2. bmtning Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi



Download 194,49 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi194,49 Kb.
#745535
  1   2   3   4
Bog'liq
BMT 75-sessiya



Mavzu: BMTning Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi


Reja: 1. BMTning Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi
2. BMTning Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi
3. BMTning Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqida ko‘tarilgan masalalar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi. Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadi. Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida soʻzga chiqib, xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini taqdim etadi hamda Oʻzbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi. Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib oʻtish masalalariga toʻxtalib oʻtiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda. Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam oʻtkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv oʻtgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. 2018-yil mart oyida poytaxtimizda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash boʻyicha oʻziga xos “yoʻl xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi. Oʻsha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida oʻtgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi. Ikki yil avval tashkil etilgan Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat koʻrsatmoqda.Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.


2020 – yil 23 – sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surdi. Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.

BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi. O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqini koronavirus pandemiyasi mavzusidan boshladi.
«Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi.
Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir. Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab barcha sa’y-harakat va resurslar bu xavfli kasallikni jilovlash va eng asosiysi – odamlar hayotini saqlab qolishga qaratilgani ta’kidlandi. Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilayotgani, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli ko‘mak ko‘rsatilayotgani, shu maqsadda maxsus jamg‘armalar tuzilgani qayd etib o‘tildi.
Prezident fursatdan foydalanib, sinovli damlarda beg‘araz yordam ko‘rsatgan barcha do‘st va hamkorlarga chuqur minnatdorlik izhor etgan.
«Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shuningdek, Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullaymiz», degan davlat rahbari.

Davlatimiz rahbarining chiqishidan so‘ng, TATU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Xayrulla Umarov Universitet professor-o‘qituvchilariga ushbu nutq jahon siyosiy maydonida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi murakkab vaziyatda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon siyosiy-iqtisodiy maydonidagi tub islohotlarga to‘xtalib o‘tganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
X.Umarov Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi o‘zbek tilidagi chiqishi milliy tilimiz, milliy davlatchiligimiz muhim ahamiyatga ega ekanligini va bu orqali Ona-tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Download 194,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish