2. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]



Download 222,11 Kb.
bet1/12
Sana02.03.2022
Hajmi222,11 Kb.
#479646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12 12.01.1999




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);

4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJRO INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Respublika komissiyasi o‘tkazgan tekshirishda ijro intizomi pastligining ko‘plab hollari, respublika boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining tashkilotchilik va nazorat faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari o‘z apparati, tasarrufidagi vazirliklar, idoralar va korxonalar ishlarini muntazam va qattiq nazorat qilmayaptilar, boshqaruv va hokimliklar tarmoq organlari faoliyatini sust muvofiqlashtirmoqdalar, Hukumat qarorlarini amalga oshirishga rasmiyatchilik bilan yondashish hollariga qat’iy baho bermayaptilar.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarini bajarish bo‘yicha amaliy ishlar o‘rniga ba’zan ko‘plab kengashlar va majlislar o‘tkazmoqdalar, turli ma’lumotnomalar, axborotlar va statistika ma’lumotlari to‘plamoqdalar, hay’atlarning yangi qarorlarini va hokimlar farmoyishlarini qabul qilmoqdalar. Ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarni ro‘yobga chiqarish hamda pirovard natijada, belgilangan maqsadlarga erishish ta’minlanmayapti.
Ijroni nazorat qilish va tekshirish ko‘pincha qisqa muddatli bo‘lib, ahyon-ahyonda o‘tkazilmokda, joylardagi, ayniqsa quyi tarkibiy bo‘linmalardagi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlarning haqiqiy ahvoli juda kam o‘rganilmoqda.
Boshqaruv apparati barcha bo‘g‘inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining hamda Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ijro intizomini mustahkamlash, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Respublika komissiyasining ijro intizomi ahvolini tekshirish bo‘yicha ma’lumotnomasi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish uchun Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuborilsin.
2. Bosh vazir O‘. T. Sultonovning va shaxsan Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlarining e’tibori nazorat va ijroni tekshirishning apparatlar xodimlarining tarmoq boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarining so‘zsiz, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi yuzasidan yuqori darajada shaxsiy javobgarligini ta’minlaydigan ta’sirchan tizimini yaratish zarurligiga qaratilsin. Shu maqsadlarda:
15 kun muddatda — vazirliklar, idoralar, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarining Hukumat ayrim qarorlarini bajarishga rasmiy munosabatda bo‘lishining har bir holati ko‘rib chiqilsin va ularga qat’iy baho berilsin;
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasining 1998-yilda qabul qilingan qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi puxta tahlil qilinsin, erishilgan natijalar tanqidiy baholansin, kamchiliklarni bartaraf etish va echilmagan muammolarni hal qilish uchun ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilsin;
har chorakda — Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ilgari qabul qilingan Hukumat qarorlari bajarilishining ahvoli ijroni nazorat qilish tartibida ko‘rib chiqilsin, ijro intizomining pastligi hollariga va vazirliklar, idoralar, xo‘jaliklar birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qat’iy baho berilsin. Zarurat bo‘lganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan qattiq intizomiy javobgarlik choralari qo‘llansin.
Bosh vazir O‘.T. Sultonov, Bosh vazir o‘rinbosarlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 1998-yil va 1999-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlislarida axborot bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
4. Boshqaruv barcha bo‘g‘inlarining ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha faoliyatida yagona tizimni va uzluksiz jarayonni ta’minlash maqsadida Hukumat apparatida, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tarmoq boshqaruv organlarida hamda mahalliy hokimiyat organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
5. Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari markaziy apparatlarda, hududiy boshqaruv organlarida va mahalliy hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash uchun ularning shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Buning uchun:
10 kun muddatda — rahbarlarning funksional vazifalari taqsimlanishi qayta ko‘rib chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ulardan har birining ijroni tashkil etish bilan shaxsan shug‘ullanishi, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo‘linmalarda, tasarruflaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilishi nazarda tutilsin;
15 kun muddatda — ish yuritishni, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirish, ularni hududiy boshqaruv organlariga, joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
20 kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari talablarini hisobga olgan holda vazirliklar, idoralarning markaziy apparatlarida, tasarruflaridagi tarmoq boshqaruv organlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida Hujjatlarning ijrosini tashkil etish tartibi ishlab chiqilsin va tasdiqlansin;
bir oy muddatda — Respublika Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek vazirliklar, idoralar va hokimliklar o‘z qarorlarining ijrosini nazorat qilishni tashkil etish masalalari zimmasiga yuklangan tarkibiy bo‘linmalar va xodimlar tarkibi qayta ko‘rib chiqilsin, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlansin, ular kompyuterlar, nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika vositalari bilan ta’minlansin;
1999-yil birinchi choragida — ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilsin, bunda: vazirlik — hududiy boshqaruv organi — xo‘jalik yurituvchi subyekt; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — tuman, shahar hokimliklari — korxona, muassasa va tashkilot darajalarida nazorat va ijroni tashkil etishga alohida e’tibor berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalarini bajarish yuzasidan javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining Hukumat qarorlarini bajarish bo‘yicha faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash tavsiya qilinsin. Ijro intizomining buzilishi hollarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqsin va ular yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rsin, Prezident farmonlarini, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarini bajarishga rasmiyatchilik bilan yondashishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qattiq shaxsiy javobgarlikka tortsin.
8. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini keng yoritsinlar, kamchilik va muammolarni, mansabdor shaxslarning ijro intizomini mustahkamlashdagi roli va mas’uliyatini xolisona ochib bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Bosh vazir O‘.T. Sultonov ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida 1999-yil iyulda Vazirlar Mahkamasi majlisida axborot bersin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 12-yanvar,
12-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
12-yanvardagi 12-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishning
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
ASOSIY QOIDALARI
1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar apparatlari uchun normativ hujjat sifatida ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Uning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijro etilishi va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishni tashkil etishning yagona tizimi va uslubiyotini ta’minlash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
3. Asosiy qoidalar ishni tashkil etishning amaliy shakllarini o‘z ichiga oladi, yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarda qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish muddatlarini va pirovard natijalarga erishish uchun shaxsan javobgar mansabdor shaxslarni belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Asosiy qoidalarning tarkibiy qismi hisoblanadi: 1-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijro etilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish; 2-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari tayyorlanishini, ijro etilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish (ilova qilinadi).
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
I. NAZORAT QILINADIGAN VA BAJARILIShI TEKShIRILADIGAN HUJJATLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori asosida 2-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari bayonnomalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari (yozma va og‘zaki).
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyatining topshiriqlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining topshiriqlari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari bayoni.
11. Ro‘yxati Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilanadigan boshqa hujjatlar.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori asosida 2—10-bandlarning raqamlanishi tegishli ravishda 3—11-bandlarga o‘zgartirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarining bajarilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari apparatlari va korxonalarning rahbarlari, mansabdor shaxslari, tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mas’ul xodimlari tomonidan ta’minlanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
II. KELGAN HUJJATLARNI HISOBGA OLISh, ULARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh VA 1, 1a, 1b, 2, 2a, 2b TARTIB RAQAMLI NAZORAT KARTOChKALARINI RASMIYLAShTIRISh
1. I bobda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar qat’iy hisobga olinishi va tegishli bo‘linmalarda: umumiy bo‘limda, kanselyariyada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
2. Ular maxsus daftarlarda va hisobga olish kartochkalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, zaruriyat bo‘lganda va texnik vositalar mavjud bo‘lganda esa hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter bankiga kiritiladi.
3. Tushgan hujjatlar 30 minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Har bir tushgan hujjatga alohida nazorat kartochkasi rasmiylashtiriladi: 1, 1a, 1b tartib raqamli nazorat kartochkalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari uchun; 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari — Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlari uchun. Ko‘rsatib o‘tilgan nazorat kartochkalari shakllari ilova qilinmoqda.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
5. Tushgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va nazorat kartochkalari to‘ldirilgandan keyin 1 va 2-sxemalarda ko‘rsatilgan muddatlarda tegishli rahbarga zudlik bilan axborot berilishi kerak.
III. TUShGAN HUJJATLARNI BAJARISh BO‘YIChA QARORLAR TAYYORLASh VA QABUL QILISh
1. 1 va 2-sxemalarda ko‘rsatilgan muddatlarda Bosh vazir, vazirlik, idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbari shaxsan puxta o‘rganishadi va tegishli topshiriqlarni belgilashadi. Bunda topshiriqning bajarilishi zimmasiga shaxsan yuklanadigan rahbarlar ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, boshqaruvning tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlari uchun ham topshiriqlarni rasmiylashtirishning ana shunday tartibi belgilanadi.
2. Mazkur topshiriqqa muvofiq tegishli rahbar zarur takliflar: qo‘yilgan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlar rejasi; farmoyish yoki qaror loyihasi; hay’at yoki hokimning qarori loyihasi puxta va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.
3. Qabul qilingan qarorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga bir soat ichida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarga — bir kecha-kunduzda yetkazilishi kerak.
4. Imzolangan topshiriq yoki qabul qilingan qaror nusxasi Vazirlar Mahkamasining Nazorat bo‘limiga, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat bo‘linmalariga beriladi, u yerda har bir hujjatga 1, 1a, 1b, 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARI,QARORLARI, FARMOYIShLARI VA TOPShIRIQLARI, VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORLARI VA FARMOYIShLARI BAJARILIShINI VA AMALGA OShIRILIShINI NAZORAT QILIShNI TAShKIL ETISh
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
1. Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarning bajarilishi uchun: Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan javob beradilar.
2. Hujjatlarni nazorat qilish yuklangan rahbar ularda qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
3. Hujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish:
respublikani, tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bajarilishini vazirliklar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o‘rganish;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan o‘z qarorlarining bajarilishini ko‘rib chiqish;
respublika tarmoqlari va hududlarida ishlarning ahvolini kompleks o‘rganish, Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ularning yakunlarini ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini ko‘rish bilan ta’minlanadi.
(3-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlarda belgilangan muddatlarda birinchi shaxsning imzosi bilan nazorat topshiriqlari (hujjatlar) bajarilishi to‘g‘risidagi xolis va qisqacha axborotni Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga taqdim etishlari shart. Rahbarlar axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va uning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hujjat (topshiriq) bajarilishini nazorat qilish yuklangan Bosh vazirning o‘rinbosari — tegishli axborot tahlil departamenti, boshqaruvning tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarining:
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bajarilishini muntazam o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
kamchiliklarning oldini olish va muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati (Nazorat bo‘limi), vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatining nazorat bo‘linmalari (bo‘lim, sho‘ba, guruh, mas’ul xodimlari) 1, 1a, 1b, 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari asosida:
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
nazoratga olinadigan hujjatlar va bandlar qat’iy hisobga olinishini ta’minlaydilar;
tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlarni bajarishning ahvolini doimiy ravishda tahlil qiladilar;
tegishli rahbarlarni ular tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun ijro intizomining ahvoli to‘g‘risida muntazam xabardor qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishni tashkil etishning
(1-sxemaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
1-sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.


Download 222,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish