2-bosqich f 2007-guruh talabasi Uzoqov Qahhorning Optika fanidan ” Yorug’lik bosimi va uning amaliyotda qo’llanilishi’’ mavzusida bajargan kurs ishi bajardi: Uzoqov Qahhor Qabul qildi: Eshchanov b toshkent 2022 mundarija



Download 320,22 Kb.
bet3/6
Sana12.07.2022
Hajmi320,22 Kb.
#781618
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzoqov Qahhor Yorug\'lik bosimi

II.ASOSIY QISM
2.1 Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali fodalanishi
Eynshteynning yorug’lik kvantlari to’g’risidagi gipotezasiga asosan yorug’lik diskret energiya portsiyalari – fotonlar sifatida nurlanadi, yutiladi va fazoda tarqaladi.
Foton energiyasi ga teng. Foton massasini uning energiyasi orqali ifodalash mumkin:

Fotonni elementar zarracha deb hisoblasak, C yorug’lik tezligi bilan tarqalshi sababli, turg’un massasini nolga teng deb hisoblash mumkin. Fotonning impulsi

ga teng. Fotonning massasi, impulsi va energiyasi uning korpuskulyar xususiyatini belgilaydi, ν- chastotasi esa, yorug’likning to’lqin xususiyatini belgilaydi.
Foton agarda impulsga ega bo’lsa, u holda jismga tushayotgan yorug’lik unga bosim ta’sirini o’tkazadi, chunki foton sirtga urilganda, unga o’z impulsini uzatadi.
Jism sirtiga ν chostotali monoxromatik yorug’lik nuri tushayotgan bo’lsin. Agarda birlik sirt yuzasiga birlik vaqtda N ta foton tushsa, jism sirtining ρ- qaytarish koeffitsentiga asosan ρN fotonlar qaytadi, (1- ρ)N fotonlar esa jismda yutiladi. Har bir yutilgan foton sirtga:

impuls uzatadi, qaytgan foton esa

impuls uzatadi. U holda sirtga ta’sir etuvchi bosim quydagiga teng bo’ladi:


bu yerda hν bitta fotonning energiyasi bo’lgani uchun,

barcha fotonlarning energiyasi bo’ladi yoki sirtga tushayotgan yoritilganlik energiyasi bo’ladi.
Bu yerda nurlanish energiyasining hajmiy zichligi deb ataladi. Shuning uchun, yorug’lik sirtga normal tushishida hosil qilgan bosimi quydagicha bo’ladi;

2.2 Yorug’lik bosimini tajribalar orqali o’rganish.
Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega. Yorug’likning bosimi yorug’lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi, bundan tashqari, yorug’likning tabiatiga bo’lgan umumfilosofik nuqtaiy nazar ancha qiziqarli bo’lib, kosmik sohada ham keng qo’llaniladi.
Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan g’oyani Kepler aytgan bo’lib, u kometalar quyruqlari shakliga o’sha bosim sabab bo’ladi degan. Yorug’lik bosimi haqidagi g’oya Nyutonning zarralar oqib chiqish ( korposkulyar) nazariyasida ham kelib chiqadi; bu nazariyaga muvofiq, yorug’lik zarralari o’zlarini qaytarayotgan yoki yutayotgan jismlarga urilganda umpulslarining bir qismini ularga berishi, ya’ni bosim hosil qilishi kerak.
Bu masalaning nazariyasi va tajribasi juda uzun tarixga ega. Tajriba xususida juda sodda urinishlar bilan birga ancha jiddiy tajribalar ham o’tkazilib, bu tajribalarni ba’zilari, masalan, Kruks tajribalari siyraklashtirilgan gazlarning kinetikasi bilan bog’liq bo’lgan maxsus radiomertik hodisalarning kashf qilinishiga olib keldi. Franklin o’zidan oldin yorug’lik bosimini aniqlashga bag’ishlangan barcha urinishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchraganligini korpuskulyar nazariyaga qarshi qo’yiladigan dalillardan biri sifatida ko’rsatgan. Keyinchalik Yung shu dalildan foydalangan, biroq na Franklin va na Yung bu bosimning eng kam qiymati haqida hech narsa deya olmadilar, chunki yorug’lik zarralarining massasi haqida ham, o’sha vaqtda tajribada qo’llanilgan burama tarozining sezgirligi yetarli yoki yetarli emasligi haqida ham hech narsa deyish mumkin emas edi.
Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik bosimining bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va hatto bu bosimning kattaligini hisoblab bergandan so’ng Franklinning yorug’likning to’lqin nazariyasi elastiklik nazariyasi sifatida rivojlanayotgani uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan e’tirozli korpuskulyar tasavvurlarga qarshi qo’yiladigan dalil sifatda o’z kuchini yo’qotdi.
Yorug’lik ko’ndalang elektromagnitik to’lqin bo’lgani uchun o’tkazgich (ko’zgu yoki yutuvchi jism) sirtiga tushganda bunday ta’sirlar ko’rsatishi kerak: yoritilgan sirt tekisligida yotgan elektr vektori o’sha vektor yo’nalishi bo’yicha tok hosil qiladi; yorug’lik to’lqinining magnit maydoni paydo bo’lgan bu tokka Amper qonuniga asosan shunday kuch bilan ta’sir qiladiki, bu kuchning yo’nalishi yorug’likning tarqalish yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi. Shunday qilib, yorug’lik bilan qaytaruvchi yoki yutuvchi jism o’rtasidagi ponderomotor o’zaro ta’sir jismga bo’layotgan bosimni vujudga keltiradi. Bosim kuchi yorug’likning intensivligiga bog’liq bo’ladi. nurlari parallel tashkil qilgan holda Maksvellning hisobi bo’yicha P bosim yorug’lik energiyasining ս zichligiga ya’ni hajm birligidagi energiyaga teng bo’ladi. Bunda yorug’lik tushayotgan jism absolyut qora, ya’ni o’ziga tushayotgan yorug’lik energiyasini to’liq yutadigan jism deb faraz qilinadi. Agar jismning qaytarish koeffitsenti nolga teng bo’lmay, biror R qiymatga teng bo’lsa, u holda bosim
P=u(1+R) bo’ladi, ideal ko’zgu uchun xususiy holda (R=1) bosim P=2u bo’ladi. Agar 1 cm2 yuzga 1 s ichida normal tushayotgan energiyani (yoritilganlik) E bilan belgilasak, u holda nur energiyasining zichligi E/c ga bo’ladi, bu yerda c- yorug’likning tezligi. Shunday qilib, yorug’likning bosimini quydagicha ifodalash mumkin:

Maksvell yorug’ kunda quyosh nurlari 1m² qora sirtga 0,4 mG kuch bilan bosim beradi deb topdi. Agar yorug’lik devorga bo’shliq ichidagi barcha yo’nalishlar bo’yicha tushayotgan bo’lsa, nurlarning zichligi u ga teng bo’lganda qora sirtga bosim u beriladi.
Yorug’lik bosimini birinchi bo’lib P. N. Lebedev Moskvada o’z davridagi eksperimental san’atning namunasi bo’lgan tajribalarida aniqladi va o’lchadi.


Download 320,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish