17-Mavzu: Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja



Download 24,71 Kb.
bet1/6
Sana12.07.2022
Hajmi24,71 Kb.
#781037
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-maruza


17-Mavzu: Sport trenirovkasining tamoyillari.
Reja



  1. Yuksak ko’rsatkichlarga intilish.

  2. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi.

  3. Sport mashqi jarayonining uzluksizligi.

  4. Sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi.

  5. Sport mashqi yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi.

  6. Sport mashqi jarayonining davriyligi (siklligi).

Tamoyillarning sport mashqi qonuniyatlari ekanligi, yuksak ko’rsatkichlarga intilish, sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi, sport mashqi jarayonining uzluksizligi, sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi.Sport mashqi yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi.Sport mashqi jarayonining davriyligi (siklligi).Sport mashqi tamoyillarining o’zaro aloqadorligi va h.k.


Sport mashqi barcha jarayonlar kabi o’zining qonuniyatlarini


(vazifasi)ni bajaruvchi tamoyillariga ega. Bu tamoyillar sport mashqini ko’p yillar jarayonida o’rganilishi, to’plangan tajribalarni tahlili va jahonda sportda erishilgan yutuqlarni shakllanish jarayonlarini asoslarini ilmiy tahlil qilishning natijalaridan kelib chiqqan xulosalar deb hisoblash mumkin. Anashularga tayanib, sport mashqi quyidagi asosiy tamoyillardan iborat.
Yuksak ko’rsatkichlarga intilish
Sport yuksak ko’rsatkichlarga intilish va ularni doimo yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanilganda natijalar imkon boricha yuqori darajada bo’lishi nazarda tutilmaydi. Sport faoliyatida esa, eng yuqori natijaga erishish turli sportchilar uchun turlichadir. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yo’lida mumkin qadar ko’proq natija sari intilishdadir.
Sport yutuqlari albatta shunchaki o’zicha muhim bo’lmay, balki kuch-quvvat, qobiliyat, mahorat taraqqiyotining aniq belgili ifodasi sifatida muhimdir. Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi, chunki u insonning eng muhim hayotiy qobiliyatlarini eng yuqori darajada takomillashtirishga intilish degan ma’noni bildiradi. Bunday intilish sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari bilan, jumladan, sport musobaqalari tizimi va obro’ ortiruvchi rag’batlantirish choralari bilan (boshlang’ich sport razryadi berilishidan to chempionlik oltin medaligacha va yuksak sport ko’rsatkichlari uchun umumhalq olqishiga sazovor bo’lishigacha) qo’llab-quvvatlab boriladi. (m: Muhammadqodir Abdullayev, Abdullo Tangriyev va b.)
Yuksak ko’rsatkichlarga intilish sport mashqini shunga moslab tashkil qilish, eng ta’sirli (mashqni ko’proq foyda keltirishi ma’nosida) vosita va uslubiyatlardan foydalanish, nihoyat darajada chuqur ixtisoslanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Eng yuqori natijaga intilishda sport mashqining o’ziga xos belgilari:
- mashqlarni yuksak darajada bo’lishi, yuklama va dam olishning davriylikdan iborat bo’lib almashib turishi va hokazolar – mavjud bo’lishini talab etadi.
Sport mashqining yuqorida aytib o’tilgan qonuniyatlari sportdagi ko’p yillik kamolot bosqichlariga bog’liq tarzda turlicha namayon bo’ladi. Dastlabki bosqichlarda sport bilan umumiy tayyorgarlik yo’lida o’tkaziladi, bunda trenirovka jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilarga ega bo’lmaydi – oliy ko’rsatkichlarga intilish uzoq kelajak xarakteriga ega bo’ladi. Organizmning yosh jihatdan shakllana borishi va mashq darajasining yuksala borishiga qarab, bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qo’yadigan yosh ulg’ayishiga bog’liq va boshqa omillar sodir bo’lmaguncha to’liq ravishda amalga oshirilib boradi.
Yuqoridagi aytilganlardan ko’rish mumkinki, orta borishning umumiy tamoili sport mashqi sohasida alohida mazmun kasb etar ekan. Uni sportning ma’lum turida imkoniyat boricha maksimal darajada kamol topishni ta’minlash talabi sifatida tushunish kerak. Bu esa chuqur ixtisoslashtirish zaruriyatini anglatadi.
Sportda ixtisoslashish sport faoliyati jarayonida vaqt va kuch-g’ayrat sarflashning shunday taqsimlanishi bilan xarakterlanadiki, bu sportning tanlangan mazkur turini takomillashtirish uchun g’oyat qo’lay bo’lgani holda, sportning boshqa turlari uchun bunday bo’lmaydi. Shu munosabat bilan sport mashqini uyushtirishda shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish g’oyatda muhimdir.
Sportchining shaxsiy moyilligiga muvofiq ravishda o’tkaziladigan ixtisoslashtirish uning sport sohasidagi iste’dodini mumkin qadar to’laroq namoyon etishga hamda sport qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. (m: Muxammadqodir Abdullayev, M.Safin). Aksincha ixtisosning xatto sportchining shaxsiy fazilatlariga mos kelmaydigan bo’lishi sportchi va ustozlarning ko’pgina harakatlarini yo’qqa chiqaradi.
Sportda yuksak ko’rsatkich faqat ijodiy izlanish sharoitidagina erishilish mumkin. Yangi sport yutug’i hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir, sportchi imkoniyatlardan foydalanishning yangi usullarini sport mashqining yangi uslubiyatlarini kashf etishdir. Shuning uchun sportchidan ishga shunchaki ongli munosabatda bo’lishigina emas, balki uning mohiyatiga chuqur tushunib yetish va shunchaki faollik emas, balki doimiy, ijodiy tashabbus talab qilinadi. Shuning uchun sport mashqiga rahbarlik qilishda onglilik va faollilikning umumiy pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir.



Download 24,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish