19-Laboratoriya ishi. Qurilish qorishmalari. Qorishmaning asosiy xossalarini aniqlash



Download 94,35 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2022
Hajmi94,35 Kb.
#691207
  1   2   3   4   5
Bog'liq
19-Лаборатория иши ҚУРИЛИШ ҚОРИШМАСИ лотин


19-Laboratoriya ishi.
Qurilish qorishmalari. Qorishmaning asosiy xossalarini aniqlash.
1. Qorishma aralashmasining xarakatchanligini aniqlash.
Umumiy ma’lumotlar: Qorishmaning harakatlanuvchanligi deganda, g‘isht yoki toshga chaplangan qorishmaning yupqa qatlam ko‘rinishida yoyilish xususiyati hamda negizdagi jami unqir-chunqirlarni to‘ldirish qobiliyati tushuniladi. Qorishmaning harakatlanuvchanligini aniqlash uchun maxsus asbobdan foydalaniladi va uning po‘latdan yasalgan etalon konusi qorishmaga qanday chuqurlikda botishiga qarab qorishmaning harakatlanuvchanligiga baho beriladi.
Qorishmaning harakatlanuvchanlik darajasini aniqlashda 1-rasmdagi asbobdan foydalaniladi.
Asbob va uskunalar: Qurilish qorishmasining harakatlanuvchanligini aniqlaydigan StroySNIL konusi, qorishmani zichlash uchun diametri 12 mm, uzunligi 300 mm bo‘lgan po‘lat sterjen, sekundomer, belkurak, qorishma namunasi.
1-rasm. Qurilish qorishmasining harakat-lanuvchanligini aniqlaydigan StroySNIL konusi, shtativ (3) ustuncha unga biriktirilgan tutgichlardan tashkil topgan, pastki tutgich uchiga vint o‘rnatilgan, vint konus bilan birga suriladigan sterjenni (1) bir joyda ushlab turadi. Asbobning tutgichlariga darajalarga bo‘lingan shkala (2) mahkamlangan; sinash paytida asbob konusining qorishmaga qanday chuqurlikda botganligi va botgan qismining hajmi shu shkala bo‘yicha topiladi. Konusning sterjeni (1) va yukcha (ballast) bilan birgalikdagi massasn — 300 g, balandligi — 145 mm va negizining diametri 75 mm bulishi lozim. Qorishma tuldiriladigan idish (4), pulat tunukadan kesik konus shaklida yasalgan.
Tajribani bajarish tartibi: Qorishmaning harakatlanuvchanligini aniqlash uchun idishga qorishma to‘ldiriladi, uning sathi idishning yuqorigi chetiga 1 sm etmay turishi lozim. Keyin qorishmani sterjen yordamida 25 marta shibbalash va idishni stolga 5 - 6 marta sekin-sekin urib, qorishmani zichlash kerak. Sungra etalon; konusning uchi idishdagi qorishmaga tekkizib quyiladida, vint 3 ni burab, sterjen shu holatida maxkamlanadi va asbobning mili shkalaning qaysi bo‘limida turganligini 1mm aniqlikda qayd qilinadi. Keyinchalik vint 3 bo‘rab bo‘shatiladi, bir vaqtda sekundamer xam ishga tushiriladi, sterjen bilan etolon konus pastga surilib tushib, o‘z og‘irligi ta’sirida konus qorishmaga botadi, bir minut o‘tgadan keyin yana shkaladagi raqam 1 mm aniqlikda yozib olinadi. SHkaladan birinchi va ikkinchi marta yozib olingan ko‘rsatkichlar orasidagi tafovut 1 mm aniqlikda xisoblanadi, ushbu qiymat konusning qorishmaga qanchalik botganligini ifodalaydi. Qorishmaning yoyiluvchanligini ko‘rsatuvchi (santimetrlarda) qiymat ikki marta o‘tkazilgan sinov natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqariladi. Ikkita o‘tkazilgan sinov natijalaring farqi 20 mm dan oshmasligi lozim, agar sinov natijalari 20 mm dan ko‘p farq qilsa sinov qaytadan bajariladi.
Qorishma yoyiluvchanligiga qarab quyidagi tablitsada ko‘rsatilgan yoyiluvchanlik markalariga bo‘linadi.

Siljuvchanlik markasi, Pk

Konus cho‘kishiga qarab siljuvchanlik ko‘rsatkichi, sm

Pk 1

1 – 4

Pk 2

4 – 8

Pk 3

8 – 12

Pk 4

12 – 14



Qorishmaning qayirda qanday maqsadda ishlatilishiga qarab tavsiya qilinadigan sijuvchanligi quyidagi tablitsada ko‘rsatilgan.

Qorishma qayirda qanday maqsadda ishlatilishi.

Siljuvchanlik, sm

G‘ishtlardan hamd abetondan va engil tog‘ jinslariga mansub tabiiy toshlardan odatdagicha devor qurishda

9 – 13

Serteshik g‘ishtlardan yoki uzunchoq kovakli sopol toshlardan odatdagicha devor qurishda

7 – 8

Xarsangtoshlardan devor qurishda

4 – 6

Xarsangtosh devorning kovak-bo‘shliklarini to‘ldirishda

13 – 15

Silkitib zichlanadigan tosh devor qurishda

1 – 3




Download 94,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish