2- mavzu: Merkantilizm iqtisodiy ta'limoti va uning mohiyati. Ilk klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelish davridagi iqtisodiy ta'limotlar. Reja



Download 27,77 Kb.
bet7/12
Sana23.07.2021
Hajmi27,77 Kb.
#126800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maruza 3

V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (Mak-Kulloxning 1845 yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi usulni qo'lladi, ko'rinib turgan voqealarni sharxlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga o'tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil etishdir. Uning fikricha, boylik paydo bo'lishi va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro'y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo'ladi.

V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlarning ta'siri ancha kuchli bo'lgan, ammo keyingi «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» (1682y.) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo'lladi, ammo bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo'lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o'zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosalarga keldi. «Ba'zi odamlarning boshqasidan ko'proq qashshoqligi doim bo'lgan va doim bo'ladi» degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.

1682 yilda yozilgan «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati- ham boshqa tovar kabi sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metallni qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya'ni oborotdagi pul masalasi edi.

V.Petti o'zining tabiiy baho to'g'risidagi ta'limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo'lishi kerak.

Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.

«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, er esa uning onasidir» degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir.

Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo'lib, qirollar («qirol - quyosh - Lyudovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodivotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo'jaligining ziyoniga o'tkazildi, feodal munosabatlar to'la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo'lib o'tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro'y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to'siq edi. Manufakturalar paydo bo'ldi, ammo rivoj topmadi.Sex tizimi saqlangan bo'lib, rivojga to'siq edi.

Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sosial- iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo'lgan Per Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo'lib, de Buagilber - bu oila er pomestesining nomi edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan shug'ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o'z ko'zi bilan ularning nochor ahvoliga guvoh bo'ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o'g'liga topshirdi; o'zini «qishloq xo'jaligining advokati - himoyachisi» deb atadi.

Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go'sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Xatto erga va pulga egalikning o'zi boylikni ta'minlaydi. Agar er ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtirilmasa bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi.


Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish