2- laboratoriya mavzu: Qurilmalar ishini nazorat qiluvchi drayverlar bilan tanishish. Ishdan maqsad



Download 19 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi19 Kb.
#426890
Bog'liq
2- LABORATORIYA


2- LABORATORIYA

Mavzu: Qurilmalar ishini nazorat qiluvchi drayverlar bilan tanishish.

Ishdan maqsad: Qurilmalar ishini nazorat qiluvchi drayverlar bilan tanishish va ularning foydalanuvchi uchun imkoniyatlarini bilish ko’nikmalarini shakllantirish.

Topshiriqlar: 
1. Windowsning standart drayverlari haqida ma’lumot bering.
2. Drayverni almashtirish jarayonini tavsiflang.
3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish jarayonini tavsiflang.


Windowsning standart drayverlari
Windows oilasiga mansub bo‘lgan barcha operatsion tizimlar mavjud bo‘lgan qurilmalar uchun ichki ma’lumotlar omboridan olingan «joylashtirilgan» drayverlarni o‘rnatadi. Windows ma’lumotlar ombori tarkibida har qanday qurilmalar uchun standart drayverlar to‘plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‘ldirilib boriladi.Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi qurilmalar qo‘shilgan drayverlarning kengaytirilgan omborini ishlab chiqaradi.
Drayverni almashtirish.
Drayverni almashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterni yangilaganda yoki eskirgan apparat komponentini vazifasi bir xil bo‘lgan, yangi drayverni o‘rnatishni talab qiladigan nisbatan zamonaviy qurilmaga almashtirganda vujudga keladi. Bajariladigan harakatlarning optimal ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:
1. Yangi qurilma uchun operatsion tizimning standart drayverini o‘rnatish.
2. Ilgari o‘rnatilgan drayverni o‘chirish. Buni bir necha joyda amalga oshirish kerak.Avval ushbu drayverni Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Установкаиудалениепрограмм) muloqat oynasining dasturlar ro‘yxatida qayd qilinganini tekshirish kerak. Agar qayd qilingan bo‘lsa, uni o‘chirish uchun standart vositalardan foydalanish lozim. Keyingi qadamda kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalar ro‘yxatidan bu qurilmaning nomi yo‘qligini tekshirishdan iborat. Agar qurilma nomi bor bo‘lsa, uni sichqoncha yordamida tanlab, O‘chirish (Удалить) tugmasini bosish kerak.


Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish
Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish.Bunday tekshiruvning eng sodda usuli eksperimentdan iborat. Agar qurilma ravon ishlayotgan bo‘lsa, demak, drayverni o‘rnatish muvaffaqiyatli o‘tgan. Agar qurilma ishlamayotgan yoki noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, uning quyida keltirilgan sabablarini topish kerak:
1. Tashqi qurilmalarni to‘g‘ri va ishonchli o‘rnatish uchun qurilmalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter o‘chirilgan tashqi qurilmalarni topa olmaydi, shunga muvofiq talab qilingan drayverni tanlab o‘rnata olmaydi.
2. Ba’zan o‘rnatishdan voz kechishga yoki operatsion tizim tomonidan avtomatik tarzda topilgan qurilmani o‘rnatishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda operatsion tizimda tugatilmagan o‘rnatish jarayonining izlari qayd qilingan bo‘ladi, buning natijasida mos keluvchi qurilmaning drayverini to‘laqonlik bilan o‘rnatish va me’yorida ishlashiga halaqit beradi.
5. Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish. Qattiq disk yetarlicha hajmga ega, ammo Windows oilasiga mansub barcha operatsion tizimlar qabul qilingan yondashuvdan foydalanadi, ya’ni o‘rnatilayotgan dasturlarni «umumiy foydalanish» kutubxonasi operatsion tizimning xizmat katalogiga (\Windows\System yoki\Windows\System32) yozadi.Shuning uchun dastur muhitidagi o‘zga rishlar ilovalarning ishlash xususiyatiga yoki samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.Kompyuterga, odatda, ofis dasturlari, matnli va grafik muharrirlar, ma’lumotlar ombori, kompyuter o‘yinlari, qo‘shimcha tizimli vositalar, Internet bilan ishlash uchun dasturlar kabi ilovalar o‘rnatiladi. Natijada dasturiy muhit ko‘pgina dasturlar bilan «ifloslanadi». Bunday vaziyatlarni keltirib chiqarmaslik uchun kerak bo‘lmagan ilovalarni o‘rnatish kerak emas.Operatsion tizimning ishini «jadallashtiruvchi», «yaxshilovchi», «osonlashtiruvchi» xizmat dasturlarigi katta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim. Bu utilitlar ularning ishiga zarur bo‘lgan resurslarni sarflash hisobiga ziyon keltirishi mumkin.Ilovalarni o‘rnatish chastotasi.Kompyuterning odatdagi ish tartibida ilovalar zaruriyatga qarab o‘rnatiladi. Yangi dasturni haftada bir marta o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda o‘rnatilgan dastur boshqa dasturlarning ishlash xususiyatiga va umuman tizimning barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tushunish mumkin bo‘ladi.Operatsion tizim «toza» qattiq diskka hozirgina o‘rnatilgan yoki diskda hech qanday ilovalar o‘rnatilmagan va kompyuterni «nol»dan jihozlash kerak bo‘lsa, u holda bitta o‘rnatishda ketma-ket bir necha ilovalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bunda ilovalarni o‘rnatishning optimal tartibi ularning chiqish tartibi bilan ustma-ust tushadi.

Ilovalarni o‘chirish
Ilovalarni o‘chirish uchun operatsion tizim dasturlar katalogining maxsus faylida saqlanuvchi o‘rnatish protokolidan foydalanadi.Ilovalarni o‘chirishni boshqaradigan dasturlarni ishga tushirish uchun «Свойства: Установка и удаление программ» (Xossa: Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish) muloqat oynasidan foydalaniladi 
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish