2 – ma’vzu. Poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashda asosiy me’yoriy hujjatlar



Download 48,54 Kb.
bet3/11
Sana04.04.2022
Hajmi48,54 Kb.
#527788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 мавзу Поездлар ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда асосий меъёрий

II. Rag‘batlantirish
8. Xodimlar mehnat majburiyatlari namunali bajarilganligi, ish sifati yaxshilanganligi, mehnat unumdorligi oshganligi, novatorlik, tashabbus ko‘rsatganlik, tashiladigan yuklar va bagajning saqlanishi ta’minlanganligi, ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkka ehtiyot bilan munosabatda bo‘lganligi, uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlaganligi uchun rag‘batlantiriladilar.
9. Xodimlar uchun rag‘batlantirishlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
a) tashakkurnoma e’lon qilish;
b) mukofot berish;
v) qimmatli sovg‘a bilan taqdirlash;
g) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
d) esdalik belgisini topshirgan va pul mukofoti bilan taqdirlagan holda ishdagi muvaffaqiyatlar uchun kasb bo‘yicha eng yaxshi xodim unvonini yoki boshqa unvonlarni berish.
Xodimlar uchun tarmoq bitimlarida, kollektiv shartnomalarda, ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantirishlar ham qo‘llanilishi mumkin.
Xodimlar mehnat sohasidagi alohida xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etiladi.
Rag‘batlantirishning bir vaqtning o‘zida bir necha turlari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
10. Rag‘batlantirish buyruq bilan e’lon qilinadi.
11. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
III. Intizomiy javobgarlik
12. Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarayotganda intizomni aybli buzishi intizomiy nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi.
13. Intizomiy jazoni intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etgan xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan rahbar berishi mumkin.
Har bir intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin.
14. Rahbar intizomiy jazo qo‘llanilgunga qadar yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining sabablari va motivlarini har tomonlama va xolisona aniqlashga, ushbu qoida buzilishini sodir etgan xodimdan oldin yozma tushuntirish talab qilishga majburdir.
Yozma tushuntirish berish rad etilishi bevosita boshliq hamda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning ikki xodimi tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va aybdorni intizomiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Intizomiy jazo turini aniqlashda ish beruvchi sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning og‘irligini, u sodir etilishi holatlarini, oldingi xatti-harakatini va nojo‘ya ishni sodir etgan xodimning xulq-atvorini hisobga olishi zarur.
Intizomiy jazoni qo‘llashda rahbar xizmat odob-ahloqi qoidalariga rioya qilishi va intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etgan xodimning qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
15. Intizom buzilganligi uchun aybdor xodimga intizomiy jazolarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
a) hayfsan;
b) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
v) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Mehnat shartnomasining to‘xtatilishi xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlari muntazam buzilishi yoki xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlari bir marta qo‘pol ravishda buzilishi uchun qo‘llanilishi mumkin. Xodim tomonidan mehnat majburiyatlari oldin buzilganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan kundan boshlab bir yil mobaynida sodir etilgan o‘z mehnat majburiyatlarini takroran buzish muntazam buzish deb hisoblanadi. Xodimning poyezdlar harakati, monyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi yoki yuklar, bagaj va unga ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanmasligiga olib kelgan xatti-harakati mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo‘yilmaydi. Xodimni asossiz ravishda ishdan chetlatish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aybdor mansabdor shaxsni javobgarlikka tortishga olib keladi.
16. Xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlari bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati tegishli korxona, muassasa va tashkilotning Ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan.
Poyezdlar harakati, monyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgan yoki yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishi ta’minlanmasligiga olib kelgan intizomning bir martalik qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati, shuningdek mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilmasdan to‘xtatiladigan xodimlar toifasi kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Rahbarning mehnat majburiyatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to‘xtatishga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnomasini kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘n kun muddatda ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qiladi.
17. Intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay beriladi, bunga xodimning kasalligi yoki ta’tilda bo‘lish vaqti, shuningdek komissiya tekshirgan vaqt va u yoki bu nojo‘ya xatti-harakatda aybdor shaxslar doirasini aniqlash vaqti bunga kirmaydi.
Barcha hollarda intizomiy jazo olti oydan kechikmay berilishi kerak, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish natijalari bo‘yicha esa — nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmay berilishi kerak. Jinoyat tartibida ishni ko‘rib chiqish vaqti ushbu muddatga kiritilmaydi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar ushbu muddat mobaynida xodim yangi intizomiy jazoga duchor qilinmasa, u holda u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Intizomiy jazoni qo‘llagan rahbar intizomiy jazo amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar uni o‘z tashabbusi bilan, mehnat jamoasining iltimosnomasiga ko‘ra yoki aybdor xodimning murojaati munosabati bilan bekor qilishi mumkin.
18. Intizomiy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) xodimga tilxat ostida e’lon qilinadi. Xodim imzolashni rad etgan taqdirda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning uch xodimining imzosi bilan dalolatnoma tuziladi.
19. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish tartibining buzilishi buyruq (farmoyish)ning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga olib keladi.
20. Intizomiy jazoning qo‘llanilishi intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etgan xodimni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
21. Intizomiy jazo ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Intizomiy jazolar masalalari bo‘yicha xodimlarning mehnat nizolari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar va sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Xodim mehnat nizosi hal etilishi uchun, o‘z tanloviga ko‘ra, mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Intizomiy jazo qo‘llanilishi to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) ustidan shikoyat qilish intizomiy jazoning ijro etilishini to‘xtatmaydi.
5. "UTY" AJ raisining 1-N-sonli buyrug'i.



Download 48,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish