2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar


Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi



Download 170,68 Kb.
bet13/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi.Gidravlik ohak tarkibidagi gidravlik komponentlar qotayotganda qanday jarayonlar ro‘y bersa, romansement qotayotganida ham ana shunday jarayonlar sodir bo‘ladi. Romansement kukuni suv bilan qorilganda kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratlanadi va kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlar hosil qiladi. Gidratlar juda ham mayda kolloid zarrachalar ko‘rinishida ajralib chiqadi va yopishqoq, yoyiluvchan massa hosil qiladi. Ular sement zarralari orasidagi ishqalanishni kamaytiradi va shu bilan sement xamirini plastik qiladi. Ma’lum vaqtdan keyin xamir mustahkamlana boshlaydi, quyuqlashadi, tishlashish jarayoni rivojlanadi. Kolloid massalar sement xamir erkin suvni yo‘qotishi natijasida koagulyasiyalanishi tufayli xamir mustahkamlanadi.
Sement xamiri yanada zichlashganidan keyin butunlay noplastik bo‘lib qoladi va berilgan shaklni saqlaydigan kattiq jismga aylanadi. Biroqhali unchalik mustahkam bo‘lmaydi (sement xamirning bunday holatiga tishlashishning oxiri deyiladi). Kolloid massalar yanada mustahkamlanishi va qisman kristallanishi natijasida sementosh metindek mustahkam bo‘lib qoladi.Gidravlik qo‘shilmalar va gips bo‘lsa, qo‘shimcha jarayonlar paydo bo‘ladi. Gips portlandsementda qanday rol o‘ynasa, bu erda ham ana shunday rol o‘ynaydi, ya’ni u tishlashish jarayonini sekinlashtiruvchilik vazifasini o‘taydi. Gips sementning asosiy komponenti, ya’ni nisbatan oson eriydigan kalsiy alyuminatlari bilan o‘zaro ta’sir etishadi va ularni qiyin eriydigan moddalarga aylantiradi, natijada tishlashish jarayoni sekinlashadi.Gipsdan qancha qo‘shish kerakligi romansement tarkibidagi alyuminatlar mikdoriga bog‘liq: odatda 5% dan oshmaydi. Ba’zan sement mustahkamligini oshirish maqsadida gipsdan ko‘proqqo‘shiladi. Ko‘pi bilan qancha qo‘shish kerakligi har bir ayrim holda laboratoriyalarda o‘tkazilgan sinovlarga asoslanib turib belgilanishi kerak.
Gidravlik qo‘shilmalarga kelganda, romansementda ma’lum miqdorda erkin ohak bo‘lgani yoki ana shu erkin ohak u qotayotgan vaqtida oz miqdorda ajralib chiqadigan hollarda gidravlik qo‘shilmalarning ohakning qotishidagi roli namoyon bo‘la boshlaydi. Gidravlik qo‘shilmaning qum tuprog‘i (SiO2) suvda ohak bilan o‘zaro ta’sir etishadi va kalsiy gidrosilikatlari (2CaOSiO2nH2O) ni hosil qiladi.



Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish