2- ma’ruza: turizmda transport vositalarining infratuzilmasi reja


Poеzd va vagonlarning katеgoriyalarga bo’linishi. «O’zbеkiston Rеspublikasi tеmir yo’llari» Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi



Download 390 Kb.
bet6/39
Sana31.12.2021
Hajmi390 Kb.
#198288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Poеzd va vagonlarning katеgoriyalarga bo’linishi. «O’zbеkiston Rеspublikasi tеmir yo’llari» Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi.

Keyingi yillarda poyezdlar xavfsizroq, tez va shinamroq bo‘lib qoldi. 1900 yilga kelib, temiryo‘llar zamonaviy barcha maishiy qulayliklar – shu jumladan, elektr yoritish, bug‘ bilan isitish, uxlab ketadigan vagonlar, vagon-restoranlar va hatto vannaxonalarni taklif qilishi mumkin edi.

Afsonaviy Sharqiy ekspress «qirollar poyezdi va poyezdlar qiroli» deb ataldi. U jahonda eng mashhur poyezd bo‘lsa ajabmas. O‘z vaqtida barcha hashamatni o‘zida mujassam etgan bu poyezd hozir ham romantik sayohat uchun alohida ko‘rk bo‘lib qolmoqda. 1883 yilda ishga tushgan Sharqiy ekspress Parijdan badavlat kishilarni xushmanzara yo‘nalish bo‘yicha Istambulga yetkazib kelgan sayohat 4 kun vaqtni olgan. Lekin shohona sharoitda kechgan, a’lo darajada ovqatlanish va ideal servis xizmati tufayli unda vaqt tez o‘tgan.

Dunyoda zamonaviy turistik poyezdlarni «g‘ildirak ustidagi otellar» deb atashayapti. Bunda ko‘pincha temiryo‘l bo‘ylab safarlar sayohatning asosiy maqsadi qilib qo‘yiladi, uxlab ketiladigan vagonda odatda o‘rinlar soni sakkiztadan oshmaydi, har bir kupeda ikkitadan ko‘p odam yashamaydi.

Poyezd kategoriyasiga qarab, kupe bir kishi uxlaydigan ikkita krovat bilan (tik yoki gorizontal holatda) yoki bitta ikki kishilik krovat kondinsioner, yozuv stoli, telefon, televizor bilan jihozlanadi. Hojatxona va dush xonasi butun vagonga yoki alohida bitta-ikkita kupe uchun bo‘ladi. Turistik poyezd tarkibiga yana bir nechta vagon-restoranlar, vagon – salon (kutubxona, qarta o‘yini yoki so‘zlashuv, dam olish uchun foydalaniladi), konferens-vagon (u ham lektoriy, diskoteka yoki video salon), shuningdek «bolalar vagoni» yoki «harakatli o‘yinlar zali» kiradi.

Temir yo‘l sayohati – xorijda dam olishning juda ommaviy turidir. Turizm bu turining ashaddiy ishqibozlari nemislar, inglizlar, shveysarlar hisoblanishadi. Agar Buyukbritaniya va Shveysariya aholisi o‘z mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilishni afzal bilishsa, nemislar butun Yevropani aylanib chiqishib, hatto Rossiyagacha yetib kelishdi.

Nemis turistlari orasida paravoz sayohati ayniqsa alohida hasham hisoblanadi. Temiryo‘l turizmi havaskorlarini ham hisobga olganda eng mashhur «Orient Express» («Sharqiy Ekspress») hisoblanadi. XIX-XX asr mashhur stili asosida tarkib topgan.

Keyingi yillarda temiryo‘l turizmiga Amerika qit’asida ham qiziqishning o‘sishi kuzatilayapti va uch davomiy marshrut yetakchilik qilmoqda: «Trans – Kanada» (Vankuverdan Monrealga Vinnipet va Ottava orqali o‘n sutkalik poyezd), «Trans – Amerika» (Vashingtondan Los-Anjelesga Charlston, Yangi Orlean, San – Antonio, El-Paso va boshqalar orqali 12 sutkalik), «Trans - Atlantika» (Managuadan Puerta-Montga Guayakil, Limu va Santyago orqali). Shunisi qiziqki, bu turistik poyezdlar Amerikada ham «Orient Express» deb ataladi. Norvegiyada maxsus poyezdda turistik marshrutlar juda mashhur, ularda dunyodagi eng go‘zal joylarni tamosha qilish mumkin.

Temir yo‘l marshrutlari Hindiston va Indoneziyada ham mavjud. Indoneziyaga tashrif buyuruvchi turistlarga ajoyib safar – «Indoneziya bug‘ lokomotivlari» taklif etiladi. Unda dunyodagi eng yirik tor yo‘lda harakatlanadigan lokomotivlar va vagonlar kolleksiyasini tamosha qilish mumkin.

Poyezdda yo‘lovchilarni tashish tizimi reysdan tashqari (charter) – zarurat tug‘ilganda komplektlanadigan va qat’iy belgilangan marshrut bo‘yicha oraliq vaqti va harakat grafigiga so‘zsiz amal qiladigan reyslarga bo‘linadi.

Reysdan tashqari (charter) poyezdi – bu nomuntazam jadvalga mo‘ljallangan maxsus byuurtma poyezdlariga nomuntazam jadvallar bo‘yicha qatnaydigan poyezdlar kiradi. Ular uchun muntazam reyslar oralig‘ida bo‘sh bo‘ladigan yo‘l grafigi va shuningdek turistik ekskursiya maqsadlari maxsus tuzib chiqiladi.

Reysli poyezdlar shahar atrofiga, mahalliy va olisga qatnovchilarga bo‘linadi.

Shahar atrofida qatnovchi poyezdlar qat’iy grafik asosida viloyat yoki o‘lka hududlarida harakatlanadi.

Poyezd vagonlari odatda 1500 gacha yo‘lovchi sig‘diradi. Shundan 1000 tagachasi o‘rindiqqa ega. Poyezd mahalliy stansiyalarda to‘xtab o‘tadi, vagonlarda o‘rinlar raqamlanmagan. Mahalliy poyezdlar stansiyalar orasida bitta temiryo‘l bo‘ylab qatnaydi (Yevropada bitta davlat miqyosida bo‘lishi mumkin). Odatda ular 700 km masofagacha qatnaydi. Bir qator hollarda shahar atrofiga qatnovchi va mahalliy poyezdlar farqi bo‘lib, ma’lum darajada butun mamlakat va mahalliy hududning geografik holatiga bog‘liqdir. Tezkor yo‘nalishlardan tashqari, mahalliy poyezdlar deyarli barcha stansiyalarda to‘xtab o‘tadi.

Olisga mo‘ljallangan poyezdlar 700 km dan ziyodroq masofaga qatnaydi. Yil bo‘yi qatnovi tezkor va mavsumiy tezkor (yozgi), mavsumiy va yil bo‘yi qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarga bo‘linadi.

Poyezd va vagonlar ham har xil toifa (kategoriya)larga bo‘linadi.

Poyezdlar toifasi: shahar atrofiga qatnovich, yo‘lovchi, tezkor, tez yuruvchi poyezdlar.

Vagonlar toifasi: platskart, o‘tirgichli, kupeli, uxlab ketadigan, vagon – restoranli. Yo‘lovchi oqimi turg‘unligiga qarab, ma’lum yo‘nalishda reysli marshrut tayinlanadi va o‘rtacha 17 tagacha vagon ajratiladi; oqim soni ko‘proq bo‘lgan hollarda esa vagonlar 25 tagacha ko‘paytirilishi mumkin.

Standart temiryo‘l safarlarini shartli ravishda uchta mustaqil toifa (kategoriya)ga bo‘lish mumkin:



  • bir kunlik;

  • nodavomiy (2-3 sutka);

  • ko‘p kunlik (5 kun va undan ko‘proq).

Bir kunlik safarlar ertalab boshlanadi va o‘sha kuni kechqurun tugaydi. Yo‘lda turistlar vagon-restoranlar stoli atrofidan joy oladilar. Yo‘l davomida ular nafaqat tamadi qiladilar, balki sirk va estrada artistlarining chiqishlarini tomosha qiladilar. Turistlar belgilangan stansiyagacha olib, boriladi. U yerda ular uchun maxsus dastur tayyorlangan bo‘ladi. Bu ekskursiya safari yoki tabiat qo‘yniga sayr bo‘lishi mumkin.

Ko‘p kunlik safarlar katta xilma-xilligi bilan farq qiladi. Marshrut va ekskursiya dasturlariga bog‘liq holda turistlar ko‘pincha kunduzi ham temir yo‘lda tashish temiryo‘l trnasporti muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Turistik firma buyurtmaga asosan turistlar temiryo‘l biletlarini sotib oladi. Ushbu biletlar individual yoki guruh uchun bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, temiryo‘l turli kategoriyadagi yo‘lovchilar uchun keng miqyosda imtiyozlar va chegirmalar taqdim etadi. Turistik poyezdlarni tashkil etish marshrut harakati va grafika muvofiq tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida qayd etilganidek, temiryo‘l transporti bilan turistik tashish muntazam qatnovchi tez yurar va yo‘lovchi poyezdlarda va maxsus turistik poyezdlarda amalga oshiriladi. Keyingi paytlarda Yaponiya, Fransiya, Braziliya, Janubiy Koreya, Rossiya, Yevropa mamlakatlarida turistlarni tashish uchun tezkor temiryo‘llardan foydalanilayapti.

Turistlarni tashish uchun korpusi qiyalashtirilgan va osma magnitli takomillashgan poyezdlardan foydalanilmoqda. 1997 yil xalqaro temiryo‘l tashkiloti Yevropa marshrutlarida korpuslari qiyalashtirilgan poyezdlardan foydalanish sezilarli ko‘paytirilishini e’lon qildi. Ushbu poyezdlar ishqalanish yo‘qligi tufayli tezlikni soatiga 500 km. gacha oshirish imkoniga ega (ular elektrolitlar kuchi tufayli iz ustida ko‘tarilgan). 1997 yil Germaniya hukumati «Tranporid» loyihasini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratdi. Ushbu poyezdning birinchisi 2005 yilda yo‘lga chiqdi. Gamburg – Berlin o‘trasidagi tezlik esa soatiga 450 km. ni tashkil qiladi. «Tranporid» loyihasi poyezdlari avtomobillar yoki samolyotlarga nisbatan atrof-muhitni kam ifloslantiradi.

Uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarga ko‘ra, 2010 yilga borib Yevropa bo‘ylab yuqori tezlikda yuradigan temiryo‘l transportida sayohatlar, aviatsiyada 20 % bo‘lgan holda, 23%ni tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, hozirda Parij – Lion marshrutida tezyurar poyezdlardan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni samolyotda uchadiganlardan 9 marta yuqoridir.


Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish