2. Asosiy qism Texnalogik sxema bayoni



Download 22,45 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi22,45 Kb.
#704802
  1   2
Bog'liq
Mundarija


Mundarija
1 Kirish
2. Asosiy qism
3. Texnalogik sxema bayoni
4. Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berilgan [1]. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. So‘nggi jahon moliyaviy– iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakat iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi. 4 Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moddernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol investisiya siyosatini olib borishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan halq ho‘jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984 yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda Muborak gazni qayta ishlash zavodining umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi homashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O‘rtabuloq, Dengizko‘l-Qauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, tehnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi. Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft mahsulotlarini tashqi tashqi bozorga chiqarilayapti. Ushbu kabi eksportbob maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar tayyorlash muhim va ahamiyatli vazifadir. Hozirgi vaqtda “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasiga qarashli korxonalar mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo‘lgan talabni to‘la qondirishda “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o‘rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o‘z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. Bu korxonalar tomonidan xalgaro sifat 5 talablariga mos keluvchi tayyor neft va gaz mahsulotlarini tashqi bozorga eksport qilayapti. Aytish mumkinki, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida so‘nggi yillarda bir qator yangiliklarga qo‘l urildi. Jumladan, jamiyatga qarashli “Sho‘rtan” konining eng quyi qatlamlarini o‘zlashtirish maqsadida yangi “Terrigen-1” yura qudug‘ini burg‘ilashga tayyorgarlik jarayonlari olib borildi. 2021 yilda “Sho‘rtan” koni hududida “3D” seysmik-qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yilib, konning imkoniyatlari tahlillar asosida muhokama qilindi. 300 dan ortiq quduqlarning ma’lumotlari tahlil qilindi, kompleks raqamli modellashtirish asosida yangi “Terrigen-1” qudug‘ini burg‘ilash uchun asos yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya manbai, ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo yetkazib beradigan muhim sohadir. Shu bois energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar, raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi takomillashtirildi, uning tarkibida bo‘lgan «O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etildi.
«Bir narsani hammamiz tushunib olishimiz lozim. Biz sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan uch yilda ko‘pgina chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etdik. Lekin natijalarni tahlil etadigan bo‘lsak, hali neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta'minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz. Shuning uchun, har bir masalaga chuqur e'tibor qaratib, yangicha yondashuvlar asosida samarali ish tizimini tashkil etishimiz kerak. Agar bu vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirmasak, iqtisodiyotimizda ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz», – dedi Prezident. Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari yetarli emasligi, gaz yetkazib berishda yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Energetika vazirligiga joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yoqilg‘i mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun 2019 yilgiga nisbatan 4,3 milliard kub metr ko‘p tabiiy gaz qazib olish vazifasi qo‘yildi. Ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berish oralig‘idagi texnologik sarf va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha «loyiha ofisi»ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish, korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash zarurligi ta'kidlandi. Sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «komplayens nazorat» tizimi joriy etilishi belgilandi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 3 ta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi. 
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida «raqamli kon», xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste'molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste'molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi.



Download 22,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish