1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası


Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bo‘limida hamshiraning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish



Download 119,99 Kb.
bet3/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bo‘limida hamshiraning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish

Hamshiraning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish bemorlar ahvolini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Reanimatsiya palatalari yoki reanimatsiya bo‘limlarida mavjud jihozlarni ishchi holatda tayyorlab qo‘yishdan maqsad har qanday tasodif va baxtsiz hodisalarda ham malakali yordam ko‘rsatishdir.


Reanimatsiya palatalarida hamshiraning ish o‘rni palata ichida bo‘lishi, bu bemor organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlab, tegishli yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bemor reanimatsiya bo‘limiga qabul qilingandan so‘ng, hamshira birinchi navbatda qilinadigan ishlar tartibini tuzadi, sun’iy nafas berish apparatida turgan bemorlarga alohida e’tibor beradi. Navbatchilikni qabul qilayotgan hamshira dori-darmondan tortib, xonadagi barcha asboblar ishga taxtligini tekshiradi.




Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining tuzilish va jihozlanishi

Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi tarkibida reanimatsiya­ zali, intensiv terapiya palatalari, muolaja xonasi, shifokorlar xonasi, hamshiralar xonasi, bo‘lim boshlig‘i va katta hamshira xonalari, apparatlar va oqliklar xonalari, ekspress-laboratoriya, dush va hojatxonalar bo‘ladi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi


tuzilishining asosiy prinsipi markazda reanimatsiya zali va uning atrofida intensiv terapiya palatalarining joylashishidir.

Bu joylashuv hamshira postidan hamma bemorlarni kuzatish imkonini beradi. Bo‘limning tuzilishida quyidagi shartlarga amal qilish ko‘zda tutilgan. Har bir bemorni kuzata olish va bemor karavotiga har tomondan maxsus apparaturalarni o‘rnata olish. Xonalarda elektr tokiga ulanadigan apparatlardan foydalanilishi sababli yerga ulanish imkoniyati bo‘lishi zarur va apparaturalar uchun tagliklar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Har bir karavot oldida kislorod manbai, manfiy bosim tizimi (faol drenajlash uchun) va bosimli tizimlar (o‘pka sun’iy ventilatsiyasi apparati uchun) bo‘lishi zarur.


Bo‘lim narkoz va nafas berish apparaturalari, kardiomonitorlar va pulsoksimetrlar, elektrodefibrillatorlar va kardiostimulatorlar, efferent davolash usullari (gemosorbsiya, qonni ultrabinafsha nurlantirish) moslamalari, elektroso‘rg‘ich, ingalyatorlar, portativ rentgen apparati, traxea intubatsiyasi, traxeostomiya, markaziy venalarni kateterlash, prevral va lyumbal punksiya uchun jihozlar to‘plami, «Ambu» qopchasi, zondlar va kateterlar, funksional karavotlar, zarur laborator jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.


Tezkor va intensiv terapiyani o‘tkazish vaqtida bemorning hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli, ko‘p sonli apparatlar va doimiy kuzatish sistemasi qo‘llaniladi.


Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida maxsus qurilma monitorlar yordamida bemorlarni kuzatish organizm holati ha­ qidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘plash va to‘satdan yuzaga keladigan hayot uchun xavfli daqiqalarda xavf signalini berish imkoniyatini beradi.


Monitorlar quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd qiladi: arterial qon bosim, EKG, qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi pulsoksimetriya. Bundan tashqari, ba’zi monitorlar yordamida boshqa parametrlar kattaligini kuzatish mumkin: chiqarilayotgan havoda karbonat angidrid gazining parsial bosimi va o‘pkani sun:iy ravishda apparatli ventilatsiyasini o‘tkazish vaqtida O‘KCH.


Ko‘rsatmalarni qayd qilish hamshira tomonidan intensiv kuzatish xonasida chiziqli grafik-gistogrammalar ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Apparatli monitoringni o‘tkazish vaqtida hamshira quyida­ gilarni bajarishi lozim:


–– apparat datchiklarini bemorning badaniga o‘rnatish va ular to‘g‘ri o‘rnatilganligini kuzatish;


–– apparatni yoqish va uni ish tartibiga sozlash;


–– fiziologik parametrlar ahamiyatini displeyda qayd qilish va intensiv kuzatish kartasida ma’lum chastotasi bilan ifodalash;


–– xavf-xatar signali bo‘lgan taqdirda shifokorni chaqirib, zaru­ riyat bo‘lsa, reanimatsiya tadbirlarini zudlik bilan boshlash;


–– monitoring tugagandan so‘ng bir marotaba foydalanadigan datchiklarni utilizatsiya qilish, ko‘p marotaba foydala­ nadigan datchiklarni dezinfeksiyalash.

Kardioreanimatsiya bo‘limida o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kabi yurak faoliyatining o‘tkir buzilishlariga uchragan bemorlarda tezkor tadbirlar amalga oshiriladi. Katta va o‘rta yoshdagi kishilar uchun muammo bo‘lib hisoblanadigan yurakning ishemik kasalliklari orasida miokard infarkti hayot uchun xavflidir. To‘satdan keskin og‘riq bilan kechuvchi yurak xuruji oqibatida bemor ahvoli og‘irlashadi, ba’zida hushdan ketadi. Bunday hollarda bemor intensiv terapiyaning kardioreanimatsiya bo‘limiga olib kelinadi. Bu yerda bemorni xavfsiz holat va uni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davolash va parvarish amalga oshiriladi. Kardioreanimatsiya bo‘limida bir vaqtning o‘zida quyidagi 4 asosiy vazifa hal qilinadi:


–– diagnostika;


–– intensiv davolash;


–– EKG va gemodinamika ko‘rsatmalarini uzluksiz kuzatish; –– to‘laqonli parvarish.





Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish