1Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari. Tоg’ jinslаrining dеfоrmаtsiyasi vа mustаhkаmlik хоssаlаri. Tоg’ jinslаrining tаrаnglik хususiyatlаri



Download 201,5 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi201,5 Kb.
#307402
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geomexanika Tog jinslarining mexanik va issiqlik xossalari



Tog` jinslarining mexanik va issiqlik xossalari

Reja:
1Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari.



2.Tоg’ jinslаrining dеfоrmаtsiyasi vа mustаhkаmlik хоssаlаri.

3.Tоg’ jinslаrining tаrаnglik хususiyatlаri.

4.Tоg’ jinslаrining mехаnik хоssаlаrini аniqlаsh usullаri.

5.Tоg’ jinslаrining issiqlik хоssаlаrini аniqlаsh.

6.Tоg’ jinslаrining issiqlik хоssаlаrini аniqlаsh usullаri.

7.Tоg’ jinslаrining аkustik хususiyatlаri.

1. Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari.

Neft va gaz konlarini burg`ilash va ishga tushirish jarayonlari tog` jinslarining quyidagi mexanik xossalariga bog`liq: taranglik, zichlik, deformatsiya, siqilish, egilish va uzilishga qarshi mustahkamlik, plastiklik va boshqalar. Jumladan, konlarda qatlam bosimining o’zgarishi (qatlam maydonidagi taqsimoti) tog` jinslarining tarangligi, suyuqlik va gazlarning siqiluvchanligiga bog`liq.

Qatlam bosimi komaygan sari kavaklardagi suyuqlik (neft va gaz) kengayadi, kovaklar, esa qatlamdan yer yuzasigacha bo’lgan tog` jinslarining og`irligi, ya'ni tog` bosimi natijasida torayadi. Bu mexanizm ta'sirida qatlamdan quduqlarga anchagina neft sirqib chiqadi. (Bu qo’shimcha olinadigan neft taranglik zaxirasi deb ham ataladi). Tog` jinsi va suyuqliklarning taranglik miqdori (siqiluvchanlik koeffitsienti) alohida bir birlik hajm uchun kichik bo’lgani bilan konlardagi qatlamlar katta hajm egallaganligi uchun, ularda bu koeffitsient ta'siri sezilarli darajada bilinadi. Bu haqda keyingi boblarda batafsil tushuncha beriladi.

Shuni ham hisobga olish kerakki, quduqlar ish jarayonining o’zgarishi natijasida qatlamda bosim bir zumda o’zgarmay, sekin - tushirish yoki to’xtatish bilan bog`liq.

Qatlamda bosim o’zgarish tezligi hajm tarangligi koeffitsienti orqali aniqlanadi.

Tog` jinslarining zichligi deb, bir birlik hajmdagi qattiq jismning massasiga aytiladi (bunda kovaklik nolga teng deb olingan).



; (2.1)

Bu yerda: M - tog` jinsi massasi;

V - tog` jinsining bir birlik hajmi.

Zichlik tog` jinsini tashkil etgan minerallar va ularning o’zaro munosabatlariga bog`liq. Tog` jinslarini tashkil etgan minerallar zichligi 1850 kgG`m3 dan (allofan) 5200 kg\m3 gacha (magnetit) o’zgaradi.

Tog` jinslarining mustahkamligi deb, ularning tashqi kuchlar ta'sirida yemirilishiga aytiladi. Mustahkamlik asosan siqilishdagi yemirilishga qarshilik ko’rsatadi. Jumladan, bir o’qli siqilishda uzilish mustahkamligi 2 - 18 %, siljish mustahkamligi 5 - 20 % ni tashkil etadi.

Plastik deb, tog` jinslarining suv bilan to’yinganligi oshib ketishi natijasida oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lishiga aytiladi. Bunday holatlar neft va gaz konlarida uchramay, asosan shaxtalar, metro tunellarida qazish ishlari olib borilganda uchrashi mumkin.

Quduqlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o’tkaziladigan bir qator tuzatish va ta'mirlash ishlarining samaradorligi (qatlam ostki qismini torpedalash, suyuqlik ta'sirida qatlamlarni yorish va boshqalar) tog` jinslarining mustahkamligi va taranglik koeffitsientiga bog`liqdir.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, neft olish texnologiyasi tog` jinslarining asosiy mexanik xossalariga uzviy ravishda bog`liq ekan, degan xulosaga kelish mumkin.



Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish