17-ma’ruza yoy so’ndirgich qurilmasi va kommutatsion apparat Ma’ruza rejasi


Ey so’ndirish qurilmalari tuzilishi, ishlash sharoiti



Download 1,39 Mb.
bet2/15
Sana16.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#495985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
электр йигиш маруза (1)

2. Ey so’ndirish qurilmalari tuzilishi, ishlash sharoiti
Katta tokli elektr zanjirlarni uzishda elekt qurilmalarda elektr yoyi hosil bo’ladi, chunki kontaktlar ajralishi tufayli avval bosish kuchi keskin kamayadi va kontaktlarning birikish yuzasi qizib ketadi. Natijada issiq katoddan (manfiy kontakt) qo’zg’aluvchi va atrof-muhitni ionlashtiruvchi elektronlar oqimi hosil bo’ladi. Shu sababli zanjir birdaniga uzilmaydi, bir muncha vaqt tok ionlashtiruvchi muhit orqali o’tadi. Yoy harorati yuqori haroratgacha ko‗tarilib, o’rtacha 5000 ºS atrofida bo’ladi. Yoy har qanday o’tkazgich kabi ma‘lum qarshilikka ega bo’lib, u yoyning uzunligi, kesimi, sovitish sharoiti va muhitga bog’liq.Manfiy kontaktdan musbat kontaktga metalning olib o‗tilishi kontakt yuza shaklining
Elektr apparatlarining kontakt ulanmalarining ulanishi yoki uzilishi ularning qo’zg’aluvchi (odatda bir vaqtda) kontaktlarini joyini surilishi bilan bog’liq. Apparatning qo’zg’aluvchi kontaktlari harakatga kelitiruvchi qurilma yuritma deb ataladi. Yuritmalarning quyidagi turlari mavjud:

  1. bevosita (qo’lda);

  2. elektromagnitli;

  3. elektropnevmatik;

  4. elektr dvigatelli.

Bevosita yuritmalar boshqarish apparatlarida (tumblerlar, avtomatik o’chirgichlar, ulagichlarda, shuningdek rubilniklar)da qo’llanadi.
Elektromagnitli yuritmada qo’zg’aluvchi tizimning surilishi elektro-magnit g’altak o’zagiga yakorning tortilishi hisobiga amalga oshiriladi. G’altakdan tok o’tishi natijasida hosil qilingan magnit maydoni yarmo, o‗zak, yakor, hamda yakor va o‗zak orasidagi havo bo’shlig’i orqali ulanadi. G’altakning zanjiri uzilganda yakor dastlabki holatiga (uzilgan ho -latiga) prujina bilan qaytariladi. O’zining ixchamligi, soddaligi va ishdagi ishonchliligi tufayli elektromagnit yuritmalar kontaklarga nisbatan kichik bosish kuchi va qo’zg’aluvchi tizimning siljish yo’li kichik bo’lishini talab qiladigan elektr apparatlarida keng qo’llanadi. Katta bosish kuc hi va katta siljish talab qilinadigan joylarda pnevmatik yuritmalar qo’llanadi. 50 mm gacha bo’lgan siljishlarda diafragmali yuritmalar, undan katta siljishlar talab qilinadigan joylarda esa porshenli yuritmalar qo’llanadi.
Pnevmatik yuritmalar ishlash tartibi quyidagicha: prujina ta‘siri ostida havoni chiqarish jarayonida (diafragma taranglik kuchi) shtok bilan birga -likda dastlabki (uzilgan) holatga harakatlanadi. Qo’zg’aluvchi kontaktlar qo’zg’almas kontaktlardan ajralib zanjirni uzadi. Ishchi kameraga havo kiritilishi bilan, porshen shtokni siljitadi (yoki shtokni siljitgan holda diaf-ragma egiladi). Shtok apparatning qo’zg’aluvchi kontaktlari bilan bog’langan. Porshen (shtok) yurish yo’li oxirida qo’zg’aluvchi kontaktlar ulangan holatda bo’ladi. Ba‘zi apparatlar ikki holatli yuritmalarga ega, ya‘ni yurit-ma ikkita tayanch holatiga ega. Birinchi holatda apparatning bir qancha kontakt birikmalari ulansa, ikkinchi holatda boshqa kontakt birikmalari ulanadi. Bunday yuritmalarda ishchi kameradan havo chiqishi, uning holatini o‗zgartirmaydi, faqatgina ikkinchi kameraga havo uzatilganda u holatini o’zgartirishi mumkin.
Elektr dvigatelli yuritma ko’p holatli yuritmalarda qo’llanadi. Hozirgi vaqtda bunday yuritmalar teplovozlarda qo’llanmaydi. Bunday yuritmalar elektrovozlarning asosiy ulagich mushtchali valining yuritmasida keng qo’llanadi.

Elektr apparatlarning ishlash sharoiti va vazifasi


Lokomotivlarning ishlash jarayonida elektr apparatlar vibratsiya, zarblar, haroratning keskin o’zgarishi, chang, dizel yoqilg‗isi va dizel mo -yi parlari ta‘siriga uchraydi. Vibratsiya elektr apparatlarning detallari tebranishiga olib keladi. Bu tebranishlar boltli birikmalarni bo’shab qolishiga, tarmoqlanadigan chiqish joyi uzilishiga yoki elektr apparatlar ning to’satdan ishga tushib ketishiga olib keladi. Bunday holatlar sodir bo’lmasligi uchun, barcha qotirish detallari – boltlar, gaykalar, vintlar, shpil-kalar, prujinali shaybalar bilan o’rnatiladi. Bir qator elektr apparatlarga shplintlar, kontrgaykalar, groverlar va bukib qo’yiladigan shaybalar o’rnatiladi.
Ishonchli elektr kontaktlar hosil qilish uchun tok o’tkazuvchi qismlar kavsharlanadi. O’tkazgichlar vibratsiya va zarblar ta‘sirida siljib ketishiga yo’l qo’ymaydigan tarzda ulanadi.
Elektr apparatlarning bir qismi amortizatorlarga o’rnatiladi. Yuqori sezgirlik va aniqlikga ega bo’lgan elektr apparatlari himoya qobiqlari (kojux) bilan yopiladi.
Mis va mis qotishmasidan tayyorlangan detallar qalay bilan qoplanadi yoki maxsus emal hamda lak bilan bo’yaladi, faqat detallarning ishchi kontaktlari bundan mustasno. Qora metallardan tayyorlangan detallar rux bilan qoplanadi yoki bo’yaladi, ayrim hollarda esa xrom va nikel bilan ishlov beriladi.
Sharnirli birikmalarni po’lat o’qlari odatda qoplamasiz tayyor lanadi, lekin birikma teshiklariga bronza yoki latundan tayyorlangan vtulkalar presslab kiritiladi. Izolyator ichiga kirib qolgan chang izolyatsiyani to’sib qo’ymasligi uchun tok o’tkazuvchi detallar orasidagi masofa
kattalashtiriladi. Lokomotivlarning elektr apparatlari og’ir tortish sharoitida ishlashga moslashtirilganiga qaramasdan, ularning avariyasiz ishlashi asosan ularga ko’rsatilayotgan texnik xizmat ko’rsatish sifatiga bog’liq.
Lokomotivlarning elektr sxemasi yordamida amalga oshiriladigan vazifalarni aniq tasavvur qilish va ifodalash uchun dizelni yurgizib yuborish, gidravlik uzatmali lokomotivni harakatga keltirish jarayonida bajariladigan ishlarni ko‗rib chiqamiz. Gidravlik uzatmali lokomotivning elektr sxemasi elektr uzatmali lokomotiv elektr sxemasiga nisbatan ancha sodda ko‗rinishga ega.
Dizelni yurgizib yuborish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur:
1) Dizelning yoqilg’i tizimini yoqilg’i bilan to’ldirish va past bosim kollektorida ortiqcha bosimni hosil qilish kerak (0.1-0.3 MPa). Bu jarayonni ikki usulda amalga oshirish mumkin.
Birinchi usulda dizel ishga tushmagunicha bu jarayon qo’l nasosi yordamida amalga oshiriladi, lekin bu juda ko’p vaqtni talab etadi va noqulayliklar paydo qiladi, shu sababli zamonaviy lokomotivlarda bunday nasoslar qo‗llanilmaydi. Ikkinchi usulda elektr yuritmali yoqilg’i so’rish nasosining elektr dvigatel yakoriga kuchlanish berib amalga oshiriladi.
2) Lokomotiv va dizelning moy tizimi moy bilan to’ldiriladi. Dizelni yurgizib yuborish jarayonida, uning tirsakli vali bo’yinlari va o’zak podshipniklarining vkladoshlarida quruq ishqalanishni oldini olish uchun moy uzatish zarur. Lekin tirsakli val birinchi harakatni amalga oshirayotganligi sababli, tirsakli valdan harakat oluvchi asosiy moy nasosi kerakli bosimni hosil qilib bera olmaydi. Moyni uzatish yordamchi moy nasosi bilan amalga oshiriladi. Yordamchi moy nasosi doimiy tok elektr dvigatelidan harakatga keltiriladi.
3) Moyni haydash vaqti o’tgandan (60-90s) va dizelning moy kol-lektorida yetarli bosim hosil qilingandan so’ng (0.025-0.05 MPa) vaqtin-chalik zanjir bo’yicha regulyatorning to’xtash elektromagniti g’altagiga tok beriladi, natijada dizelni yurgizib yuborish jarayonida tsilindrlarga purkaladigan yoqilg’i miqdorini oshirish imkoni hosil bo’ladi.
4)Dizelni yurgizib yuboruvchi elektr mashinalarning tortuv elektro-magnit g’altagi ta‘minlash manbasiga ulanadi, natijada elektr mashinaning tishli g’ildiragi dizelning maxovigi tishli gardishi bilan tishlashadi.
5) Tishli g’ildirak surilgandan so’ng, elektr mashinalar yakorining o’ramiga tok berilsa, dizelning tirsakli vali aylana boshlaydi.
6) Dizelni yurgizib yuborish jarayoni tugallangandan so’ng (agar dizel yurgizib yuborilsa) yoki tirsakli valni aylanishi uchun belgilangan eng so’nggi muddat o’z nihoyasi etgand an so’ng (agar dizel yurgizib yuborilmasa), dizelni yurgizib yuborish elektr zanjiri uziladi. Agar dizel yurgizib yuborilsa, u holda dizel regulyatorining to’xtash elektromagniti g’altagi tok bilan doimo ta‘minlanib turiladi.
Shunday qilib, bir qancha amallarni bajarish (moy va yoqilg’ini hay-dash, regulyatorning to’xtash elektromagnitini ta‘minlash manbasiga ulash), mazkur sharoitda elektr jihozlarni qo’llamasdan bajarish mumkin emas.
Dizelning tirsakli valini maxsus taqsimlash qurilmalari orqali tsilindrlarga siqilgan havo yuborish yo’li bilan aylantirib yuborish mumkin. Bunday usulda yurgizib yuborish pnevmatik yurgizib yuborish deb nomlanadi, bu usuldan asosan kemalarda qo’llanuvchi dizellarida keng foydalaniladi. Lekin bu usulda ham maxsus yuqori bosimli havo kompressoriga ega bo’lish kerak, havo kompressorini esa o’z navbatida elektr dvigatel yordamida harakatga keltirish qulay hisoblanadi.
Tortish jarayonida lokomotivni boshqarish asosan dizel tirsakli vali-ning aylanishlar sonini o’zgartirishdan iborat bo’lib, dizel regulyatorining elektr magnitlarini ulash kombinatsiyalarini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Elektromagnitlar kombinatsiyalarini o’zgartirish uchun maxsus o’zgartirgich, mashinist kontrolleri qo’llanadi. Mashinist kontrolleri holatini o’zgartirish bevosita mashinist tomonidan dastakni burish orqali amal-ga oshiriladi.
Lokomotivni harakatga keltirish uchun gidrouzatmaning reversiv muftasini tanlab olingan harakatlanish yo’nalishiga mos ravishda surish zarur (ya‘ni reversiv muftani boshqaruvchi servotsilindrga havo uzatish uchun mos keluvchi elektropnevmatik ventilni ulash orqali amalga oshiriladi) va yurgizib yuborish uchun gidrotransformatorning moylanuvchi doirasi moy bilan to’ldiriladi (bu gidrouzatmani boshqarish tizimi ventilining g’altagiga mok berish bilan amalga oshiriladi). Lokomotiv ma‘lum tezlikga erishga-nidan so’ng yurgizib yuborish gidrotransformatoridagi moy aylanish doirasi bo’shatiladi (elektr gidravlik ventilni uzish orqali), yurish gidrotrans-formatoridagi moy aylanuvchi doira esa to’ldiriladi(mos ravishda gidrou zatmani boshqarish tizimidagi ventilni ulash orqali), bu holatda ulash jara-yoni to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, mashinistning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Shunday qilib, aynan elektr sxemalar lokomotiv kuch qurilmalarining o’zaro ta‘sirini va ularni mashinist tomonidan boshqarilishini ta‘minlaydi.
Dizelni yurgizib yuborish vaqtida boshqarish zanjiri va elektr mashinalarni zanjiri ta‘minlash katta sig‗imli akkumulyator batareyalari orqali amalga oshiriladi (250 -550 Amper*soat). Dizel ishlayotgan vaqtda, akkumulyator batareyasi maxsus yordamchi
generatordan zaryad oladi, uning kuchlanishi, kuchlanish regulyatori yordamida bir xilda (24 -110 V) ushlab turiladi. Ba‘zi bir lokomotivlarda sovutgich shaxtasi ventilyatorining yuritish uchun elektr dvigateldan foydalaniladi. O’z navbatida elektr dvig atelni ta‘minlash maxsus doimiy tokda ishlovchi uyg‗otgich orqali amalga oshirilib, uning yakori yordamchi generator yakori bilan bir o‗qda joylashgan va har ikkala mashina (yordamchi generator va uyg’otgich) ikki mashinali agregatni hosil qiladi. Yuqoridagi ko’rsatib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, gidravlik uzatmali lokomotivlarning oddiy elektr sxemasi ham bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradi.
Elektr uzatmali lokomotivlarda elektr sxema bir qancha o’xshash masalalarni echish bilan birga elektr uzatmaning ishini boshqarishga bogliq bir qancha qo’shimcha funktsiyalarni ham bajaradi (dizelni yurgizib yuborish va dizel ishini boshqarish, akkumulyator batareyasini zaryad qilish, qum uzatish tizimini boshqarish, yoritish, dizel va uzatmani avariya is h tartibidan himoya qilish, sovutgich shaxtasi ventilyatorining yuritmasi, lokomotiv signalizatsiyasi va xavfsizlik qurilmalarini ishlashi).
Elektr uzatmali lokomotivlarning kuch qurilmasi tortuv generatoridan,to’g’irlash uskunalaridan, tortuv elektr dvigatellaridan tashkil topgan. Tortuv generatorining kuchlanishini, uning tokiga bog’liq holda sozlanadi. Tortuv generatorining kuchlanishini sozlash murakkab avtomat tizim orqali amalga oshiriladi. Ko’pgina lokomotivlarda elektrodinamik tormoz qo’llanilib, u qo’shimcha elektr toki yo’nalishini o’zgartiruvchi kuch kommutatsion apparaturasi va avtomat sozlash tizimining qo‗llanishini talab qiladi, bu esa sxemani yanada murakkablashtiradi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish