‘lchamlarini kamaytirish, foydali ish koefitsientini 1,5 baravar oshirish imkonini beradi. Elektrodvigatelda ichki ulanishlarning soddaligi, ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan tashqari, mustaqil uyg‘otish tizimi barcha doimiy magnitli elektrodvigatellar reversiv bo‘lishini ta’minlaydi. Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzi-lishi keltirilgan. Doimiy magnitlar 2 qobiq 13 ning ichki sirtiga ikkita yassi po‘lat prujinalar 11 yordamida mahkamlanadi. Elektrodvigatel yakori 12 ikkita o‘zi o‘rnashadigan sirg‘anuvchi
podshipniklar 1 va 7 da aylanadi. Grafit cho‘tkalar 4 kollektor 6 ga prujinalar yordamida bosib turiladi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning ishlash prinsipi yakor va stator magnit maydonlarining o‘zaro ta’siriga asoslangan.
Hozirgi kunda avtomobil elektr yuritmalari uchun kontaktsiz o‘zgarmas tok elektrodvigatellarini yaratish yo‘nalishida izchil ish olib borilmoqda.


Elektromagnitli uyg'otish tizimidagi elektro-dvigatel:

a - ko'ndalang kesimi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2-qopqoq, 3-murvat, 4-traversa, 5 va 14- plastinasimon prujinalar, 6-tiqma, 7-metallokeramik podshipnik, 8-kollektor, 9-cho‘tka, 10-prujina, 11- korpus, 12- stator qutblari, 13- uyg'otish chulg'ami, 15-
Oynatozalagichlar Oynatozalagichlar avtomobilning old tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orqa tomonidagini ham) oynasini qor, yomg‘ir va har-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat qiladi. Oynatozalagich aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, qo‘chqaroqli reduktor, krivoship, pishang va tortqilar, cho‘tkalar, termobimetall plastinali saqlagichdan iborat. Yakor 1 ning (6.3-rasm) aylanma harakati uning o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali reduktorning plastmassadan tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi. Krivoship 4, shesterna valiga qattiq mahkamlangan bo‘lib, uning aylanishi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.
Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda ishlashini ta’minlash uchun almashlab ulagich 2 ning kontakt lappagi 9, tok elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel ulangan g‘altaklariga, qarshilik 10 dan o‘tmasdan boradigan I holatga keltiriladi. Tozalovchi cho‘tkalar tezligini oshirish uchun almashlab ulagichning kontakt lappagi boshqa holatga keltiriladi (II holat), Bu holda elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel g‘altagi zanjiriga qarshilik 10 ulanadi. Uyg‘otish zanjirida tok kuchining susayishi, uyg‘otish magnit oqimini kamaytiradi, natijada yakor aylanishlar chastotasi ortadi. Almashlab ulagich o‘chirilgandan keyin ham (0 holat), plastina 16, kontakt lappak 11 ning kesilgan joyiga o‘rnashguncha elektrodvigatel ishlab turadi.

GA136 belgili oynatozalagich elektr yuritmasining umumiy sxemasi
Bu daqiqada chegaraviy uzgich zanjirni uzadi va elektrodvigatel to‘xtaydi. Bunda, cho‘tkalar avtomobil old tomonidagi oynaning eng chekka past qismida, haydovchiga xalaqit bermaydigan joyda to‘xtaydi. Yuklama ortishi va qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta tok kuchidan elektrodvigatel chulg‘amlarini himoya qilish uchun uning zanjiriga takroriy ishlaydigan termobimetall plastinali saqlagich 15 ulangan.
Doimiy magnitli elektrodvigatelga ega bo‘lgan SL-136 belgili oynatozalagich
elektr yuritmasining sxemasi keltirilgan. Bu turdagi oynatozalagichlarning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda tozalovchi cho‘tkalarning kichik va katta tezlikda harakatlanishi bilan birga to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimida ishlashi ham ko‘zda tutilgan. Oynatozalagichni to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimi almashlab ulagich I ning III holatga qo‘yilishi bilan amalga oshiriladi. Bu holda elektrodvigatelning yakor zanjiriga rele 7 ulanadi. Releda qizdiruvchi spiral 8 bo‘lib, u termobimetall plastina 9 ni qizdiradi. Bimetall plastina qizishi davomida yuqori tomonga egiladi va kontaktlar 10 ni uzadi. Bu, o‘z navbatida, rele 11 ning ta’minot zanjiri toksizlanishiga va uning kontaklari 12 elektrodvigatelning yakori zanjirini uzishga olib keladi. Bimetall plastina 9 soviganidan keyin dastlabki holatiga qaytib, kontaktlar 10 ni tutashtiradi, rele 11 ga tok keladi va uning kontaklari 12 tutashib yana elektrodvigatelni tok manbaiga ulaydi.
Oynatozalagich:
a - cho'tkalar yuritmasi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2- almashlab ulagich, 3-cho‘tkalar yuritmasining reduktori va chegaraviy uzgich, 4-krivoship, 5-tortqi, 6-pishanglar, 7- cho'tka pishanglarining tayanchi, 8- cho'tkalar, 9-almashlab ulagichning kontakt lappagi, 10-rezistor, 11-chegaraviy uzgichning kontakt lappagi, 12-shesternya, 13-reduktor qo‘chqarog‘1 (chervyak), 14-o‘t oldirish kaliti,15-termobimetall saqlagich, 16-chegaraviy uzgichning kontakt plastinasi, 17 va 18-uyg‘otish chulg'ami g'altaklari; Sh va Ya - o'tkazgichlarni ulash qisqichlari
Oynatozalagichdagi bu jarayon bir minutda 7...19 marta qaytariladi. Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda harakatlanishini ta’minlash uchun almashib ulagich II holatiga keltiriladi. Bu holatda tok elektrodvigatel yakori 4 ga asosiy cho‘tkalarga nisbatan burchak ostida joylashtirilgan qo‘shimcha cho‘tkalar 3 orqali uzatiladi. Bu rejimda tok yakor chulg‘am-larining faqat ma’lum bir qismidan o‘tganligi tufayli, uning aylanish chastotasi va aylantiruvchi momenti kamayadi. Oynatozalagich cho‘tkalarini katta tezlikda harakatlantirish uchun almashlab ulagich I holatga o‘tkaziladi. Bunda elektrodvigatel ta’minoti asosiy cho‘tkalar orqali amalga oshiriladi va tok yakorning hamma chulg‘amlaridan o‘tadi. Almashlab ulagichning IV holatida tok birdaniga oynatozalagich va oynayuvgich elektrodvigatellarining yakorlari 4 va 2 ga uzatiladi va ular birgalikda ishlaydi.
Oynatozalagich o‘chirilgandan keyin ham (almashlab ulagichning 0 holati) kulachok 6 aylanib, qo‘zg‘aluvchi kontakt 5 ni uzguncha elektrodvigatel ishlab turadi. Kontakt 5 uzilgandan keyin elektrodvigatel to‘xtaydi. Elektrodvigatelning tok zanjiri belgilangan daqiqada uzilishi, oynatozalagich cho‘tkalarining dastlabki holatida to‘xtashini ta’minlash bilan bog‘liq. Elektrodvigatelning yakor zanjirlarini ortiqcha yuklama va qisqa tutashuv toklaridan xalos qilish uchun termobimetall saqlagich 13 o‘rnatilgan.
Yomg‘ir tomchilab yoqqanda yoki qor uchqunlab turganda avtomobil old oynasi kam namlanib, oynatozalagich cho‘tkalarini ishqalanishini va ularni yeyilishini kuchaytiradi. Ishqalanish kuchining ortishi energiya sarfini oshiradi va yuritma elektrodvigateli qizib ketishi mumkin. Oynatozalagichni bir-ikki taktga, qo‘l bilan ishga tushirish noqulay va xavfli, chunki bu bir necha daqiqaga bo‘lsa ham haydovchi diqqatini jalb qiladi. Zamonaviy avtomobillarda oynatozalagich qisqa vaqt davomida ishlashini ta’minlash uchun elektrodvigatelning boshqarish tizimiga maxsus elektron sxema kiritilib, u ma’lum vaqt oralig‘ida (2 30 s) oynatozalagich
elektrodvigatelini bir-ikki takt ishlashi uchun ulab turadi.
Tovush signallari
Tovush signallari avtomobillarning harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi hamda boshqa haydovchilarni transport vositasi yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirish uchun xizmat qiladi. Oxirgi vaqtda tovush signallari avtomobillarning o‘lchov-nazorat asboblari bilan ham ishlatilib, haydovchiga agregatlar holati to‘g‘risida xabar beradi. Shuningdek tovush signallari «avtomobil qo‘riqchisi» tizimida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr va pnevmatik tovush signallari ishlatiladi.
Elektr tovush signallarining ohangli va shovqinli turlari mavjud. Ohangli tovush signallari karnayli shovqinli signallar esa disk rezonatorli qilib ishlangan.
Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovush signali o‘rnatilib, biri past ohangli bo‘lsa, ikkinchisi baland ohangli bo‘ladi. Yuqori klassli yengil avtomobillarda uchta tovush signali bo‘lib, ularning biri past ohangli, ikkitasi baland ohangli bo‘ladi. Bu signallar to‘plami hamohang qilib bir-biriga moslanadi va baravariga sadolanadi.
Elektr tovush signali qoliplangan po‘lat korpus 1 ga mahkamlangan o‘zak 4, qo‘zg‘almas kontakt plastinasi 3, qo‘zg‘aluvchi kontakt o‘rnatilgan prujinasimon plastina 7 lardan iborat. Korpus 1 va rezonator 12 orasiga legirlangan va toblangan po‘latdan tayyorlangan membrana 11 qistirib qo‘yilgan. Membranaga shtift 5 o‘rnashtirilgan yakor 10 mahkamlangan. Elektromagnit chulg‘ami 9 uzgich kontaktlar 6 ga ketma-ket ulangan. Kontaktlar orasidagi tirqish gaykalar 2 bilan rostlanadi. Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqun kuchini pasaytirish uchun ularga parallel ravishda rezistor 5 (ba’zi hollarda kondensator) ulangan. Volfram kontaktlar 6 plastinalarga payvandlangan va normal holda tutashgan bo‘ladi. Elektromagnit chulg‘ami 9 tok manbaiga ulanganda, o‘zak 4 magnitlanadi va yakor 10 ni o‘ziga tortadi. Bu esa yakor mahkamlangan membranani egilishga olib keladi. Shu daqiqani o‘zida yakorga o‘rnatilgan shtift yuqoriga harakat qilib



Elektr tovush signali

Signallar relesining ulanish sxemasi





prujinasimon plastinaga ta’sir qiladi va kontaktlar 6 ni uzadi. Kontaktlarning uzilishi natijasida elektromagnit chulg‘amining tok zan-jiri ham uziladi, o‘zak 4 magnitsizlanadi, membrana 11 o‘zining elastikligi hisobiga daslabki holatiga qaytadi. Kontaktlar 6 yana tutashadi va signalning ishi takrorlanadi. Membrana harakati ta’sirida vujudga kelgan havoning tebranishi ma’lum chastotaga (200...400 Gs) ega bo‘lgan tovush hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Signalning zarur ohangi membrananing qalinligi va karnay shaklini tanlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Karnay qanchalik kalta va membrana qanchalik qalin bo‘lsa, signal ohangi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avtomobillarga ikki yoki undan ortiq karnayli tovush signali o‘rna-tilganda, signalni ulaydigan tugma kontaktlari orqali o‘tadigan tok qiymati 20...25A gacha yetib, uni kuydirishi mumkin. Signal tugmasi kontaklarini saqlash va
ishlash muddatini uzaytirish uchun signallar relesi (6.6-rasm) ishlatiladi. Tovush signalining tugmasi 5 bosilganda rele chulg‘ami 4 dan tok o‘tadi, uning o‘zagi magnitlanadi va yakorcha 3 ni tortib kontaktlar 2 ni tutashtiradi. Rele kontaktlarining ulanishi tovush signallari 1 ning tok manbaiga ulanishini ta’minlaydi. Signalni ulovchi tugma 5 kontaktlaridan o‘tadigan tok, rele o‘zagini magnitlash uchun yetarli bo‘lib, uning qiymati katta bo‘lmaydi.
Shovqinli (karnaysiz) tovush signali (16.3 - rasm) kosasimon disk ko‘rinishidagi
rezonator 19 ega bo‘lib, u membrana 18 bilan birga tebranadi. Shovqinli signallarda kontaktlar 9 orasidagi tirqish murvat 7 yordamida tashqaridan rostlanadi. Yakorcha 17 va o‘zak 13 orasidagi tirqish esa sterjen 12 ni burash yo‘li bilan rostlanadi. Uni burash rostlash shlisasi 2 yordamida amalga oshirilib, dastlab gayka bo‘shatilishi kerak. Rostlash jarayoni tugatilgandan keyin gaykani yana yaxshilab burab qo‘yish zarur.
3. Multipleks tizimi. Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan ximoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
Multipleksor qurilmasi birqancha kirishlardan birini yagona chiqishga uzatish uchun xizmat qiladi. (16.4- rasm).



16.4- pacM

Jadval 16.1

kirish adresi

Sinxr. signal

CHiq. Q

A1

A0

X

X

0

0

0

0

1

D0

0

1

1

D1

1

0

1

D2

1

1

1

D3







16.3-rasm. Shovqinli (kar- naysiz) tovush signali:
1-qopqoq, 2-rostlash shlits-asi, 3-qisuvchi shayba, 4-shponka chiqig'i, 5-uzgich prujinasi, 6- rostlash mur-vatining prujinasi, 7-rostlash murvati, 8-qobiq, 9- uzgich kontaktlari, 10-
markazlash-tiruvchi prujina, 11- sterjen tayanchi, 12-sterjen, 13- elektromagnit o'zagi, 14- kondensator, 15-chulg‘am, 16- prujinali osma, 17-yakor-cha, 18-membrana, 19-rezo-nator



4.2- pacM
Bu yerda 4 ta ma’lumot (D0, D1, D2, D3), ikkita adres (A0, A1) va bitta sinxro signalni qabul qiluvchi kirishlarga ega bo’lgan multipleksor tasvirlangan. Multipleksor yagona Q chiqishga ega .
Multipleksor o’z vazifasini bajarishi uchun uning har bir ma’lumot kirishi D^ ga ma'lum adres beriladi. Bizning misolimizda bu adreslar ikki razryadli kod (A0A1) ning kombinatsiyalaridan iborat bo’ladi.
Ma'lumotni ma'lum axborot kirishi D^ dan Q chiqishga uzatish uchun avval (A0A1) kirishlarga kerakli D^ ning adresi kodini uzatish kerak bo’ladi. So’ngra multipleksorning S kirishiga sinxroimpus berilsa, D^ kirishiga uzatilib turilgan ma’lumot multipleksorning Q chiqishiga uzatiladi. Multipleksorning ma’lumot kirishlar soni nma’l bilan adreslar kirishi nadr o’rtasida quyidagi bog’lanish mavjud q n adp
nma'l = (16.1)
4 ta axborot kirishiga ega bo’lgan

multipleksorning ish tartibi
16.1- jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadvaldan ma’lum bo’ldiki, sinxrosignal S nol bo’lganda, adres kirishlarida signal bo’lish-bo’lmasligidan qat’iy nazar, multipleksorning chiqishi Q bilan ma’lumot kirishlari Di o’rtasida bog’lanish bo’lmas ekan. Kerakli ma’lumot kirishi Di ni Q chiqishga ulash uchun S va adres kirishlarida bir vaqtning o’zida signal bo’lishi shart.
Faraz qilaylik, S=1 va A1A0 kirishga 01 kodi berilgan bo’lsin, u holda Q chiqish bilan D1 ma’lumot kirishi ulangan bo’ladi.
Integral sxema shaklida ishlab chiqariladigan multipleksorlarning axborot kirishlar soni D^ eng ko'pi bilan 8 ga teng bo'lishi mumkin. SHu tufayli ko’p kirishlarga ega bo’lgan multipleksor qurilmasini yaratish zaruriyati paydo bo’lsa, unda bunday qurilmani oddiy multipleksorlar asosida yaratish mumkin bo’ladi. Bunday usulda tuzilgan qurilmani multipleksor daraxt qurilmasi deyiladi.
16.5- rasmda 16 axborot kirishga ega bo’lgan multipleksor daraxt qurilmasini 4 axborot kirishga ega bo’lgan oddiy multipleksor asosida tuzilishi ko’rsatilgan.
Bu qurilma ikki bosqichdan tashkil topgan. Birinchi bosqich o’z ichiga 4 ta to’rt axborot kirishiga ega bo’lgan multipleksorni o’z ichiga oladi. Barcha 16 ta axborot kirishning birini yagona Q chiqishga uzatish uchun adres kirishlarida eng kamida 4 razryadli kod (x4x3x2x1) ni ishlatish kerak bo’ladi. Ushbu kodning x2x1 razryadlari birinchi bosqich multipleksorlarining adres kirishlariga beriladi. Ikkinchi bosqich faqat bitta multipleksordan iborat.
Uning axborot kirishlariga birinchi bosqich multipleksorlarining Q chiqishlari ulangan, adres kirishlariga esa adres kodining x3x4 razryadlari beriladi.
Uzatiladigan 16 axborot ketma-ket ravishda birinchi bosqich multipleksorlarining kirishlariga beriladi. Adreslash kodini x4x3 razryadi orqali kerakli Qi tanlab olinadi.


16.6- pacM

Kirish adresi

CHiq

ish

A1

A0

U0

U1

U2

U3

0

0

D

0

0

0

0

1

0

D

0

0

1

0

0

0

D

0

1

1

0

0

0

D




Jadval 16.2




Masalan, 11-nchi axborot kirishini Q chiqishga uzatish uchun x2x1 razryadiga 10 va x4x3 razryadga 00 kodi berilishi kerak.
Hozirgi davrdagi globallashuv jarayonining ta'siri ayniqsa atrof-muhitning ifloslanishi, er va energiya resurslarining cheklanganligi va texnikaning rivoji avtomobilsozlikda, deyarli 100 yillarda beri quvvat manbai bo'lgan ichki yonuv dvigatellarini (IYoD) sekin astalik bilan muqobil, ekologik toza manbalar bilan almashtirilmoqdi. Ko'pchilikning fikricha, bu borada elektromobillar istiqbolli kelajakka ega (16.2-rasm).
Elektromobilning kuch qurilmasi Elektromobillar nafaqat ekologik toza, balki ularni boshqarish dinamikasi yuqori. Chunki tezlanishning yuqoriligi xaydovchida ijobiy emosiyalarning kuchaytirib, uni xaytor qoldirishi ham mumkin. Chunki gaz pedalini bosgan zahoti g’ildiraklarga shu onda burovchi moment uzatiladi va avtomobil o’z joyidan tez qo’zg’aladi.
Hozirda elektromobillarning asosiy bozorlari AQSh, Yaponiya, Xitoy va Evropa davlatlari hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqaruvchilar kompaniyalar esa, Nissan
(Leaf), Mitsubishi (I MiEV), Toyota (RAV4EV), Honda (FitEV), Ford (Focus Electric), Tesla (Roadster i Model S), Renault (Fluence Z.E. i ZOE), BMW (Active C), Volvo (C30 Electric).
Elektromobil bir yoki bir nechta elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladigan transport vositasi hisoblanadi. Bunda elektrodvigatellar akkumulyator batareyalari, quyosh batareyalari yoki yonilg'i elementlaridan tok iste'mol qiladi. Shulardan eng keng tarqalgani akkumulyator batareyali tizimdir.
Akkumulyator batareyalar doimiy zaryadlashni talab etadi, ularni tashqi tok manbalaridan, tormozlash energiyasini rekuperasiya qilgan holda, hamda elektromobil bortidagi generator yordamida zaryadlash mumkin. Bunda generatorning yuritmasi IYoD yordamida harakatga keltiriladi, biroq bunday sxema elektromobil emas gibrid avtomobil turiga kiradi.
IYoD bilan jihozangan avtomobilga nisbatan elektromobillar sodda konstruksiyaga ega, harakatlanuvchi qismlari kam, demak ancha ishonchli hisoblanadi.
Elektromobillarning asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: akkumulyator batareyasi, elektrodvigatel, transmissiya, bort zaryadlovchi qurilmasi, invertor, o'zgarmas tok o'zgartgichi, elektron boshqaruv tizimi.
Tortuvchi akkumulyator batareyasi elektrodvigatellarni tok bilan ta'minlaydi. Ular bir-biri bilan ketma-ket ulangan modullardan tashkil topgan litiy-ionli akkumulyator batareyalaridan tashkil torgan. Undan chiqishdagi o'zgarmas tok kuchlanishi taxminan 300 V ni tashkil etadi. Akkumulyator batareyasi sig'imi elektrodvigatel quvvatiga mos bo'lishi zarur.
Elektrodvigatel zarur bo'lgan burovchi momentni hosil qilib beradi. Eletromobillarda quvvati 15 dan 200 kVt gacha bo'lgan uch fazali o'zgaruvchan tokli sinxron (asinxron) elektr mashinalari qo'llaniladi.
Elektromobil transmissiyasi ancha sodda, ko’p modellarda bir bosqichli tishli reduktorlar qo'llaniladi. Invertor esa akkumulyator batareyasidagi yuqori kuchlanishli o'zgarmas tokni elektrodvigatel uchun uch fazali o'zgaruvchan tokka aylantirib beradi (30-rasm).
O'zgarmas tok o'zgartgichi qo'shimcha 12 V li akkumulyator batareyasini zaryadlab turadi, u esa barcha elektr jihozlarini tok bilan ta'minlaydi (yoritish, siganilizasiya va boshq.).
Elektron boshqaruv tizimi harakat havfsizligi, energiyani tejash va yo'lovchilar komfortini ta'minlashga yo'nalgan ko'pgina funksiyalarni bajaradi: yuqori kuchlanishni boshqarish;
tortishni rostlash;
optimal harakatlanish rejimini ta'minlash;
ravon tezlanishni boshqarish;
akkumulyator batareyasi zaryadlanishini baholash;
rekuperativ tormozlashni boshqarish; energiyadan foydalanishni nazorat qilish.
Shunga qaramasdan elektromobillammg quyidagi kamchiliklari, ularni ommaviy ishlab chiqarishga hozircha to'sqinlik qilmoqda: narxining qimmatligi (50 ming $ va undan yuqori);
avtonomlikning cheklanganlagi (to'liq zaryadlanish taxminan 150-200 km masofaga etadi);
akkumulyatorlarni zaryadlash vaqtining ko'pligi (6-10 soat).


Elektromobil'
Butun dunyo bo'ylab bir necha kompaniyalar eletkromobillarning ishlab chiqarish bo'yicha ishlarni jadallik bilan olib bormoqdalar. Ularning maqsadi ekologik toza, ixcham, engil, arzon va resursi yuqori bo'lgan elektromobillarni ishlab chiqarishdir.
16.3-jadval
Dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilarining elektromobillar bo'yicha rejalari

Kompaniya

Mamlakat

Yil

Rejalari

Rimac
Automobili

Xorvatiya

2013
2016

Rimac Concept One sotishni boshlash, hozirda Rimac Concept S ham sotuvga chiqarilgan bo’lib - quvvati 300 o.k. va burovchi momenti 200 N*m ni tashkil etmoqda

Tesla Motors

AQSh

2012
2015
2017

Model S sotishni boshlash Model X ishlab chiqarish Model 3 sotishni boshlash




Kompaniya

Mamlakat

Yil

Rejalari

Renault

Fransiya

2012

Renault Zoe sotishni boshlash

Nissan

Yaponiya

2012
2013

Seriyali ishlab chiqarish
e-NV200 ni Ispaniyada ishlab chiqarish

Detroit Electric

Xitoy - AQSh

2012

Ishlab chiqarishni yiliga 270 mingga etkazish

BMW

Germaniya

2012

AQShda sotishni boshlash

Dongfeng
Nissan

Xitoy -
Yaponiya

2012

Xitoyda sotishni boshlash

Ford

AQSh

2010
2011
2012

Tijorat yuk avtomobili Mikroavtomobil' S-klass avtomobili

Toyota

Yaponiya

2012

iQ ishlab chiqarishni boshlash

Honda

Yaponiya

2012
2012

Xitoyda Fit EVni sotishni boshlash
AQShda Fit EVni sotishni boshlash

Chrysler

AQSh

2012

Ishlab chiqarishni boshlash.

General
Motors

AQSh

2013

Cadillac Converj ishlab chiqarish

Avtovaz

Rossiya

2012

Lada ELLada sotishni boshlash

SEAT

Ispaniya

2016

Altea XL Electric Ecomotive ishlab chiqarishni boshlash

Kia

Janubiy
Koreya

2012

Ray EV ishlab chiqarishni boshlash

BYD Daimler New Technology Co. Ltd.

Xitoy — Germaniya

2013

Denza ishlab chiqarishni boshlash

Mercedes-
Benz

Germaniya

2014

B-klass elektromobilini ishlab chiqarishni boshlash.

Mitsubishi
Motors

Yaponiya

2015

Rossiyada 7 modeldagi elektromobillarni sotishni boshlash

GM Korea

Janubiy
Koreya

2013

Chevrolet Spark ishlab chiarishni boshlash

Elektromobillarning sanab o'til

gan kamchiliklari qaysidir ma'noda gibrid kuch



qurilmalari yordamida o’z echimini topmoqda. Gibrid kuch qurilmalari elektrik tizim bilan boshqariladigan zamonaviy benzinli dvigatel va elektromotorlammg
birgalikda juftligidir. Bunday juftlik mashinaning harakat rejimlari bilan mos ravishda energiya sarfini rostlash imkonini beradi (31-rasm).


Download 230,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish