1,Ta’lim tizimi va turlari


Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘ziga xosligi



Download 0,99 Mb.
bet12/148
Sana22.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#692179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148
Bog'liq
1,Ta’lim tizimi va turlari

Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘ziga xosligi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
SHaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to‘liq aks ettirmaydi. SHaxs esa ong va o‘z-o‘zini anglash paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.
Falsafiy-qomusiy lug‘atda individ tushunchasini, aniqrog‘i individualizmni (lotincha - bo‘linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil,245 deb ta’riflangan.
“Vatan tuyg‘usi” kitobida ta’kidlanishicha, individ degan tushuncha lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatadigan bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxs, hayvon va o‘simlikni bildiradi246.
“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo‘lsa ham har birining o‘ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug‘atida to‘g‘ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan247.
Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning jismoniy mav-judligi, individ sifatida mustaqilligi o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi doirasida bo‘ladi.
Akademik Erkin YUsupov “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida, “Urug‘ jamoasining emirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”248, deb yozadi.
Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo‘qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalarini ifodalaydi249.
Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko‘plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi.
Individualizm atamasini SHarq va Farb mutafakkirlari o‘ziga xos mazmunda ishlatib kelganlar. Farb olimlari individualizmga lotincha individium – bo‘linmas, ya’ni inson shaxsiy hayotining alohidaligi sifatida qaraganlar, SHarqda esa, fard arabchadagi yakka, yolg‘iz250 ma’nosida ishlatilib, uning mazmuni keng qamrovli ekanligiga e’tibor qaratilgan.
O‘rta asr oxirlaridan boshlab individ (fard) jamoadagi o‘z o‘rnini topgan shaxsga nisbatan ishlatilgan, individuallikning shaxsdan farqi individning betakrorligi, alohidaligi va o‘ziga xosligidir.
Olimlarning tadqiqotlarida individ, ya’ni fardning sharq mutafakkirlari ijodidagi tahliliga e’tibor qaratilgan. Masalan, B.SH.Karimovning “Am’aq Buxoriyning ijtimoiy qarashlari” (sotsiologik tahlil) nomli nomzodlik dissertatsiyasida fard so‘zining bir necha, ya’ni: yagona, yakka, mujarrad, hamrohsiz, o‘zgalarga o‘xshamaydigan benazir, bir kishi, bir nafar, ajralgan, yakka o‘zi ma’nolarga egaligi qayd qilingan251.
Individuallik (fard) dagi keng qamrovli mazmunning ifodalanishi muayyan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-axloqiy zaruriyatlar oldinga suradigan talab va ehtiyojlar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangi fikrlarni aytishga muvaffaq bo‘ldilarki, ular nafaqat o‘z davrlari uchun, balki keyingi davrlar uchun ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining tarixiga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo‘ldiki, antik davrning oxirlarida individuallikni shaxs deb ataganlar, inchinun u faqat tabiiy organizm emas, balki insoniy, ijtimoiy mavjudot sifatida qabul qilingan. SHundan e’tiboran shaxs atamasi va unga taalluqli narsalar shaxsiylik ma’nosida ishlatilishi odat tusiga kira boshlagan.
Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. YA’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan, o‘z taqdirining egasi bo‘la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odamga aytiladi.
Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.
YAngi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g‘oya shakllanishiga yo‘l ochildi. Bunda birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi.
Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o‘z-o‘zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o‘zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish imkoniyatini beradi252.
Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot,253 deb tushungan.
“SHaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. SHaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. SHaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.
YUqorida zikr qilingan faylasuf olimlarning shaxs haqidagi ta’riflaridan kelib chiqib unga shunday ta’rif berish mumkin. YA’ni, shaxsning shakllanishi o‘z-o‘zini anglash va aqliy fikrlashdan tashqari avvalo muayyan tuzumda faol qatnashishi bilan ijtimoiy hayotning qaror topishiga o‘z hissasini qo‘shish, buning uchun o‘z intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarini to‘liq namoyon qilish va nihoyat shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
SHunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, “shaxs” tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. YA’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan “individ” va “individuallik” tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. “SHaxs” tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, “ijtimoiy qiyofasi” nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Falsafa tarixida antropologik g‘oyalarning rivojlanishi, odamzot evolyusion taraqqiyoti xamda uning Er deb atalgan bir butun tabiatga, shuningdek ijtimoiy taraqqiyotga xal qiluvchi ta’sir o‘tkazish bosqichi – Noosfera davriga kirganini har bir individ anglab olishi zarur.
Muayyan ijtimoiy birlik (butunlik) ichidagi ayrimlik individdir. yani individ yakka-yolg‘iz odam emas, balki betakror (individual) xususiyatlariga ega bo‘lgan ayrim kishidir. Individda ayrimlik bilan umumiylik uyg‘un xolda mavjud bo‘ladi. Umumiylikdan ayrimlikni farqlash uchun individ tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiylikdagi ayrimlik – individuallik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari;
b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtiomiy gurux kishilarining o‘zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari.
Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. SHaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir. Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. SHaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi.

17. Rivojlanish va shaxs rivojlanishini ta’riflang.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish