2- mavzu: asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash reja



Download 26,45 Kb.
Sana28.05.2023
Hajmi26,45 Kb.
#945531
Bog'liq
2-mavzu


2- Mavzu: ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR VA ULARNI HISOBLASH
Reja:
1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar
2. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar
3. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolami aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo'llaniladigan ko'rsatkichlardan farqli tarzda, bu ko'rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o'tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo'jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
• Yalpi ichki mahsulot (YalM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD), Iste'mol (I), Jamg'arish (S) ko'rsatkichlarining hajmi va o'sish sur’atlari;
• iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
• mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YalMdagi ulushi va o'sish suratlari; • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko'rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
• davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari indeksi, inflyatsiyaning o'sish sur’atlari;
• ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
•aholining moddiy n e’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg'armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko'rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo'llanilsa, YalM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, I, S ko'rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko'rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ulami hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o'tagani holda uning standartlaridan kelib chiqib makroiqtisodiy ko'rsatkichlami hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlami amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o'rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o'tilgan barcha ko'rsatkichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'yilishi mumkin.
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko'rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xai akterlasada, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular bir-biridan o‘zaro farq qiladi. Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo'llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkich sifatida tan olindi. Ko'pgina iqtisodiy adabiyotlarda YalMga “ishlab chiqarilishida qo'llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida yaratilgan pirovard tovariar va xizmatlaming bozor baholari yig'indisi” deb ta’rif berib kelingan. 1993 yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga ko'ra esa Yalpi ichki mahsulot (YalM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. Yangicha talqiniga ko'ra: YalM - mamlakat rezidentlari tomonidan m a’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovariar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig'indisidan iborat. YalM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o'sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. Milliy tegishli I igi va qaysi mamlakat fuqarosi ekanligidan qat'iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo'lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanadigan yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar (korxonalar, uy xo'jaliklari) rezidentlar hisoblanadi».
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YalM yakuniy tovariar va xizmatlam i ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo'shilgan qiymatlar yig'indisi sifatida aniqlanadi. YalMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay boMishi bilan birga, uni hisoblashning muhim shartiga amal qilinishi bir qiymatni ikki bor hisobga olishning yoki oraliq mahsulot qiymatini YalM ga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko'pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o'taydi. Slui sababli, YalMda ayrim mahsulotlami ikki va undan ko'p marta hisobga olmaslik uchun. faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovariar va xizmatlar deganda ulaming ishlab chiqarish yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg'arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. Yakuniy tovariar va xizmatlami ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovariar va xizmatlar bahosi YalMga qo'shilmaydi. Qo'shilgan qiymat tovar va xizmatlaming sotish bahosi bilan ulami ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallami sotib olishga qilingan xarajatlar o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi. Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YalM ko'rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlaming mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatdagi ulushi va bu ulushning o'zgarishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasini va kutilayotgan istiqbolini baholash imkonini beradi. Avvalam bor respublikam izda barqaror iqtisodiy o'sish tendensiyasiga erishilganligi va2004 yilda real o'sish sur’ati 107,7 foizni, YalMning nominal hajmi esa 12189,5 mlrd. so'mni tashkil etganini qayd etish zarur. 2004 yilda YalMning 17,1 foizi sanoat tarmoqlarida, 26,8 foizi qishloq xo'jaligida, 4,5 foizi qurilish sohasida va 37,6 foizi xizmat ko'rsatish sohasida yaratildi. Iqtisodiyotning rivojlanishi va real sektorda ishlab chiqarish samaradorligining oshib borishi bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko'rsatish sohalarining YalMdagi ulushi ham ortib boradiki bu jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir. O'zbekiston Respublikasida 2002-2004 yillarda sanoat tarmoqlarining YalMdagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Qo'shilgan qiymatlar yig'indisi ko'rinishida hisoblangan YalM tarkibiga sof bilvosita soliqlar (ya’ni davlat byudjetiga tushgan qo'shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig’i va bojxona boji to’lovlari) bilan davlat byudjetidan ishlab chiqanivchilarga berilgan subsidiyalar o'rtasidagi farq ham qo'shiladi.
YalMni daromadlar bo'yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo'shilgan qiymatlar hisobidan to'langan dastlabki daromadlar qo'shib chiqiladi. YaMMni daromadlar yig'indisi ko'rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi: - sof bilvostia soliqlar (Tn)
- bilvosita soliqlar (qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o'rtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W)
- xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to'lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to'lanadigan ijtimoiy sug'urta ajratmalari. O'zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo'lgan bo'lsa, 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi. K orp oratsiyalarn in g yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar - kichik hajmdagi, uy xo'jaliklariga tegishli korxonalar bo'lib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o'zaro qo'shilib ketgan bo'ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo'llashga sabab bo'ladi. R = Korporatsiyalarning sof foydasi (Rj ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari (R2) + amortizatsiya (A); YalMni daromadlar ko'rinishida aniqlashda yalpi qo'shilgan qiymatni ko'rsatilgan uch guruhga bo'lish mumkin:
YalM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko'rinishidagi daromadlar paydo bo'ladi. Shuningdek, YalMni daromadlar ko'rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlami quyidagi komponentlarga bo'lish ko'zda tutiladi: - amortizatsiya (A);
- bilvostia soliqlar (T);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi to'lovi va renta ko'rinishidagi daromadlar (RI);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
- mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (PI);
- korporatsiya foydasi (P2).
Korporatsiyalar foydasi o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:
a) korporatsiya foydasidan toManadigan soliqlar (P2.1);
b) hissadorlar o'rtasida taqsimlanadigan dividendiar (P2.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi (P2.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko'ra:
YalM (Y) = A + T + W + RI + R2 + PI +P2
Xarajatlar va daromadlar ko'rinishida hisoblab topilgan YalM hajmi o'zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bo'lib tushadi.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasida ma’lum proporsiyalaryoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni emas, balki, bir butunga ko'ra uning bo'laklar nisbatini, yoki shu bo'laklar o'rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimiz YaMTD (yalpi milliy tasarrufdagi daromad)ning Yakuniy iste’mol va milliy jamg'arishga boMinishini misol qilib keltirish mumkin. Odatda YaMTD hajmida Yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo'ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko'rdikki, milliy jamg'armalaming ulushi ham yuqori bo'lishi mumkin ekan. Demak, Yakuniy iste’mol va milliy jamg'armalaming YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo'lishi mumkin. Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo'lishi uchun ayrim ko'rsatkichlaming aynan teng bo'lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko'rsatkichlar yoki ko'rsatkichlar guruhlari o'rtasida mavjud boMadigan, yoki mavjud bo'lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblangan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. Xarajatlar va daromadlar ko'rinishida hisoblangan YalM ko'rsatkichlarining o'zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg'armalar o'rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg'armalar miqdoriga bog'liq bo'ladi. Bu ikki ko'rsatkich o'rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G = O) deb faraz qilinsa, YalM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD (shaxsiy tasarrufdagi daromad)ga teng bo'ladi. Ya’ni
YalM = ShTD = С + S
ayni paytda: YalM = С + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
С + I = С + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko'rinib turibdiki, uy xo'jaliklarining jamg'arishga bo'lgan istaklari tadbirkorlikning investitsiyalash xohishlariga qancha mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (I+C) hajmi tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish imkoniyati shuncha ko'payadi.
Iqtisodiyotda mavjud boMgan inflyatsiya jarayonlari YalMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko'rsatkich dinamikasi bir vaqtning o'zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming miqdor va baho darajalari o'zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YalM miqdoriga bir vaqtning o'zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming fizik hajmi, ham baho darajaci o'zgarishi ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayoni-mavjudligi bois makroiqtisodiy ko'rsatkichlami taqqoslama baholarda hisoblashga zarurat bo'ladi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko'rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilishni, muammolami aniqlashni hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Shu bois bu vazifalami bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko'rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko'rsatkichlardan foydalanish zarur. Ammo ayrim bir firmadan farqli o'laroq, milliy iqtisodiyotda, juda ko'p sonli tovariar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli, ulaming barchasini birvarakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YalM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovariar va xizmatlar bahosining o'zgarish koeffitsiyenti (baholar indeksi) hisoblab topilib, olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan ko'rsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy ko'rsatkichlar hisoblanadi?
2. Qo'shilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot ko'rsatkichlarini tavsiflab bering.
3. Nima uchun YalM ko'rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bo'lish zarur va bunga qanday erishiladi?
4. YalMni xarajatlar bo'yicha hisoblashda qo'llaniladigan komponentlar tarkibini sanab o'ting.
5. O'zbekiston Respublikasida YalMning ishlab chiqarish stmkturasiga tahliliy sharh bering. 5. YalMni taqsimot usulida aniqlashda MHTning yangi talqinda keltirilgan hamda iqtisodiy adabiiyotlarda qo'llab kelinayotgan uslublaridagi farqlarni tushuntirib bering.
6. YaMD ko'rsatkichi qanday hisoblanadi va YalM ko'rsatkichidan nimasi bilan farq qiladi?
7. ShD, ShTD, YaMTD ko'rsatkichlari o'rtasidagi bog'liqlik va farqiar nimada?
8. Baholar indekslarini va real YalMni hisoblash zaruratini asoslab bering?
9. YalM deflyatori va iste’mol narxlari indeksi ko'rsatkichlarining farqlarini izohlang.
Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish