17-мавзу: Vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirilgan shaxslarning huquqlari va qonun bilan himoya­lanadigan manfaatlari



Download 16,29 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi16,29 Kb.
#679748
Bog'liq
17-мавзу-я


17-мавзу: Vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirilgan shaxslarning huquqlari va qonun bilan himoya­lanadigan manfaatlari.
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan VSХda saqlanayotgan shaxs imkoni boricha VSХda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar har kuni ehtiyojga qarab qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
VSХga olib kelingan shaxslar ular olib kelingan kundan boshlab ikki kun ichida davlat sog`liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida majburiy rentgenoflyurogra-fik tekshiruvidan o`tkaziladi. Olingan tibbiy ko`rik natijalari ularning tibbiy kartasiga yozib qo`yiladi.
VSХda saqlanayotgan shaxs og`ir kasallikka chalingan taqdirda, VSХ ma’muriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki prokurorga darhol xabar qiladi.
VSХda saqlanayotgan shaxsga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish zarur bo`lganda, ularni davlat sog`liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish VSХ boshlig`ining yozma ruxsati bilan amalga oshirilib, 12 soat ichida jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
VSХda saqlanayotgan qamoqqa olingan shaxslarning davolanishi uchun uzoq (10 kundan ortiq) vaqt talab etilganda, hududiy sog`liqni saqlash organlari tomonidan berilgan xulosa asosida ular hududiy tergov hibsxonalarining tibbiyot bo`limlariga davolanish uchun joylashtiriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslarga tibbiy xizmat ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Dori vositalari bemorlarning o`zlariga faqat bir kunlik iste’mol uchun VSХ tibbiyot xodimi ruxsatiga ko`ra berib qo`yiladi.
VSХda saqlanayotgan shaxsning ovqat yeyishdan bosh tortganligi fakti aniqlanganda, VSХ navbatchisi darhol jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organni, shuningdek prokurorni bu haqda xabardor qilishi shart.
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan shaxsning sog`lig`ini saqlab turishga qaratilgan majburiy tusdagi choralar (sun’iy va majburiy ovqatlantirish) agar uning hayoti yohud sog`lig`iga xavf tug`ilsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar posilkalar, yo`qlovlar va banderollar olish huquqiga ega.
VSХda saqlanayotgan shaxslar ushlab turilgan davrida og`irligi pochta aloqasi xizmatlari ko`rsatish qoidalarida belgilangan normalardan oshmaydigan bitta posilka yoki banderol. Shuningdek umumiy og`irligi 12 (o`nikki) kilogrammgacha bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ikkita yo`qlov olishiga ruxsat etiladi.
VSХda saqlanayotgan homilador ayollar va bolali ayollar, voyaga yetmaganlar, shuningdek shifokorning yozma xulosasiga ko`ra davolanishga hamda kuchaytirilgan ovqatga muhtoj deb topilgan bemorlar, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari uchun yo`qlovlarning soni va og`irligi cheklanmaydi.
Posilkalar, yo`qlovlar va banderollar qabul qilib olingandan so`ng, 24 (yigirmato`rt) soat ichida VSHda saqlanayotgan shaxsga beriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar yozishmalar uchun zarur ashyolarni (konvertlar, markalar, telegramma blankalari, qog`oz va boshqalarni) VSХ xodimlari orqali sotib oladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslarning yozishmalari VSХ ma’muriyati orqali amalga oshiriladi hamda senzuradan o`tkaziladi. Senzura VSХ ma’muriyati tomonidan, zarur bo`lgan taqdirda esa jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslarning barcha xat-xabarlari yuborilgan yoki olingan sana maxsus jurnalda qayd etiladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar kamida 1 (bir) soat davom etadigan har kungi sayr etish huquqiga ega.
VSХda saqlanayotgan shaxsning qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning uchrashuvga kelgan shaxs hamda aniq ma’lumotlar ko`rsatilgan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan yozma ruxsati asosida VSХ boshlig`i tomonidan davom etish muddati 2 (ikki) soatgacha bo`lgan bitta uchrashuvga ijozat berilishi mumkin.
Uchrashuv jarayonida himoyachi tomonidan VSХda saqlanayotgan shaxslarga ta’qiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish holatlari aniqlanganda, VSХ boshlig`i tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv o`tkazilishi lozim. Bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organga ma’lum qilinadi. Tekshiruv natijalari xulosa nusxasi bilan birga yuqori turuvchiorganga, O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.
Фан ўқитувчиси Нурбобоев Ш
Download 16,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish