2- mavzu: Merkantilizm iqtisodiy ta'limoti va uning mohiyati. Ilk klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelish davridagi iqtisodiy ta'limotlar. Reja



Download 27,77 Kb.
bet2/12
Sana23.07.2021
Hajmi27,77 Kb.
#126800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maruza 3

«Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida o'z ifodasini topdi. Lugaviy ma'nosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi.

Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko'rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o'zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sosial-iqtisodiy sabablar turtki bo'ldi. Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo'lishi, ayniqsa savdo- sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o'zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o'rganish bilan shug'ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Evropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko'p, degan mish-mishlar va u erdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi erlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.

Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko'proq oltin

va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko'paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.

1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o'zini Hindistondaman deb o'ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to'g'rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko'pchilik o'ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko'pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo'l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi er, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Evropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u erlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Evropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo'xori, tamaki, kofe, какао). Evropadagi davlatlar o'rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o'rtasida kurash ham qizidi.

Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun muhim moddiy turtki paydo bo'ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg'arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa savdo rivoj topdi, bosib olingan erlardagi arzon-garov xom ashyolar Evropaga oqib kela boshladi, bu erda tayyorlangan tayyor rnahsulotlar esa u erlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o'sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo'lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib chiqdi.




Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish