1920- sulolalar davrida Misr podsholigi
Reja:
19-sulola davrida Misr.
So`nggi podsholik davrida Misr
Qadimgi Misr madaniyati
Qadimgi Misr fani va diniy e`tiqodi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. 19-sulola davrida Misr. Miloddan avvalgi XIV asr o`rta-lariga kelib Misrda ahvol og`irlashgan. Mamlakatda ho`jalik ishdan chiqqan. Suriya, Palastin va Nubiya mamlakatlari Misrga itoat etmay qo`yganlar. Ana shunday og`ir sharoitda nomarxlarning zodagon urug`idan bo`lgan Xoremxeb to`ntarish yasab Misr taxtiga o`tiradi. U 19-sulolaning asoschisi bo`lib, miloddan avvalgi 1395-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, Aton e`tiqodini bekor qiladi, eski Amon e`tiqodini tiklab uning ruhoniylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir necha ma`muriy islohotlar o`tkazib qo`shinni qayta tuzadi, soliq tizimini tartibga keltiradi, o`g`irlik, askarlarning talonchiligi va amaldorlarning poraxo`rligiga qarshi choralar ko`radi. Og`ir jinoyatchilarga qarshi oiim jazosini joriy etadi. U tashqi siyosat masalasiga katta e`tibor bilan qaraydi. U Suriya, Palastin va Nubiyaga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtiradi. Xoremxeb mamlakat xo`jaligini yaxshilash uchun choralar ko`radi. U miloddan avvalgi 1338-yilda vafot etadi. Uning vorislari Ramzes I (1338 1337), Seti I (1337-1317)lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchayib yuksaladi. Seti I davrida Misr qo`shinlari Suriya, Palastin va Finikiya ustiga bostirib borib, Tir, Magiddo, Kadesh kabi shaharlarni bosib oladilar. Seti I davrida Palastindagi hokimlar qo`zg`oloni bostiriladi. Harbiy yurishlar natijasida Misrning O`rtayer dengizi sharqiy sohilidagi mamlakatlar ustidan bo`lgan ta`siri kuchayadi. Natijada u mamlakatlar bilan Misrning aloqasi izga tushiriladi. Misrda qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanadi.
2. Ramzes II davrida Misr. Seti I miloddan avvalgi 1301-yilda vafot etganidan so`ng Misr taxtiga uning o`g`li Ramzes II (13011235) o`tiradi. U mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodon-chiligiga katta e`tibor beradi. Ramzes II davrida yangi yerlar o`zlashtiriladi, sug`orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topadi.
Ramzes II O`rtayer dengi-zining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni bosib olish uchun Kichik Osiyodagi Xettlar bilan qat-tiq kurash olib boradi. U miloddan avvalgi 1296-yilda bo`lib o`tgan jangda xettlardan yengilib asir tushishiga oz qoladi. Miloddan avvalgi 12961280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o`rtasida qonli janglar bo`lib o`tadi. Urushda goh Xett, goh Misr qo`shinlari g`olib chiqqanlar. Nihoyat miloddan avvalgi 1280-yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettusili III o`rtasida tinchlik va do`stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko`ra ikki mamlakat podsholari bir-birlariga har tomonlama yordam berishga kelishib olinadi. Ana shu bitimning Misr va akkad tillarida yozilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. Bitimda mingta Xett va mingta Misr xudolari garov qilib qo`yilganligi bayon etilgan. Bitimga muvofiq Suriyaning shimoli Xett davlatiga, Janubiy Suriya, Palastin va Finikiya sohillarining katta qismi Misr tasarrufiga o`tgan. Ramzes II davrida Misr qo`shinlari Nubiyaga ham bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirganlar. Misr qo`shinlari u yerdan juda ko`p boylik va o`ljalar bilan qaytganlar. Ramzes II davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq yuksalgan. Misr harbiy jihatdan sharqning eng qudratli davlatiga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |