2-bosqich talabasi Rajabov Azizbekning “Atrof -muhit va tabiy resurslar iqtisodiyoti” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 372,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi372,69 Kb.
#798963
  1   2
Bog'liq
Rajabov Azizbek



 
Urganch davlat universititeti 
Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari yo’nalishi 
2-bosqich talabasi Rajabov Azizbekning 
“Atrof -muhit va tabiy resurslar iqtisodiyoti” 
fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
Mavzu:Barqaror rivojlanish vazifasi 
Reja; 
1.Barqaror rivojlanish vazifasi 
2.Barqaror rivojlanish ta’limining ustuvor yo’nalishlarni qayta 
baholash. 
3.
Ustuvor jixatlarni qayta ko’rib chiqish yaxshiroq natijalarga 
olib keladi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Barqaror rivojlanish
— hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini 
kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga 
oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun 
boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir. 
1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, 
biznes vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. 
Klub aʼzolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini 
muhokama qilish va inqirozdan chiqish yoʻllarini oʻrganishni asosiy 
maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" uchun 
tayyorlangan "Oʻsish chegaralari" maʼruzasi eʼlon qilindi. Maʼruzada 
sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha global 
model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini 
belgilaydigan 5 asosiy omil: 
1.
aholi soni; 
2.
qishloq hoʻjalik ishlab chiqarishi
3.
tabiiy resurslar; 
4.
sanoat ishlab chiqarishi; 
5.
atrof muhitning ifloslanishi 
asos qilib olingan. 
1972-yil 
5-iyunda 
Stokgolmda 
Birlashgan 
millatlar 
tashkiloti 
(BMT)ning
 atrof muhit boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi 
oʻtkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Ekologik 
rivojlanishning asosiy talablari konferensiyada qabul qilingan 26 
tamoyildan iborat "Stokgolm deklaratsiyasi"da keltirilgan. Bu 


prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga 
ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi. 
Qabul qilingan "tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm 
konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yoʻnaltirilgan 
taraqqiyotga erishish boʻyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili 
aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli 
chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol 
dengizining qurishi, Shimoliy afrika mamlakatlaridagi qurgʻoqchilik, 
okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari 
muammolari chegara bilmasligi, mintaqaviy va global oqibatlari bilan 
namoyon boʻldi. 
1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de janeyro shahrida 
BMTning atrof muhit va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. 
Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat 
tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi 
vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot 
darajasiga yetishishi uchun yana bir yer sayyorasi resurslarini 
oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. Tabiat va 
jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb yuritiladi. 
Jamiyatning rivojlanish surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi 
oʻzgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim 
ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. 21-asrga kelib atrof-muhitga 
taʼsir surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʻyi-
harakatlar ijobiy natijalarini bermoqda. 
21-asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning 
oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi 


sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli holga tushib qolgan 
mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich 4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi 
taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini 
oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror rivojlanishni 
taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. 
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish 
jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit 
bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga 
putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatning barqarorligi, turgʻunligi va uning 
oʻziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy 
sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi 
bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik 
holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish 
toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim 
majburiy deb belgilangan. Oʻrta maktab, litsey va kollejlarda ekologiya 
boʻyicha alohida fan oʻtitilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun 
taʼlimning asosini tashkil qilishi lozimdir. BMT barqaror rivojlanish 
uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har bir mamlakatda amalga 
oshirishni rejalashtirgan. 21-asr ekologiya asri boʻlishi shubhasizdir. Har 
bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan oʻzgartirishi, 
tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak. 
. Barqoror rivojlanish ta’limi 
Barqaror rivojlanish ta’limining ustuvor yo’nalishlarni qayta 
baholash. 


So’nggi bir necha 10-yillikdagi tendentsillar “Muvozanati “ 
rivojlanish g’oyasi “barqaror rivojlanish” (sustainable development ) 
kontseptsmyasi deb atala boshlandi. “sustainable” so’zi ingliz tilidan 
boshqa tillarga turlicha tarjima qilinganligi sababli , bu konsensiya 
turlicha tushiniladi. 
Rus tilidagi adabiyotlarda ham “barqaror rivojlanish “ tushinchasi
turlicha talqin qilinadi. N.N.Moisev ta’kidlashicha, biz barqaror 
rivojlanish deb tarjima qilinadi. “sustainable development” terminini 
“qog’voyutsiya” yoki “nosfera davri “ deb tavsifkash mumkin bo’lgan 
tabiat va jamiyatning holatiga erishish strategiyasi sifatida talqin 
ma’qul. 
Professor D.A.Yagodin bu termini ”o’zini o’zi ta’minlovchi 
rivojlanish”deb talqin qiladi. Uning fikricha aynan shu ibora va g’oya 
mazmunini to’liq ko’rsatib beradi. O’zbek tilidagi rasmiy 
adabiyotlarda “barqaror rivojlanish “ termini qo’llaniladi. Biroq 
faylasuf olimlar intilish kerak bo’lgan yakuniy maqsadni bildiruvchi 
“ barqaror taraqqiyot terminini ko’proq qo’llaydilar.Ular ushbu termin 
uning asosida yotuvchi g’oyani aniqroq ochib beradi , deb 
xisoblaydilar. Bazi tadqiqotchilar barqaror rivojlaniishning 300ga 
yaqin ta’rifinihisoblab chiqishgan . Ta’lim sohasida ham bu 
tushunchaning aniq bir ta’rifi yo’qligi ajablanarli emas. 
Bu hol ko’pgina pedagoglarni havotirga soladi va ularga turlicha 
nomlanish yoqmaydi chunki biror bir hodisani tushuntirish uchun 
uning chegaralarini aniq ko’rish va boshqa o’xshash hodisalardan 
farqini aniqlash zarur . Ko’pgina pedogoglar darslarda “barqaror 
rivojlanish” tushunchasini batafsil tahlil qilish va uni qismlarga 


ajratib o’rganish muammoni hal etishda 
2.1.
O'qituvchining turli dunyoqarashlarga munosabati. 
Dunyoqarash 
O’zgarishlar nazaryasi O’qitish dasturi 
va jarayonning 
o’rni. 
Fragmentalizi 
Konservativ 
Transmissiya 
(bilimlarni 
berish) 
Insoniyat 
tabiatdan 
ajralib 
Urf 
– 
odatlarni 
qadirlash, 
Ta’lim – qobilyat va 
turadi, 
shu 
sabab, 
undan 
yangi 
taklif 
kiritayotgan 
qadriyatlarni 
keragicha foydalanishi o’zgarishlarni esa 
yetkazishning bir 
mumukin; tabiiy bir 
necha 
yaxshilab o’rganmoq 
tamonlama jarayoni; u 
tarkibiy qisimlardan 
lozim: agar tizim 
maktabdagi an’anaviy 
tuzilgan; 
kishilar 
iqtisodiy 
elementlari samarali 
fanlarni 
an’anaviy 
tarizda 
munosabatlarda o’zaro ishlamayotgan bo’lsa, o’tilishiga asoslangan; 
raqobat 
qilishlari 
lozim. 
ularni o’zgartirish 
o’rganuvchilar qolipga 
mumkin; jamiatdagi 
solingan, dasturlangan 
o’zgarishlar 
faol 
kishilarni 
ma’lumot va 
xatti harakati natijasida tajribalarning 
passiv 


qabul 
sodir bo’ladi. 
qiluvchilari sifatida 
qaraladi. 
Pragmatizm 
(ilmiy) 
Majburlarni joriy qilish Transaktsiya 
Insoinyat atrof muhitni O’zgarishlar ilm-fan va Ta’lim – o’rganuvchi 
oqilona rejalashtirishi 
oqilona tamillar asosida bilan ta;lim dasturi 
orqali o’zgartirishi va 
kiritilishi 
va 
boshqarilishi 
o’rtasidagi diolog; 
yaxshilashi mumukin; lozim; 
ijtimoiy 
sohadagi 
o’qitish jarayoni 
Sayyoramizdagi 
o’zgarishlar ayrim 
muammolarini yechish 
muammolarni fan va 
shaxslarning boshqalar uchun kerak bo’ladigan 
texnalogialar hal qilishi manfatini o’ylab atayin qobilyatlarni 
mumukin; har bir 
aralashuvini 
talab 
qiladi. 
rivojlantirishga 
shaxsning xatti – 
asoslanadi; o’rganuvchi 
harakatini 
oldindan 
bilish 
kerakli bilim va 
va uni qonunlar 
vositalarga ega bo’di. 
vositasida 
tartibga 
solish 
mumkin. 


Xalizm 
(yaxlit 
tizim) 
Organizm 
Transfarmatsiya 
Sayyoramizdagi har bir O’zgaruvchanlik 
Ta’lim – shaxsiy va 
narsa o’zaro bog’liq va tizimning muqarrar va ijtimoiy taraqqiyot 
o’zaro 
aloqador; 
hamma 
tabiiy xususiyatlardir; 
har 
jarayoni; ta’lim 
narsaning 
manosi 
o’zaro 
qanday o’zgarish butin jarayoniga 
bog’liqligini 
tushinishdan 
tizimga ko’rsatadi; 
o’rganuvchining 
axloqiy 
kelib 
chiqadi; 
individual 
ijtimoiy o’zgarishlar 
ma’naviy 
hamda 
bilishga 
boshqalardan alohida 
odamlar 
o’zlari 
yaratgan 
bo’gan ehtiyojlariga 
harakat qila olmaydi- 
har 
to’siqlarni 
yengib 
o’tishhi 
ehtiyoj darajasiga etibor 
bir individuulning 
kimning 
harakati 
tizimga 
ta’sir 
ko’rsatadi. 
natijasidagina 
sodir bo’ladi. 
qaratiladi; o’rganuvchi 
shaxs 
sifatida 
qabul qilinadi. 
qo’l keladi, deb xisoblashadi. Natijada, o’quvchilar shundoq ham 
murakkab mazmunli g’oyani yanada murakkabroq qisimlarga
ajratib o’ganishlariga to’g’ri kaladi. Bunday yondashuvni qisimlarga 
ajratish (fragment) deb atash mumkin, biz bu haqida ikkinchi bobda 


so’z yuritgan edik. Barqaror rivojlanishni muxokama qilayotganda 
uning tuzilishini o’rganishdan ko’ra jarayoni hamda bu jarayon sodir 
bo’ladigan vaziyatni o’rganish ancha samarali bo’lishi mumkin. 
Jarayonni o’rganish uning dinamikasini va boshqa jarayonlar bilan 
bog’liqligini ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham 
barqaror rivojlanish tarix yoki ekologiya fanlarini qandaydir aniq bir 
qismi yoki aloxida fakultativ kursi .k 
3.1.
ustivor jixatlarni qayta ko’rib chiqish yaxshiroq natijalarga olib 
keladi . 
Pedagoglar o’z faolyatini va uning o’quvchilarga haqiqiy tasirini qayta 
ko’rib chiqishga tayyor bo’lganlarida edi, barqaror rivojlanish talimi 
ananaviy ekologik talimni ijtimoiy va iqtisodiy mazmuni bilan 
boyitib uning barcha ijobiy tomonlaridan foydalana olgan b’ladi. Shu 
xolda o’quvchilar istemolchining xulq - atvori, xalqoro savdo biznes, 
ijtimoiy adolat, hukumatlar faoliyati va eng asosiysi kelajak 
variantlarni muxokama qilish va tushunish imkoniyatiga ega o’ladi. 
Insonlar barqaror dunyoda yashash uchun barqaror kelajak qanday 
bo’lishini unga olib boruvchi xayot usullarini tasavvur qila olishlari 
kerak. 
Barqaror rivojlanish- doimiy anglash va o’qish bo’lgaligi sababli 
pedogoglar barqaror borasida eng yaxshi va ishonchli nuqtai 
nazarlarni batafsil ko’rib chiqishlari lozim. Ayni paytda dunyoda sodir 
keying o’zgarishlarga javob tarzida ularni qayta ko’rib chiqish va 
zarur bo’lsa ulardan voz kechishga ham tayyor turish lozim. 


Aks holda, ekolgik ta’lim zamonaviy sanoat iqtisodiyotiga
xos ta’lim turlaridan biri, yani bekorga sarflangan kata miqdordagi 
resurslar va chiqindilar, inson ondiga ta’sir (P R) va nisbatan kichik 
natijalar (foydali maxsulot ) bo’lib qoladi. 
Pedogoklar amaliy misollarni yoqtirishmaydi. Ta’lim ham, 
xuddi shunga o’xshash kabi, ko’nikmani egallashga jalb etish orqali 
amalga oshiriladi. Bu yerda barqaror rivojlanish uchun dolzarb 
bo’lgan mavzulardan birining muxokamasi misolida Barqaror 
rivojlanish ta’limiga nisbatan 
etiborning kuchayishi 
misoli 
keltirilgan. 
Misol uchun hammaga tanish mavzulardan birini masalan, 
“avtotrasportning ifloslantirishi” ni olaylik. Bunday 
mavzudagi 
daraslar, odamda hovoning ifloslanishi muammosini o’rgangandan 
keyin o’tiladi, va muammo ye chishni topishga qaratilgan bo’ladi. 
Ishtirokchilar nima qilish mumkin ekanligini muxokama etishadi. 
Ushbu qo’llanmada, avval muxokama qilinganidek, nima qilinishi
mumkiligi haqidagi savol “ Biz ” jamyiat sifatida nima 
qila 
olishimizga emas, balki “ Biz ” shaxsan o’zimiz nima qila 
olishimizga bog’liqdir. 
Masalan, “ biz maktabga mashinada emas, avtobusda, pioda yoki 
velosepedda borishimiz mumkin . Lekin tajriba va sog’lom fikirdan 
kelib chiqsak, turmush darajasi ortishi bilan insonlar ko’proq 
mashina sotib olishadi va ulardan ko’proq foydalanishadi. 
Shunday qilib, biz darsda quyidagi xulosaga kelishda majbur 
bo’laniz : “ bu senga bog’liq ” , degan xolda o’quvchilarga o’z 


manfaatlarini qurbon qilishlari ehtimoli yuqori bo’lgan shaxsiy tanlov 
taklif etiladi. Balki, biz hovoni ifloslantiruvchilarni yo’lga 
chaqirmaslikda ko’maklashadigan davlat qonunlari yohud jamoat 
transporti miqdorini ko’paytirishning ahamiyatini noaniq ravishda 
yoki ma’lum andoza asosida takidlab o’tishga erishamiz. Ijtimoiy va 
iqtisodiy vaziyat hamda iste’molchi 
tanlovini 
boshqaruvchi 
mexanizimlar haqidagi jiddiy bahs – mulohazalar hatto kata yoshli 
o’quvchilar uchun ham kamdan-kam hollarda tashkil etiladi. 
Munozaralarda kamdan-kam hollarda transport muammosining
ekologik toza, toza arzon va barcha uchun adolatli bo’gan yechimi, 
ya’ni kelajakning ekologik va ijobiy manzarasi topiladi. Bunday 
munozaralar, odatda, salbiy vaziyatni tasvirlaydi, yanada ko’p harakat 
qilishni yoki hech kim, hatto, pedogokning o’zi ham hohlamaydigan 
orqaga 
qaytishni 
taklif 
etadi.
2015-yilning sentyabr oyida 
Oʻzbekiston BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish 
maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʻyicha shartlarini qabul 
qildi. Shunga koʻra, 2018-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda Barqaror 
rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat oʻzida 
16 ta maqsad va 225 ta vazifani qamrab olgan boʻlib, Yurtboshimiz 
tashabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasiga toʻliq 
hamohangdir. Uning asosida aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, 
odamlar salomatligini muhofazalash, iqtisodiyotni rivojlantirish 
boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.BMT Barqaror 
rivojlanish maqsadlarining toʻrtinchisi — “Sifatli taʼlim”ga 


bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston bu sohada izchil islohotlar 
jarayonini olib boryapti.Yurtimizda taʼlim sohasida innovatsion va 
kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida, yuksak maʼnaviyat egalari etib tarbiyalash 
maqsadida taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor 
ahamiyat qaratilyapti.Ota-onalar, jamoatchilik istagi inobatga olinib, 
yurtimizda 11 yillik maktab taʼlimi tizimi qayta tiklandi. Soʻnggi uch 
yilda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi. Millatimizning 
buyuk namoyandalari boʻlgan Mirzo Ulugʻbek va Muhammad 
Xorazmiy nomida iqtidorli bolalar maktablari tashkil etilib, ular 
qoldirgan boy ilmiy merosni oʻrganish hamda bu sohani taraqqiy 
ettirish bilan shugʻullanadigan yoshlarning yangi avlodini 
tarbiyalashdek sharafli jarayon boshlandi. Hamid Olimjon va Zulfiya, 
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Isʼhoqxontoʻra 
Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomi bilan atalgan 
ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablarining 
bunyod etilishi esa yosh avlod vakillari uchun yangi imkoniyatlarni 
ochib berdi.
Pedagog xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida oxirgi 3 yilda 
oʻqituvchilarning ish haqi oʻrtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga 
borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha 
aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qoʻshimcha oylik 
ustamalar toʻlanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan 
ziyod oʻqituvchini jalb etish imkonini berdi. 


Hozirgi kunda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri parlament 
quyi palatasida qabul qilindi. Uni ishlab chiqish jarayonida 20 dan ortiq 
xorijiy davlatning taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlari oʻrganildi. 30 ga yaqin 
vazirlik va idoralar, taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ziyod 
mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi boʻyicha fikr-
mulohaza hamda takliflarini bildirdi. Yangi tahrirda ishlab chiqilgan 
ushbu hujjatda boblar soni 5 tadan 12 taga va moddalar soni 34 tadan 70 
taga yetkazildi. Unda amaldagi qonunning 33 ta moddasiga oʻzgartish va 
qoʻshimchalar kiritilib, mazmunan toʻldirildi hamda ilgʻor xorijiy 
davlatlar tajribasi inobatga olingan holda 36 ta yangi modda 
qoʻshildi.Davlatimiz rahbarining yuridik taʼlim va fanni tubdan 
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi, 
shuningdek, matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorlari 
yurtimizda sohalar boʻyicha taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy-
tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli 
dasturini tasdiqlash, sohaga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-
bosqich tashkil etish borasidagi muhim masalalarning hal etilishini 
taʼminlaydi.Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy indikatorlari va 
vazifalari qatorida umumqamrovli va sifatli taʼlimni taʼminlash hamda 
barchaga butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish 
maqsadi boʻyicha 2030-yilgacha oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali 
oʻqituvchilar sonini jiddiy ravishda koʻpaytirish moʻljallangan. 

Download 372,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish