1—Amaliy. Almashlab ekish asoslari. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullari. Ishning maqsadi: Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullarini o’rganish



Download 207,64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi207,64 Kb.
#903199
Bog'liq
1-Amaliy



1—Amaliy. 
Almashlab ekish asoslari. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni 
yaxshilash usullari. 
Ishning maqsadi: Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash 
usullarini o’rganish. 
Tuproq unumdorligi tuproqning o‘simliklarni yetarli suv, oziq moddalar va 
boshqalar zarur sharoit bilan ta’minlay olish xususiyati. Har qanday tuproqda 
ma’lum darajada tabiiy unumdorlik bor. Tuproqning chirindili va strukturali ustki 
qatlami unumdor, pastki qatlamlari kam unumdor tuproq u tabiiy va sun’iy bo‘ladi. 
Bo‘z yerlar tuprog‘i tabiiy unumdorlik tabiiy sharoit va tuproq paydo bo‘lish 
jarayonidagi faktorlarga bog‘liqligidan, ba’zan past, ba’zan yuqori bo‘ladi. Yerni 
ishlash, sug‘orish, o‘g‘itlash, zaxini qochirish va sho‘rini yuvish singari 
agrokompleks tadbirlar bilan tuproqda sun’iy unumdorlik vujudga keltiriladi. 
Tuproq unumdor bo‘lishi uchun uning tarkibida o‘simliklarga zarur hamda 
suvda oson eriydigan oziq moddalar, issiqlik havo, suv va boshqalar yetarli bo‘lishi 
kerak. Unumdorlikda suv va oziq rejimining, ya’ni tuproqdagi biologik 
jarayonlarning yaxshilanishi, shuningdek tuproq strukturasiniig ahamiyati katta. 
Strukturali tuproqda aerob bakteriyalar ta’sirida mikrobiologik jarayonlar 
yaxshilanadi, organik moddalar suvda eriydigan va o‘simliklarga oson singadigan 
formatda o‘tadi. 
O‘simliklar hayoti va tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning normal borishi 
uchun issiqlik ham zarur. o‘simliklarning normal oziqlanishi va rivojlanishi uchun 
tuproqda zararli moddalar, chunonchi, kislota, ishqor, kislorodsiz birikmalar, xlorid 
va sulfat tuzlari birikmalari bo‘lmasligi kerak qora tuproqlar, to‘q tusli va tipik 
bo‘z tuproqlar, o‘tloqi, o‘tloq-botqoq tuproqlar unumdor, sho‘rxok sho‘rtob, taqir 
tuproqlar kam unum bo‘ladi. Almashlab ekish, yerni sifatli ishlash, o‘g‘itlash, 
eroziyaga qarshi kurashish, ishqoriy reaksiyali yerlarga gips solish va dalalar 
atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilish kabi agrotexnika, agroximiya va 
agromeliorasiya tadbirlarining har qaysi zonaga mos sxemasini qo‘llash tuproq 
unumdorligini oshirish hamda ekinlardan mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi. 
Yerdan to‘g‘ri foydalanilganda uning unumdorligi kamaymaydi tuproq 
unumdorliginipg muhim faktori tuproq s p. iqlim sharoiti, joyning relyefi, 
o‘simliklar, tuproqning suv xossalari, yer osti suvining chuqurligi va insonning 
dehqonchilikdagi faoliyatiga bog‘liq Suv tuproqdagi fizik kimyoviy, bioximiyaviy 
va biologik jarayonlarda muhim rol o‘ynab, o‘simlik va mikroorganizmlar hayotiy 
talabini ta’min etuvchi muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. 
Tuproqda suv mo‘tadil bo‘lsa, undagi ijobiy jarayonlar rivojlanadi va 
unumdorlik yaxshilanadi. Ijobiy sharoit tuproqning organik mexanik tarkibi, 
strukturam, fizik va fizik-mexanik xossalariga bog‘liq. Tuproqda suv har xil fizik 
holatda (bug‘simon, gigroskopik parda, kapillyar va gravitasion) bo‘ladi. 
Bug‘simon va gigroskopik xili o‘simliklar uchun deyarli foydasiz, parda suv yerga 
qisman, kapillyar va gravitasion suvlar esa yaxshi singadi va foydali hisoblanadi. 
Tuproq strukturasi quyidagi tiplardan iborat: 


Muzloq tuproq suv rejimi shimoliy tumanlarga xos, bunda yer muzlab yetadi, 
faqat yezda yoza qatlami bir oz eriydi. Tuproq doim sernam bo‘ladi. Yuviladigan 
tuproq suv rejimi shimoldagi o‘rmon-o‘tloq va sernam subtropik tumanlarga xos, 
bunda yeg‘ingarchilik ko‘p va bug‘lanish kam bo‘lishi sababli tuproq sernam 
bo‘ladi, doim namlik yuqoridan pastga sizib o‘tadi va yer osti suvlariga qo‘shiladi. 
Davriy yuviladigan tuproq suv rejimida o‘rmonli-dashtlar tuproqlari bahor va yez 
oylarining birinchi yarmida qor va yemg‘ir hamda atrofdan oqib keladigan suv 
hisobiga chuqur namlanadi. Issiq va qurg‘oqchilik oylarida tuproqning quyi 
qatlamidagi namlik yuqoriga ko‘tariladi va bug‘lanadi, yer osti suviga 
qo‘shilmaydi. 
Yuvilmaydigan tuproq suv rejimi dasht va cho‘llardagi quruq iqlimli tumanlarga 
xos, bunda yeg‘ingarchilikka nisbatan bug‘lanish ko‘p bo‘lgani sababli tuproq 
uncha chuqur namlanmaydi (cho‘llarda 10-20 sm, bo‘z tuproqli zonada 1-2 m, qora 
tuproqli zonada 2-4 m namlanadi). 
Issiq va qurg‘oqchilik davrlarida suv bug‘lanib ketib, tuproqning ustki 
qatlamidagi moddalar gorizontning quyi qatlamiga yuvilib ketmaydi va yer osti 
suviga qo‘shilmaydi. 
Terlaydigan tuproq suv rejimi yer osti suvlari yoza joylarga xos, bunda tuproq 
hamma vaqt nam, bug‘lanish va translirasiyaga yeg‘in suvidan ko‘proq miqdorda 
suv sarflanadi. Shuning uchun quruq tumanlarda yer osti suvi va tuproqning ona 
jinsi tarkibidagi tuzlar xisobiga tuproq sho‘rlanadi, hatto, sho‘rxoqlar paydo 
bo‘ladi. 
Yer osti suvi chuchuk bo‘lsa, ona jnis tarkibida tuz deyarli bo‘lmasa, mergellanish 
va gleylanish hodisalari ro‘y beradi. 
Irrigasion tuproq suv rejimi obikor dehqonchilik qilinadigai janubiy 
qurg‘oqchilik tumanlarga xos. Bunda sug‘orish natijasida tuproq chuqur 
namlanadi, 
sug‘orilmaydigan davrda namlik bug‘lanish va transpirasiyaga sarflanadi. Tuproq 
strukturasi agrotexnika va agromeliorativ tadbirlar tizimi erdamida tartibga 
solinadi. 
Nazorat savollari:
1. 
Tuproq unumdorligi xususiyatlari haqida ayting. 
2. 
Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning ahamiyatini ayting. 
3. Muzloq tuproq haqida gapiring. 
4. Terlaydigan tuproq tuproq haqida gapiring. 

Download 207,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish